• Falsafaning asosiy yo‘nalishlari. 1-reja. Kompyuter falsafasi va falsafa tushunchalari, predmeti, mazmuni va mohiyati.
  • 1-mavzu. Falsafaning predmeti, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari Reja




    Download 32,35 Kb.
    bet1/6
    Sana19.05.2024
    Hajmi32,35 Kb.
    #243601
      1   2   3   4   5   6

    1-mavzu. Falsafaning predmeti, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari


    Reja

    1. Kompyuter falsafasi va falsafa tushunchalari, predmeti, mazmuni va mohiyati.

    2. Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati.

    3. Falsafaning asosiy yo‘nalishlari.



    1-reja. Kompyuter falsafasi va falsafa tushunchalari, predmeti, mazmuni va mohiyati.
    Hozirgi vaqtda falsafiy fanlar qatoriga «kompyuter falsafasi» degan nom olgan yangi yo‘nalish shakllanmoqda. «Kompyuter falsafasi» atamasi kishini chalg‘itishi mumkin. Bir qarashda, bu falsafaning kompyuter anglab yetiladigan va tahlil qilinadigan bo‘limidek bo‘lib tuyuladi. Ammo bu tasavvur qay darajada to‘g‘ri? Bugungi kunda «san’at falsafasi», «fan falsafasi», «tabiat falsafasi», «ma’naviyat falsafasi», «huquq falsafasi», «madaniyat falsafasi» («kompyuter falsafasi» yoki «ta’lim falsafasi» bilan o‘xshashlik bo‘yicha) kabi falsafiy sohalarga (falsafa bo‘limlari)ga ko‘proq falsafiy bilimning tarixiy shakli sifatida yondashiladi. Falsafiy bilimni tashkil etishning bunday shakli hozirgi davr bilan hamohang emasdek, o‘tgan zamon hodisasidek bo‘lib tuyuladi. Ammo fanlarning «falon sohani o‘rganish falsafasi» degan nomi saqlanib qolgan. Xo‘sh, ular hozirgi davrda nimani anglatadi? Avvalambor, agar bu falsafa bo‘lsa, noan’anaviy, zamonaviy falsafadir. Yagona falsafiy tizimning yo‘qligi, kompyuterni anglab yetishning falsafiy usulidan tashqari tarixiy, aksiologik, metodologik, loyihaviy usullari, kompyuter falsafasiga doir amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarning mavjudligi ham buni tasdiqlaydi. Kompyuter xususidagi mulohazalarga tafakkurning mazkur fenomen g‘oyasi va mohiyatini aniqlash, uning madaniyat va ijtimoiy universumdagi o‘rnini tushunish, uni o‘rganishga nisbatan tarixiy yondashuvni belgilaydigan intensiyalari falsafiy tus beradi. Ba’zan tafakkurning bu xususiyatlari jamuljam holda falsafiy transsendensiyalash sifatida tavsiflanadi, bunda aynan transsendensiyalash falsafani kompyuter falsafasiga aylantirishi ta’kidlanadi.
    Kompyuter texnologiyalarining mohiyatini anglab yetish kompyuter texnikasining tabiati nimada, inson faoliyatining boshqa sohalari – fan, san’at, injeneriya, loyihalash, amaliy faoliyat bilan kompyuter va kompyuter texnologiyalarining nisbati qanday, kompyuter va kompyuter texnologiyalari qachon paydo bo‘lgan va o‘z rivojlanish jarayonida qaysi bosqichlardan o‘tgan, ayrim faylasuflarning kompyuter sivilizasiyamizga tahdid solyapti, degan fikri to‘g‘rimi, inson va tabiatga kompyuter qanday ta’sir ko‘rsatadi, nihoyat, kompyuter texnologiyalarining rivojlanish va o‘zgarish istiqbollari qanday, degan savollarga javob olish imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z navbatida kompyuter texnologiyalariga falsafiy yondashish, hamda kompyuter falsafasining shakllanishiga olib kelmoqda.
    Kompyuter falsafasi fanining asosiy maqsadi talabalarga kompyuter va texnologik sivilizasiya xususida hamda kompyuter taraqqiyotining inson hayotidagi roli va o‘rnini o‘rgatishdan iborat. Shuningdek, ushbu fan kompyuter va kompyuter texnologyalarining gumanistik mohiyati, uning asosiy omillari, kompyuterning inson hayotidagi o‘rnini aniqlashga qaratilgan. Talabalarga texnika va kompyuter texnologiyalaridan foydalanganda o‘z-o‘zini anglagan holda to‘g‘ri fikrlash mahorati, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
    Kompyuter falsafasi fanining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
    - Jamiyat hayotidagi ijtimoiy-texnologik jarayonlarga falsafiy tafakkur va shaxsiy tahliliy tanqid nuqtai nazaridan yondashish, o‘z-o‘zini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tuyg‘ularnini hosil qilish;
    - kompyuter taraqqiyoti tarixini tadqiq qilish;
    - texnik obyekt tabiiy-sun’iy tizimini aniqlash;
    -internet taraqqiyoti ni texnik, ijtimoiy tushunishning o‘zgarishi kabilarni tadqiq qilishdan iborat.
    Fanni o‘zlashtirish jarayonida talabalar:
    - falsafa, tabiatshunoslik falsafasi, ontologiya, gnoseologiya, mantiq, etika, estetika va boshqa gumanitar fanlar doirasidagi bilimlarga ega bo‘lishi;
    - kompyuter falsafasining predmeti, vazifalari va asosiy sohalari, paydo bo‘lishi tarixi, yangi dunyo madaniyatida kompyuter, internet, fan va kompyuter mutanosibligi muammosi, kompyuter va texnologiya konsepsiyalarini tahlili, kompyuter va internet taraqqiyoti, texnogen sivilizasiya muammolari va ziddiyatlari, kompyuter va internet asosida vujudga kelgan muammolar va ularning hal qilish usullari haqida bilimga ega bo‘lishadi;
    Kompyuter falsafasi fani falsafaning umumnazariy masalalari, ekologiya, falsafa tarixi, fan falsafasi, ontologiya, gnoseologiya, metodologiya, mantiq, etika, estetika, sotsiologiya, politologiya, psixologiya kabi fanlar muammolari doirasi bilan uzviy bog‘langan.
    Kompyuter falsafasi sohasida egallangan bilmlar muxandislik faoliyatida va ishlab chiqarishning gumanizasiyasini tashkil qilishda dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.
    Kompyuter falsafasi falsafiy fanlar qatoriga kiradi. Shuning uchun bu fan haqida to‘liq bilimga ega bo‘lishimiz uchun eng avvola falsafa va uning umumnazariy muammolarining mohiyatini to‘g‘ri tushunib olishimiz kerak hisoblanadi.

    Download 32,35 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 32,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Falsafaning predmeti, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari Reja

    Download 32,35 Kb.