|
1-mavzu: “Eksperimentni rejalashtirish va statistik taxlil” fanining umumiy asoslari
|
bet | 7/8 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #108786 |
Bog'liq Prezentation of lecture 6O’zbekiston Respublikasi mintaqalarining iqlimiy omillarini avtomobil dvigatellari injektorli ta’minot tizimi ekspluatatsion ishonchliligiga ta’sirini xar tomonlama to’la anglash uchun, O’zbekiston Respublikasining atrof-muhitning yo’l-iqlim sharoiti hususiyatlari bilan bir-biridan farqlanuvchi to’rtta mintaqada kuzatuvlar olib borildi. Birinchi mintaqa – Toshkent shaxri va Toshkent viloyati, ikkinchi mintaqa – Farg’ona vodiysi, uchinchi mintaqa – Turon pasttekisligining arid mintaqasi bo’lib, o’z ichiga Buxoro, Qashqadaryo va Qoraqalpog’iston Respublikalarini oladi va to’rtinchi mintaqa Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlaridan tashkil topgan. Dvigatellar injektorli ta’minot tizimida barcha sodir bo’lgan ishdan chiqishlar ishonchlilik kartasida ro’yxatga kiritildi. Bunda ishdan chiqqan detal yoki uzelning nomi, ishdan chiqishning sodir bo’lgan sanasi, ishdan chiqishgacha bosib o’tgan masofa, ishdan chiqishning sodir bo’lish tavsifi va ehtimoliy sababi haqida ma’lumotlar kiritilgan. Dvigatellar injektorli ta’minot tizimida barcha sodir bo’lgan ishdan chiqishlar ishonchlilik kartasida ro’yxatga kiritildi. Bunda ishdan chiqqan detal yoki uzelning nomi, ishdan chiqishning sodir bo’lgan sanasi, ishdan chiqishgacha bosib o’tgan masofa, ishdan chiqishning sodir bo’lish tavsifi va ehtimoliy sababi haqida ma’lumotlar kiritilgan. Benzinni xar xil qo’shimchalar bilan ifloslanganlik darajasini baholash maqsadida, avtomobillar yonilg’i bakidan namunalar davriy ravishda olindi. Namunalar alohida tayyorlangan probirkalarga xar bir yonilg’i bakidan yonilg’i filtrigacha va filtrdan so’ng 250 ml olindi. Olingan namunalarda yonilg’ini ifloslantiruvchi qo’shimchadagi mexanik zarrachalari miqdorini aniqlash, benzinni ifloslanganlik darajasini va mexanik abraziv zarrachalar dispers tarkibini baholash maqsadida tahlil qilindi. GOST 2084-77 asosida yonilg’ida mexanik qo’shimchalar, ifloslantiruvchilar va suv borligi bo’yicha olingan namunalarning tahlili o’tkazildi. Ifloslanishlardagi abraziv zarrachalarning dispers va miqdoriy tarkibi MBI-3 bioligik mikroskopi yordamida zarrachalarni o’lchamli guruhlarga bo’lib, sanash usulida tekshirilgan. Zarrachalar 2…4 mkm, 4…6 mkm, 6…8 mkm, 8…10 mkm va x.k. o’lchamli guruhlarga bo’laklangan.
|
| |