• Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash kishilarning olam va uni o‘zgarish rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlari va sistemasidan iborat.
  • Dunyoqarash o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra mifologik, diniy, falsafiy va ilmiy turlarga bo‘linadi.
  • -reja. Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati




    Download 32,35 Kb.
    bet3/6
    Sana19.05.2024
    Hajmi32,35 Kb.
    #243601
    1   2   3   4   5   6
    2-reja. Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati.
    Har qanday falsafa insonning dunyoga nisbatan u yoki bu munosabatini ifodalab, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi. Falsafaga berilgan eng oddiy va dastlabki ta’riflar: falsafa - bu dunyoqarash yoki boshqacha aytganda: falsafaning mavzusi - «dunyo - inson» tizimidir. Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan hisoblanadi.
    Dunyoqarash nima? Hamma zamonlarda ham inson oldida uning atrof-muhitga, boshqa odamlarga, o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatini belgilovchi savollar ko‘ndalang turadi. Har birimiz unday yoki bunday tarzda ularga duch kelamiz. Bizni o‘rab turgan dunyo nimadan tashkil topgan? Uni bilib bo‘ladimi va agar bilish mumkin bo‘lsa, qaydarajada? Insonni o‘zi nima? U qanday bo‘lishi kerak? O’limdan so‘ng bizni nima kutadi? Dunyoni nima boshqaradi? Dunyoda yovuzlik muqarrarmi? Inson dunyoni o‘zgartira oladimi?
    Mana shunday savollarga javoblardan inson dunyoqarashi shakllanadi. Dunyoqarash – bu insonni o‘rab turgan dunyo va uning unda tutgan o‘rniga nisbatan qarashlar majmuidir. Dunyoqarashning asosiy masalasi - «Men» (sub’ekt dunyosi) va «Men - emas» (sub’ektga nisbatan tashqarida bo‘lgan dunyo) o‘rtasidagi munosabatdir.
    Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash kishilarning olam va uni o‘zgarish rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlari va sistemasidan iborat. Dunyoqarash ijtimoiy birlikning in’ikosidir unda ijtimoiy turmush aks etadi va u muayyan tarixiy davrda insoniyat erishgan bilimlar darajasiga hamda ijtimoiy tuzumga bog‘liq bo‘ladi.
    Har qanday dunyoqarash tarkibiga: bilim, baholash, e’tiqod va aqidalar kiradi. Dunyoqarash turli shaklda mavjud bo‘lishi mumkin: kundalik, mifologik, afsonaviy, diniy, badiiy, falsafiy va ilmiy tusdagi tasavvurlar. Dunyoqarash shaxsiy ong va ijtimoiy ong dalili tarzida bo‘lishi mumkin. Masalan, afsonaviy dunyoqarash to‘g‘risida gapirganda biz muayyan shaxsning olam to‘g‘risidagi tasavvurlari emas, balki qadimgi zamon jamoasi tasavvurlari haqida fikr yuritamiz. Yohud biz xristianlar, musulmonlar, buddaviylar va boshqa diniy guruhlar dunyoqarashi to‘g‘risida gapiramiz. Shu bois dunyoqarash shaxs, ijtimoiy guruh (diniy, milliy, yoshgaoid, jinsiy, kasbiyvab.), davlat, davlatdan tashqari tuzilmalar dunyoqarashi sifatida ham bo‘lishi mumkin.
    Dunyoqarash o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra mifologik, diniy, falsafiy va ilmiy turlarga bo‘linadi. Ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi.
    Mifologik dunyoqarash kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichida bo‘lgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Voqelikni bilishning, dunyoga qarashning o‘ziga xos usuli bo‘lgan mifning xususiyati shuki, hamma narsa va hodisalar unda bir-biriga ishtirok sifatida idrok etiladi. Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatini ikkinchi xil buyumlarga bemalol ko‘chirish mumkin bo‘ladi. Mifologik dunyoqarash tabiat kuchlarini hissiy qiyofalar, alohida vujudlar shaklida jonlantirib tasvirlab ko‘rsatishga asoslangan. Mifologiyada bir xil narsalarning xossalari ikkinchi xil narsalarga osonlik bilan ko‘chirilganligi sababli u xayolga keng maydon ochib beradi va bu maydonda mifologik tarzda fikr qiluvchi kishi har qanday o‘zgarishlar qilishi va jasoratlar ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Har qanday mifologiya tabiat kuchlarini tasavvurida va tasavvur yordamida yengadi, o‘ziga bo‘ysindiradi va shakllantiradi. Mifologiya, binobarin, tabiatning ana shu kuchlari ustidan xaqiqatda hukmronlik boshlanishi bilan yo‘qolib ketadi". G’ayritabiiy kuch haqidagi tasavvurlar mavjud bo‘lganligi sababli mifologiyada din elementlari bor, shuningdek, unda axloqiy qarashlar ham insonning voqelikka estetik munosabati ham aks ettirilgan.

    Download 32,35 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 32,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -reja. Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati

    Download 32,35 Kb.