• Moliyaviy tizim faoliyatiga bevosita ta’sir kо‘rsatuvchi omillar bank foizlari ustidan nazorat va inflyatsiya kо‘pchilik mamlakatlarda moliyaviy tizim rivojining sekinlashuviga sabab bо‘lmoqda.
  • Sun’iy ravishda pasaytirilgan foiz stavkalari kreditga bо‘lgan talabni oshirib yuboradi va bu bilan moliya muassasalarini qarz berish jarayonlarini kvotalashga majbur qiladi.
  • Yana bir yо‘nalish, bank, sug‘urta kompaniyalari va boshqa muassasalar mablag‘larining bir qismini past daromadli davlat obligatsiyalariga joylashtirish talabi




    Download 268,16 Kb.
    bet56/72
    Sana17.01.2024
    Hajmi268,16 Kb.
    #139504
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72
    Bog'liq
    1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

    Yana bir yо‘nalish, bank, sug‘urta kompaniyalari va boshqa muassasalar mablag‘larining bir qismini past daromadli davlat obligatsiyalariga joylashtirish talabidir. Bunday usul, masalan, Hindiston va Pokistonda yirik byudjet kamomadlarini arzon moliyalash uchun qо‘llaniladi. Yuqori rezerv majburiyatlari va past foizli davlat qimmatbaho qog‘ozlarini majburan tarqatish xususiy sektorni kreditlash jarayonlariga va umuman moliyaviy vositachilik sohasiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
    Moliyaviy tizim faoliyatiga bevosita ta’sir kо‘rsatuvchi omillar bank foizlari ustidan nazorat va inflyatsiya kо‘pchilik mamlakatlarda moliyaviy tizim rivojining sekinlashuviga sabab bо‘lmoqda. Huku­matlar qisman investitsiyalarni rag‘batlantirish, qisman daromadlarni qayta taqsimlash, hamda о‘zlari arzon kreditlarga ega bо‘lish maqsadida bank foizlarini past darajada ushlab turishga harakat qiladilar. Ularning kо‘pchiligi fikricha, depozitlar bо‘yicha past foiz stavkalari moliyaviy mablag‘ jamg‘armalarining kamayishiga olib kelmaydi. Jahon tajribasi ayrim hollarda mazkur amaliyot notо‘g‘ri ekanligini kо‘rsatdi. Ma’lumki, real foiz stavkalari va inflyatsiya moliyaviy jamg‘armalarga katta ta’sir kо‘rsatadi hamda moliya jamg‘armalarining hajmi va ularning kredit uchun taqdim qilinadigan foiz stavkalari bevosita iqtisodiy о‘sish bilan bog‘liq.
    Sun’iy ravishda pasaytirilgan foiz stavkalari kreditga bо‘lgan talabni oshirib yuboradi va bu bilan moliya muassasalarini qarz berish jarayonlarini kvotalashga majbur qiladi. Faqat juda past foiz stavkali kredit olishga rozi boigan qarz oluvchilarga bu juda qо‘l kelishi mumkin. Direktiv kredit dasturlari bilan birgalikda bunday choralar (past foiz stavkani qо‘llash) iqtisodiyotda raqobat darajasini susaytiradi. Inflyatsiya, depozitlar bо‘yicha past foiz stavkalari siyosati bilan birga kapitalning chiqib ketishiga olib keladi.
    Uzoq muddatli va davomli inflyatsiya holatida bо‘lgan ba’zi mamlakatlarda, masalan Braziliya, Chili, Kolumbiya va Isroilda, indeksatsiyalanadigan kredit shartnomalaridan foydalanishga ijozat berilgan. Ba’zi mamlakatlar, shu jumladan, Urugvay, Turkiya va Yugoslaviya, indeksatsiyalash о‘rniga xorijiy valyutadagi depozitlar sxemasini joriy etdilar. Bu sxemalar depozitlarni valyuta kursi bо‘yicha indeksatsiyalaydilar.

    Download 268,16 Kb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72




    Download 268,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yana bir yо‘nalish, bank, sug‘urta kompaniyalari va boshqa muassasalar mablag‘larining bir qismini past daromadli davlat obligatsiyalariga joylashtirish talabi

    Download 268,16 Kb.