• BUDDA HAQIDAGI AFSONA
  • GAUTAMA TO‘RT MUQADDAS HAQIQATNI ANGLAB, NURLANGAN BUDDAGA AYLANADI
  • BUDDIZM SHARQDAGI ENG YIRIK DIN
  • DINIY TASHKILOT VA DINIY KULT
  • DASTLABKI BUDDIST MISSIONERLARNING MARKAZIY OSIYOGA KIRIB KELISHI
  • BUDDIZMDAGI RAMZ-TIMSOLLAR
  • Buddaviylik dini




    Download 2,85 Mb.
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #229413
    Bog'liq
    XcS3BbllCRWh4Kc1DwyUd3gVnpFUeU0C8ZrLTaP1


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    ALIMOVA SHAXNOZA XAMIDOVNA
    Gumanitar fanlar kafedrasi
    katta o’qituvchisi
    DINSHUNOSLIK
    RELS14MBK
    BUDDAVIYLIK DINI
    04
    MAVZU

    REJA:


    1. Buddaviylikning kelib chiqishi
    2. Buddizm ta’limoti
    3. Buddizmdagi oqimlar
    4. O‘zbekistonda buddaviylik dinining tarixiy ildizlari

    BUDDA HAQIDAGI AFSONA


    Bir afsonada ta’kidlanishicha, buddizmning paydo bo‘lishi dunyoga «Nurlangan Budda» nomi bilan mashhur Siddxartxa Gautama Shakyamuni hayoti bilan bog‘liq
    Shakya qabilasidan bo‘lgan knyaz o‘g‘li Gautama mil. av. VI asrda dunyoga keldi. Donolar tomonidan uning kelajagi g‘ayrioddiy bo‘lishi haqida bashorat qilingan edi.
    Yosh Gautama o‘z ota uyidan g‘am-g‘ussaga to‘la holda chiqib ketadi. Sochini oldirib, dag‘al kiyimlarni ustiga kiyib, yoshligida o‘tgan beg‘am, betashvish hayotidagi gunohlarini yuvish va buyuk haqiqatni anglash maqsadida o‘zini mashaqqat va riyozatga solib, dunyoni keza boshlaydi.

    GAUTAMA TO‘RT MUQADDAS HAQIQATNI ANGLAB, NURLANGAN BUDDAGA AYLANADI


    Gautama chuqur fikr yuritib to‘rt muqaddas haqiqatni anglaydi:
    dunyoni g‘am-qayg‘u boshqaradi;
    uning sababchisi xohish va istaklarga to‘la hayotning o‘zidir;
    g‘am-qayg‘ulardan nirvanaga chuqur berilish bilangina qutulish mumkin;
    haqiqatni tushunib yetgan kishini kulfatlardan qutulib, nirvanaga erishishga olib boradigan yo‘l, uslub mavjud.


    Buddizm - bu hayot charxpalagi, uzluksiz qayta tug‘ilishlar sikli haqidagi ta’limotdir.
    Inson qanchalik sahovatli hayot kechirib, savob ishlarni ko‘p qilib o‘tgan bo‘lsa, uning keyingi taqdiri shunchalik baxtliroq bo‘ladi, Buddaning holati nirvanaga qisqaroq yo‘l bilan erishadi.
    Insonning yaxshi va yomon xatti-harakatlarining yig‘indisi uning qanday shaklda qayta tug‘ilishini belgilab beradi.
    BUDDIZM TA’LIMOTI
    Buyuk Budda (Shakyamuni) bilan bir qatorda qayta tug‘ilishlar zanjirining boshida turuvchi buddalar buddasi bo‘lgan Adibudda mistik shaxsidan boshlab ko‘plab boshqa buddalar ham paydo bo‘ldi.
    Bu buddalar ko‘p sonli bodxisatvalar qatori shaxslashtirilgan, o‘z nomi, qiyofasi, tarjimai holi, xizmat va vazifasiga ega bo‘lib, ulug‘lash va sig‘inish ob’ektiga aylanib qolgan.
    BUDDIZM TA’LIMOTI

    BUDDIZM SHARQDAGI ENG YIRIK DIN


    Budda dinining muvaffaqiyatga erishishiga sabab undagi insonlarning tengligi g‘oyasi,
    monaxning adolat bilan boshqarishi,
    sabrlilik, axloqning muqaddaslashtirilishi bo‘ldi

    DINIY TASHKILOT VA DINIY KULT


    Buddizmda monastirlar uning markazlari, tarqalish o‘choqlari, o‘ziga xos universitetlari va kutubxonalari bo‘lib xizmat qildi.
    Monastirlarda ustaxonalar bo‘lib, ularda turli mahsulotlar tayyorlanardi.
    Monastirlar yaxshi himoyalangan, kerakli yarog‘lar va suv bilan ta’minlangan edi.
    Ilk buddizmning afsonaviy vakillari sharafiga ular dafn etilgan joylarda buddizmga e’tiqod qiluvchilar tomonidan maqbaralar, stupa haykallari qurilgan.

    DINIY TASHKILOT VA DINIY KULT


    Ilk buddizm Buddaning tasvirlari va uning atrof-muhitini bilmagan.
      • Buddizm haykaltaroshligi yangi era bo‘sag‘asida, tosh haykallar va suratlarga sig‘inish tajribasi bilan birga paydo bo‘ldi.

    Buddizm ikonografiyasi badiiy mukammalligi bilan ajralib turgan va o‘zida yunon ta’sirini mujassam qilgan.
      • Bu yunon-buddizm yoki Qandaxor san’ati deb nom oldi .

    DASTLABKI BUDDIST MISSIONERLARNING MARKAZIY OSIYOGA KIRIB KELISHI


    Buddizm O‘zbekistonning janubiy hududlarida yangi eraning boshlarida o‘rnashdi. Buddizmning Hindistondan Markaziy Osiyoga kirib kelishini odatda kushonlarning hukmronligi bilan bog‘laydilar.

    Imperator Kanishkaning hukmronligi davrida Kushon podshohligi ushbu dinning markazlaridan biriga aylangan.

    Milodning birinchi asrlarida Amudaryo havzasida yotgan erlarda buddizm hukmron din sanalgan va bu erda arablar kelishiga qadar boshqa joylardagiga nisbatan uzoqroq vaqt saqlanib turgan.

    BUDDIZMDA BUDDA TA’LIMOTI VA HAYOTINING BOTINIY MOHIYATINI IFODALOVCHI RAMZ-TIMSOLLARNING BUTUN BOSHLI BIR TIZIMI SHAKLLANTIRILGAN


    Ko‘proq tarqalgani Budda va uning ta’limotini anglatuvchi g‘ildirak yoki yarqirab turuvchi aylana tasviridir.

    BUDDIZMDAGI RAMZ-TIMSOLLAR


    Buddaning hayotiy aylanishlari bosqichlarini ifodalovchi ho‘kiz, sher, fil, ot ramzlari keng tarqalgan (masalan, fil – yer uzra ko‘tarilgan Budda ramzi).

    O’ZBEKISTON HUDUDIDA BUDDIZMGA OID TOPILMALAR


    XX asrning boshlaridayoq Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida buddizmga oid ko‘psonli tangalar, haykaltaroshlikka oid mayda tasvirlar va boshqa yodgorliklarni topganlar
    1927 yilda Sharq madaniyatlari muzeyi va Sredazkomstaris ekspeditsiyasi qadimiy Termizni o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot o‘tkazib, u erda qator grek-buddizm yodgorliklari mavjudligini aniqladi.
    Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasining (TAKE) ishlari natijasida Qoratepa va Chingiztepa balandliklarida ikkita yirik buddizm monastiri bo‘lganligi aniqlandi va grek-buddizm me’morchiligi va haykallarining parchalari topilgan o‘nlab joylar qayd etildi.
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    ALIMOVA SHAXNOZA XAMIDOVNA
    Gumanitar fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi
    E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
    Download 2,85 Mb.




    Download 2,85 Mb.