International Multidisciplinary Research in Academic Science (IMRAS)
Volume.
7
, Issue 0
6
,
June
(2024)
4
HARBIY PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGINING MAZMUN-MOHIYATI
https://doi.org/10.5281/zenodo.11523144
Shomurotov Zoxid Zakirovich
dotsent, podpolkovnik O‘R QK Akademiyasi katta o‘qituvchisi
Annatatsiya
:
Ushbu maqolada harbiy pedagoglarning kasbiy komretentliginig
mazmun-mohiyati, tarkibiy qismlari hamda unga qo‘yilgan sifat talalari keng mazmunda
yoritilgan.
Kalit so‘zlar
:
Vatan, Harbiy pedagog, bilim, komretentlik, kompetensiya, kreativ,
tinglovchi, jamoa, ta’lim, konsultatsiya, muassasa.
Hozirgi davrdagi jamiyat taraqqiyoti jarayonlari barcha sohalarga, shu jumladan,
kadrlar tayyorlashga ham yuksak talablar qo‘ymoqda. Ayniqsa, jahon miqyosidagi harbiy-
siyosiy vaziyat o‘zgarib, dunyoning turli mintaqalarida tashvishli va xavotirli mojaro va
to‘qnashuvlar sodir bo‘lib turgan paytda Vatanimiz mustaqilligini, yurtimiz tinchligini
mustahkam himoya qilishga qodir yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlashga
qo‘yilayotgan talablar oshib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Sh.
Mirziyoyev xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida
harbiy kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratib, kadrlar bilan ishlash, ularni
tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha samarali tizim faoliyatini ta’minlash, boy amaliy
tajribaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar orasidan eng munosib shaxslarni
o‘qituvchilik faoliyati uchun tanlab olish bo‘yicha samarali tizimni joriy etish lozimligini,
yosh kadrlarni tayyorlashda o‘qituvchilarning o‘z salohiyatini yanada to‘liq safarbar etish
zarurligini ta’kidlab o‘tdilar *1+.
Ko‘rsatilgan dasturiy vazifalarni amalga oshirishda harbiy ta’lim jarayonining
samaradorligini ta’minlash, harbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining kasbiy tayyorgarlik
darajasini yangi sifat darajasiga ko‘tarish lozim.
Bunda pedagog kadrlarning kasbiy salohiyati, mahorati hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Hozirgi harbiy ta’lim tizimi qanchalik yangi, zamonaviy o‘quv-moddiy bazasiga, qurol-
yarog‘ va jangovar texnikaga ega bo‘lmasin, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari,
trenajyorlar bilan ta’minlanmasin, inson omili, pedagogning o‘rni beqiyosligiga shubha
yo‘q.
Shu bois hozirgi davrda ta’lim samaradorligini oshirish, harbiy pedagog kadrlarning
kasbiy kompetentligi va kreativligi darajasini rivojlantirish, innovasion faoliyatga
yo‘naltirish, harbiy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga innovasion ta’lim va axborot
kommunikasiya texnologiyalarini tatbiq etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va
International Multidisciplinary Research in Academic Science (IMRAS)
Volume.
7
, Issue 0
6
,
June
(2024)
5
maqsadli o‘zlashtirish harbiy mutaxassislarni tayyorlash jarayonining dolzarb vazifalari
sifatida belgilanadi.
So‘nggi yillarda pedagogika faniga “kompetentlik”, “kompetensiya”, “kompetentli
yondashuv” tushunchalari keng kirib kelmoqda. Biroq, bunga qaramay, manbalarda,
ayniqsa, o‘zbek pedagogik adabiyotlarida bu tushunchalarga yetarlicha va aniq urg‘u
berilmagan, ba’zi hollarda esa “kompetentlik” va “kompetensiya” tushunchalarini
qo‘llashda chalkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda.
S.I. Ojegovning lug‘atida “kompetentlik” – “ma’lum bir sohani bilish, xabardorlik,
obro‘ga ega bo‘lish”, “kompetensiya” esa “biror bir kishining, tashkilotning vakolatlari,
huquqlari, kimningdir ixtiyorida bo‘lgan masalalar, ishlar doirasi” (tarjima muallifniki)
sifatida ta’riflanadi.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida “kompetensiya” atamasiga “Muayyan organ yoki
mansabdor shaxsning rasmiy hujjatlarda belgilangan vakolatlari doirasi – vakolat” va
“Shaxsning biror-bir sohadan xabardorlik, shu sohani bilish darajasi” deb ta’rif berilgan.
Pedagogik atamalar lug‘atida esa “kompetensiya – u yoki bu soha bo‘yicha bilimdonlik”
deya ta’riflanadi.
So‘ngi yillarda turli sohalarda bo‘lgani kabi, pedagogik tadqiqotlarda ham pedagogik
faoliyat nuqtai nazaridan kelib chiqib, o‘qituvchining kasbiy kompetentligi masalasini
kengroq o‘rganishga e’tibor qaratila boshlandi. Jumladan, I.S. Sergeyev “kompetensiya –
bilim + malaka + tajriba birligini aks ettiradi.
Bu nazariy bilimlar va amaliy tajriba asosida hayot va faoliyatning turli sohalarida
amaliy vazifalarni hal qila olish qobiliyati” deb ko‘rsatadi. N. Muslimov
va M. Urazovalar o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirishning yuqori
darajasiga erishishda innovatsion pedagogik shart-sharoitlarning muhimligini ko‘rsatib
o‘tadilar. A.A. Shayusupova va S.R. Kamalova mavjud tadqiqotlarni tahlil qilgan holda
kompetentlikning o‘zini tutish, texnik (professional), umumiy, maxsus, boshlang‘ich, ijrochi
va differensial turlarini ajratadilar. D.Sh. Barotova o‘zining tadqiqot ishini pedagogning
psixologik kompetentligi masalasini o‘rganishga bag‘ishlagan.
Yuqorida keltirilgan ta’riflarni umumlashtirgan holda harbiy ta’lim jarayoniga tatbiq
etib, “kompetentlik”ni quyidagicha talqin qilish mumkin: “Kompetentlik – mansabdor shaxs
(o‘qituvchi, komandir, boshliq, yo‘riqchi)ning shaxsiy imkoniyatlari, uning o‘zida mavjud
bilim, malakalar, ko‘nikmalar hamda harbiy xizmat va hayot tajribasi yordamida harbiy
mutaxassisni – Vatan himoyachisini tayyorlash vazifasini hal qilish bilan bog‘liq masalalarni
ishlab chiqishga imkon beruvchi malakasi”.
Kompetentli shaxs kasbiy faoliyatining mohiyatini tashkil etuvchi funksional
vazifalarni samarali amalga oshirishiga imkon beruvchi bilimlar, malakalar, qobiliyatlar va
shaxsiy sifatlarning tizimli namoyon bo‘lishida, uning bilimdonligi, dunyoqarashining
kengligi, obro‘si va shu kabilarda namoyon bo‘ladi.
International Multidisciplinary Research in Academic Science (IMRAS)
Volume.
7
, Issue 0
6
,
June
(2024)
6
Ofitserning pedagogik kompetentligi deganda esa, uning qabul qilingan me’yorlar,
standartlar va talablarga muvofiq pedagogik funksiyalarni bajarishga tayyorligi va
qodirligini belgilovchi professional-shaxsiy xususiyatlari tushuniladi.
Professional-pedagogik kompetentlik pedagogik voqelikni izchil idrok etish va unga
izchil ta’sir ko‘rsatish ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi.
Kompetentli o‘qituvchi – bu kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan, nafaqat
o‘z faoliyatini loyihalashtira oladigan, balki pedagogik jarayonni boshqarishda undagi har
qanday o‘zgarishlarni sezishga qodir mutaxassisdir *2+.
Pedagogik jarayonni amalga oshirishga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlik, ya’ni,
kompetentlik harbiy pedagogning professionalligi darajasini ko‘rsatadi.
Kompetentli harbiy pedagog quyidagilarga qodir bo‘lishi lozim:
harbiy mutaxassisga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni yaxshi bilishi
va kasbiy yutuq pillapoyasidan muvaffaqiyatli harakat qilishi uchun tinglovchiga
qanday bilim, ko‘nikma va malakalar kerak bo‘lishini tushunishi hamda tushuntira olishi;
tinglovchilarning haqiqiy hayotiy va kasbiy qiziqishlarini ko‘ra olishi va tushunishi;
tinglovchilarga, ularning fikrlari, savollari va qiziqishlariga hurmat bildirishi;
yuzaga kelgan ta’lim-tarbiya yoki hayotiy muammoli vaziyatlarning kelib chiqishi
sabablarini tushunishi, tahlil qilishi va hal qilish yo‘llarini topa bilishi;
o‘rganilayotgan o‘quv materialini kundalik hayot va xizmat bilan, tinglovchilarning
qiziqishlari va oldiga qo‘ygan maqsadlari bilan bog‘lay olishi;
o‘zining va tinglovchilarning bilimi, ko‘nikmalari va malakalarini o‘qish va o‘qishdan
tashqari amaliyotda mustahkamlashi;
o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirishda ta’limning turli shakl va metodlarining keng
imkoniyatlaridan foydalana olishi;
o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tishda ta’limning an’anaviy shakl va metodlari bilan bir
qatorda innovatsion pedagogik texnologiyalarni ijodiy va samarali qo‘llay olishi;
ta’lim jarayonida aniq maqsadlarni ko‘zda tutishi va ularga erishilganlik darajasini
tinglovchilar bilan birgalikda baholay olishi;
“muvaffaqiyatga erishish vaziyatini yaratish” metodini puxta egallashi;
tinglovchilardagi mavjud tajribaga tayangan holda vaqtdan
va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib yangi tajriba hosil qilish;
o‘zi yetarli kompetentlikka ega bo‘lmagan masalalarni muhokama qilish uchun
ekspert va mutaxassislarni jalb qila olishi;
tinglovchilarning yutuqlarini nafaqat baho qo‘yish bilan, balki, mazmunli tavsiflash
yordamida ham baholay olishi;
tinglovchining nafaqat fandagi yutuqlarini, balki shaxsiy sifatlaridagi rivojlanishni ham
baholay olishi;
tinglovchilarning nafaqat bilimidagi, balki jamiyatda yashashga tayyorligidagi
kamchiliklar va muammolarni ham ko‘ra bilishi;
International Multidisciplinary Research in Academic Science (IMRAS)
Volume.
7
, Issue 0
6
,
June
(2024)
7
o‘zining hayotiy muammolarini tashabbus, mustaqillik va mas’uliyat ko‘rsatgan holda
hal eta olishi va h.k.
Harbiy ta’lim jarayonini tashkil etish va amalga oshirishda pedagogik
kompetentligining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Ta’limiy kompetentlik - harbiy ta’lim jarayonini tashkil eta olish
va faoliyatidagi o‘z harakatlari algoritmini belgilay olish;
ta’lim va mustaqil ta’lim (o‘ziga-o‘zi ta’lim berishi) bilan bog‘liq masalalarni hal eta
olish;
bilimlarning alohida tarkibiy qismlarini ajratish va ularni umumlashtira olish;
o‘zining va boshqalarning ta’limiy tajribasidan kerakli foyda ola bilish;
berayotgan ta’limi natijasi uchun o‘z zimmasiga mas’uliyat ola bilish.
Tadqiqiy kompetentlik-axborot ola bilish va ularni tahlil qila olish;
axborot va materiallar olish uchun turli manbalarga murojaat qila olish
va ulardan foydalanish;
konsultatsiya (maslahat) olish va berishni tashkil eta olish;
turli xildagi materiallarni turli auditoriyalarga taqdim eta olish va muhokama qila
bilish;
mustaqil faoliyatda hujjatlar va materiallarni qo‘llay olish va tizimlashtirish.
Ijtimoiy-psixologik kompetentlik-jamiyat va fan taraqqiyotining ma’lum bir jihatlariga
tanqidiy nazar sola olish;
sodir bo‘layotgan va bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘ra bilish;
ta’limiy va kasbiy hodisalarning siyosiy va iqtisodiy mohiyatlarining muhimligini
tushunish;
ijtimoiy holat, sog‘liq, atrof muhit va boshqalarni ob’ektiv baholay olish;
san’at asarlari va adabiyotni tushunish.
Kasbiy-kommunikativ kompetentlik - boshqalarning qarashlari, nuqtai nazarlarini
tinglay olish va qabul qila bilish;
bir necha tillarni bilish, tushunish, gapirish va yozish;
omma (auditoriya) oldida so‘zlay olish;
bahslashish va o‘z nuqtai nazarini himoya qila olish;
ma’lumotlar berilgan grafiklar, diagrammalar va jadvallarni o‘qiy olish;
samarali psixologik-pedagogik muloqotni tashkil eta olish va amalga oshirish.
Harbiy-kasbiy kompetentlik harbiy fanlardan chuqur bilim, ko‘nikma
va malakalarga ega bo‘lish;
kasb-lavozim tayyorgarligi dasturini to‘liq o‘zlashtirish;
dunyodagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatni bilish, tushunish va tahlil qilish;
mutaxassislarning ta’lim jarayonini jangovar tayyorgarlik dasturlari
va vazifalari bilan bog‘lay olish;
ta’lim jarayoni natijalarining amaliy ahamiyatini ko‘rsata olish;
International Multidisciplinary Research in Academic Science (IMRAS)
Volume.
7
, Issue 0
6
,
June
(2024)
8
pedagogik jarayon vaqtida va kundalik hayotda qat’iy harbiy intizomga rioya qilish
hamda umumharbiy nizomlarga xos o‘zaro munosabatlar o‘rnatish borasida shaxsiy ibrat
ko‘rsatish.
Hamkorlik kompetentligi-tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qila olish;
mashg‘ulotlar va harbiy xizmat jarayonida maqsadga muvofiq pedagogik aloqa
o‘rnata olish;
pedagogik jarayonda yuzaga keladigan turli fikrlar va konfliktlar mohiyatini tushuna
olish;
muzokara olib borish va pedagogik jarayon ishtirokchilarini muammo muhokamasiga
jalb eta olish;
pedagogik vazifalarni hal etishda jarayon ishtirokchilari bilan hamkorlik qila olish va
jamoada ishlay olish.
Tashkilotchilik kompetentligi-o‘z ishi va faoliyatini to‘g‘ri tashkil eta olish;
o‘z zimmasiga mas’uliyat ola bilish;
faoliyat va jarayonlarni modellashtira olish;
guruh yoki jamoa tarkibida ishlay olish va umumiy faoliyatga hissa qo‘shish;
pedagogik jarayonni loyihalash, tashkil etish va amalga oshirish.
Aytilganlardan tashqari, pedagog uchun fan bo‘yicha kompetentlik, umumpedagogik
kasbiy kompetentlik, boshqaruvchanlik kompetentligi, refleksiv kompetentlik, axborot-
kommunikativ kompetentlik, innovasion faoliyat kompetentligi, kreativ kompetentlik ham
muhim sanaladi hamda ular birgalikda o‘qituvchining yuksak mahorat cho‘qqisini
egallashlariga asos bo‘lib xizmat qiladi [3].
Xulosa qilib aytish mumkinki, harbiy pedagogning kasbiy kompetentligi yuqori
malakali harbiy mutaxassis tayyorlashda muhim omil sanaladi.
Har bir pedagog o‘zining harbiy-kasbiy va pedagogik mahoratini rivojlantirib borishga,
ijodiy individualligini shakillantirish ishiga dinamik jarayon sifatida qarab, doimiy ravishda
o‘zining kasbiy takomillashuvi ustida ishlashi talab etiladi.
|