29
Adabiyotlar ro`yhati:
1. А.С.Каримов ва бошкалар. Электротехника ва электроника асослари. Т. «Укитувчи»
1995 йил.
2. А.Я.Шихин и другие. Электротехника. М. «Высшая школа» 1989 год.
3. А.Рахимов. Электротехника ва электроника асослари .Т. «Укитувчи» 1998 йил.
4. А.И. Холбобоев, Н.А.Хошимов. Умумий электротехника ва электроника асослари.
2000 йил.
5. В.В.Паушин и другие. Основа автоматики вычислительный микропроцессорной
техники.Т. 1989 год.
7-MAVZU: NOCHIZIQLI ELEKTR, ELEKTRON VA MAGNIT ZANJIRLARI.
Reja:
1.
Nochiziqli elektr zanjirlari.
2.
Nochiziq;I elementlarni volt-amper xarakteristikalari.
3.
Nochiziqli induktivlik va uni xarakteristikasi.
Elektr zanjirining qarshiligi tok kuchiga va kuchlanishiga bog`liq bo`lgan zanjir
nochiziqli
zanjir deb ataladi. Nochiziqli zanjirlarga cho`g`lanma lampalar, elektron lampalar, ion va yarim
o`tkazgichli asboblar misol bo`la oladi.
Buday zanjirlarning qarshiligi doimiy bo`lmagani uchun
zanjirdagi tok kuchi uning
qismlaridagi kuchlanishga proporsional bo`lmaydi. Nochiziqli zanjir uchun Om qonunini tadbiq
etin bo`lmaydi.
1-rasm a) da yarimo`tkazgichli diodning amper-bolt xarakteristikasi ko`rsatilgan.
Rasmdan
ko`rinib turibdiki diodning xarakteristikasi nosimmetrikdir.
Termistorlarning sezgirligi xararoratning o`zgarishiga bog`liq.
Ularning qarshiligi
temperature o`zgarishi bilan metall qarshiligiga nisbatan keskin ortadi. Ular o`lchov
qurilmalarida muxitning xaroratini gazning oqish tezligini aniqlashda keng qo`llaniladi.
1-rasm. b) da ikki hil xarorat uchun termistorning volt-amper xarakteristikasi tasvirlangan.
1-rasm. a) yarimo`tkazgichli diodni volt-amper xarakteristikasi. b)
ikki xil xarorat uchun
termistorning volt-amper xarakteristikasi.
Xaraktersitikaning boshlang`ich soxasida qarshilik chiziqli tarzda o`zgarib boradi.
Xarakteristikaning egilish A nuqtasidan keyin tok ortishi bilan termistor
qarshiligining kamayishi
tasvirlangan.