• F a l s a f i y d u n yo q a r a sh
  • 1-mavzu. Falsafaning predmeti, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari Reja




    Download 32,35 Kb.
    bet4/6
    Sana19.05.2024
    Hajmi32,35 Kb.
    #243601
    1   2   3   4   5   6
    Diniy dunyoqarashda asosiy va hal qiluvchi belgisi g‘ayritabiiy kuchlarga ishonish, butun olam, barcha mavjudot insoniyat dunyosining xudo tomonidan yaratilganligini va boshqarilishini e’tirof etish, xudoga, ruhlarga sig‘inishdan iboratdir. Diniy dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning o‘zida emas, balki g‘ayritabiiy sabablar xudoning qudrati bilan tushuniladi. U hamma narsada va har qayerda ilohiy kuchlarning ta’siri, mu’jizaviy kuch bor deb tushuntirishga harakat qiladi.
    Din va diniy dunyoqarashning ijtimoiy gnoseologik ildizlari mavjud. Dinning ijtimoiy ildizi sinfiy jamiyat binobarin, xususiy mulkchilik, tengsizlik, ekspulatasiyaning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, bular sinfiy jamiyat kishisini ijtimoiy kuchlarga va o‘zi yaratgan stixiyali munosabatlarga tobe qilib quygan. Dinning gnoseologik ildizi esa tashqi olamning kishilar ongida notug‘ri, buzib, mavhumlashtirib aks ettirilishidadir. Buning boisi shundaki, bilish jarayoni g‘oyat murakkab, ziddiyatli, ko‘p qirralidir. Bunda asossiz, soxta, diniy tasavvurlarning paydo bo‘lishi ehtimoli tabiiydir. Inson bilish jarayonida dunyoni in’ikos etishda buyum va hodisalarning ayrim jihatlarini bo‘rttirib, mutlaqlashtirib yuboradi, bu hol esa voqelikni buzib aks ettirishga olib keladi.
    F a l s a f i y d u n yo q a r a shning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u kishiga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqida ma’lumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy olamning, materiyaning obyektivligini, uning hech kim tomonidan yaratilmaganligini, bekor qilinmasligini, abadiyligini o‘qtiradi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish esa murakkab ziddiyatli jarayondan iboratligini ta’kidlaydi.
    Mifologik va diniy dunyoqarashlardan farqli ravishda falsafiy dunyoqarash tabiat va insoniyat jamiyati taraqqiyotining sabablari va mohiyatini, o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarining xarakteri va harakatlantiruvchi kuchlarini to‘g‘ri, ilmiy asosda tushuntirib beradi. Falsafiy dunyoqarash ta’lim berib aytadiki, butun mavjudot - organik va noorganik dunyo ham, insoniyat dunyosi ham, o‘simliklar va hayvonot dunyosi ham doimo harakatda, o‘sish, o‘zgarish va rivojlanishdadir.



    Download 32,35 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 32,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Falsafaning predmeti, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari Reja

    Download 32,35 Kb.