• «Neysbit paradoksi»
  • Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotidagi turli jabhalarni qamrab olmoqda, ya’ni




    Download 268,16 Kb.
    bet18/72
    Sana17.01.2024
    Hajmi268,16 Kb.
    #139504
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
    Bog'liq
    1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

    Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotidagi turli jabhalarni qamrab olmoqda, ya’ni:
    - tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intelektual (aqliy) mulk obyektlarining milliy, xalqaro va jahon savdosi;
    - ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati (tabiiy resurslar ishchi kuchi, kapital va texnologiyalar);
    - xalqaro moliya-kredit va valyuta operatsiyalar kо‘lamining kengayishi (beg‘araz moliyalashtirish va yordam, xalqaro iqtisodiy munosabatlar subyektlariga kredit va zayomlar, qimmatbaho qog‘ozlar savdosi, maxsus moliya mexanizmi va vositalari);
    - ishlab-chiqarish, ilmiy-texnikaviy, texnologiya va informatsion hamkorlikning chuqurlashuvi;
    - о‘zaro tovar almashuvidan ishlab chiqarish baynalminallashuviga о‘tilishi ya’ni bir nechta mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari ma’lum bir tayyor mahsulot yaratishda turli shakl va bosqichda ishtirok etishlari va pirovard natijada ishlab chiqarish baynalminallashuvining institusional shakli sifatida transmilliy korporatsiyalarning vujudga kelishi;
    - kapital baynalminallashuvi, ya’ni mamlakatlar о‘rtasida xalqaro kapital harakatining jadallashuvi (bevosita xorijiy investitsiyalarning tashqi savdo va ishlab chiqarishga nisbatan tez sur’atlar bilan oshib borayotganligi), fond bozori rivojlanish darajasining о‘sishi;
    - xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiya doirasida texnologik bilim­lar, ilmiy-texnika va ishlab chiqarish vositalari almashuvining kuchayishi;
    - xalqaro hamkorlikni samarali amalga oshirishni ta’minlovchi glo­bal moddiy, informatsiyaviy, tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish;
    - xalqaro savdo tizimidagi an’anaviy odatlarni sifat va kо‘lam jihatdan о‘zgartirish va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi asosida tovar almashuvining baynalminallashish darajasini kuchaytirish, xalqaro hamkorlikning eng asosiy yо‘nalishi sifatida moddiy ishlab chiqarishga nisbatan tez sur’atlar bilan о‘sib borayotgan xizmatlar sohasini rivojlantirish;
    - ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarining atrof muhitga ta’sirining kuchayishi va mazkur yо‘nalishda xalqaro hamkorlikning kengayishi;
    - va nihoyat, ishchi kuchi xalqaro migratsiyasi kо‘lamining haddan ziyod kengayishi.
    Rivojlanayotgan mamlakatlardan oqib kelayotgan ishchilar rivojlangan mamlakatlarda past yoki umuman malaka talab etmaydigan ishlarga jalb etilmoqdalar. Shu bilan birga yuqori malaka talab etmaydigan, kam ish haqi tо‘lanadigan ish о‘rinlarini tо‘ldirish uchun xorijiy ish kuchidan foydalanayotgan mamlakatlar immigratsiya miqdorini kerakli darajada ushlab turishga harakat qilmoqdalar.
    Hozirgi kunda telekommunikatsiya texnologiyalari sohasining rivojlanishi immigratsiya jarayonlariga yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Masalan biron-bir Yevropa, Shimoliy Amerika yoki Yaponiya kompaniyasi osonlik bilan dunyoning istalgan mamlakatidagi kompyuter mutaxassisiga ma’lum bir dastur yaratish yuzasidan о‘z joyidan turib topshiriq bera olishi mumkin.
    Globallashuv va integratsiyalashuv - bu murakkab jarayon bо‘lib, quyidagi darajalarda kuzatilmoqda:
    - mintaqalar, mamlakatlar (makrodarajada);
    - tovar, kapital, mehnat va valyuta bozorlari (mezodarajada);
    - ma’lum kompaniya va korporatsiyalar (mikrodarajada).
    Mamlakatlar va mintaqaviy integratsion birlashmalar savdoni erkinlashtirish, investitsion va migratsion cheklovlarni olib tashlash hamda erkin savdo yoki umumiy bozor hududini barpo etish hisobiga о‘z chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faollikka intilishlari globallashuvning makroiqtisodiy darajasida kо‘zga tashlanmoqda.
    Kompaniyalar о‘z faoliyatini kengaytirgan holda ichki bozordan tashqariga yо‘nalganligi orqali globallashuv mikroiqtisodiy darajada namoyon bо‘lmoqda. Aksariyat yirik transmilliy korporatsiyalar ho­zirgi davrda global sharoitda faoliyat yuritmoqdalar. Ular har qanday chegara va milliylikdan qat’iy nazar, har doim iste’molchilarning talabini qondirishga intiladilar. Shu tufayli ular iste’molchilar talabi yuqori bо‘lgan barcha bozorlarni egallab olmoqdalar.
    Globallashuv sharoitida kompaniyalar xalqaro darajadagi iste’molchilar, texnologiyalar, xarajatlar, strategik raqobatlar haqida bosh qotiradilar. Ular о‘zlarining maqsad va rejalari doirasida ishlab chiqarish va sotuv bо‘linmalarini turli mamlakatlarga joylashtirib, global sharoitda vaziyatni о‘zlari uchun yengillashtirmoqchi bо‘ladilar. Transmilliy kompaniyalar va firmalarni tashkil etish va rivojlantirish esa turli tо‘siqlarni yengib о‘tishga imkoniyat yaratadi (ya’ni, transfer narxlar, qayta ishlab chiqarishga qulay sharoit, milliy bozor muhitini yaxshi о‘rganish, qо‘shimcha daromad va boshqalar hisobiga).
    Hozirgi davrning dolzarb masalasi erkin va samarali tadbirkorlik faoliyatini olib borish, global tovar va xizmatlar, kapital, ishchi kuchi bozori ishtirokchisiga aylanish, mamlakatlarni yagona jahon iqtisodiy xо‘jaligi majmuiga birlashtirish uchun umumbashariy iqtisodiy, huquqiy, informatsion va madaniy muhitni yaratishdan iborat.
    Bu vaziyatda, globallashuv jarayonining asosiy subyektlari sifatida transmilliy korporatsiyalar ichki xо‘jalik faoliyatiga nisbatan о‘zlarining tashqi iqtisodiy faoliyatlariga alohida e’tibor qaratib va globallashuvning moddiy asosi va harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqdalar.
    Bugungi kunda turli mamlakatlarda xо‘jalik muhitining xilma-xilligi globallashuv jarayonlarining yanada avj olishiga tо‘sqinlik qilayotgan omillardan biridir.
    Kapital aylanmasining intensivlashuvi va savdo tizimining umumiylashuvi yagona iqtisodiy xо‘jalik muhitini vujudga keltiradi. Xalqaro iqtisodiy tizimini tashkil etuvchi 200 dan ortiq mamlakatlar milliy xо‘jaliklarining har biri о‘ziga xos xususiyatiga egaligi tufayli jahon yalpi ichki mahsuloti rivojlanish kо‘rsatkichlari barqaror emas.
    Texnologiyalar bilan ta’minlanganligi nuqtai nazaridan, mamlakatlar orasidagi farq oshib borayotganligi sababli jahon iqtisodiy muhiti xilma-xilligicha qolmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda texnologiyalarining 4-5-avlodi qо‘llanilsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 2-3-avlodi, qoloq yoki о‘tish davridagi mamlakatlarda esa sanoatlashuv davrining boshidagi texnologiyalardan foydanilmoqda. Asosan rivojlangan mamlakatlar yuqori texnologiyalarga egaligi sababli ilmtalab tovar va xizmatlarni past va о‘rta darajada rivojlangan mamlakatlarga eksport qilib katta foyda olmoqdalar.
    Globallashuvning zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi asosiy ziddiyatli jihati belgisi integratsiya va avtonomizatsiya jarayonlarning uyg‘unlashuvidir. «Neysbit paradoksi» muallifi fikriga kо‘ra, ushbu jarayon bir tomondan siyosiy mustaqillik va о‘zini о‘zi boshqarish, ikkinchi tomondan iqtisodiy uyushma va birlashmalar tashkil etilishiga olib kelmoqda («Chem vishe uroven globalizatsii ekonomiki, tem silneye yeye melchayshiye uchastniki». Paradoks Neysbita).
    Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash joizki, jamiyat qanchalik boy va baquvvat bо‘lsa, shunchalik uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi yuqori bо‘ladi, qanchalik resurslar oqilona va maqsadli ishlatilsa, shunchalik integratsion aloqalarning imkoniyatlaridan foydalanish va global bozor sharoitiga moslashuv darajasi yuqori bо‘ladi.

    Download 268,16 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




    Download 268,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotidagi turli jabhalarni qamrab olmoqda, ya’ni

    Download 268,16 Kb.