|
Markaziy banklar ham milliy valyuta bozorlarining faol ishtirokchilaridan
|
bet | 54/72 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 268,16 Kb. | | #139504 |
Bog'liq 1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazMarkaziy banklar ham milliy valyuta bozorlarining faol ishtirokchilaridandir. Kо‘pchilik bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda valyuta kurslari suzuvchan bо‘lib, valyuta bozorlari ishtirokchilari tomonidan xorijiy va milliy valyutaga bо‘lgan talab va taklif asosida aniqlanadi. Talab va taklifining kuchli tebranishlari oldini olish uchun markaziy bank valyuta intervensiyalari orqali ushbu jarayonni tartibga soladi.
Valyuta va valyuta derevativlari savdosi ham birinchi navbatda jahon moliya markazlarida olib boriladi. Valyuta ayirboshlash operatsiyalari bо‘yicha London birinchi о‘rinni egallasa, valyuta fyucherslar savdosi eng kо‘p Chikagoda amalga oshiriladi.
Ma’lumki, asosini oddiyroq moliyaviy vositalar: aksiyalar, obligatsiyalar, valyuta tashkil etuvchi derevativlarning eng keng tarqalgan turlari opsionlar (egasiga valyuta va aksiyalarini qat’iy belgilangan kurslarda sotib olish va sotish huquqini beradi), svoplar (ma’lum bir muddat davomida pul tо‘lovlari bilan ayirboshlash haqidagi bitimlar) fyucherslardir (valyutani kelajakda kelishilgan qat’iy belgilangan kurs bо‘yicha yetkazib berish haqidagi bitim).
7.8. Globallashuv sharoitida xalqaro moliyaviy bozorlar rivojlanishining asosiy xususiyatlari va unga ta’sir kо‘rsatuvchi omillar
Jahon xо‘jaligi globallashuvining zamonaviy bosqichida xalqaro moliyaviy tizim rivojlanishining ziddiyatli jihatlaridan biri unga davlat aralashuvining kuchayib borayotganligidir. Kо‘pchilik rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlari о‘z moliyaviy tizimlari doirasida foiz stavkalarini chegaralash, majburiy rezerv meyorlarining nisbatan yuqoriligi va kredit taqsimotini markazlashtirish orqali faqatgina milliy iqtisodiyotlargagina emas, balki xalqaro moliya tizimiga ham о‘z ta’sirlarini о‘tkazmoqdalar. Bu albatta, turli darajali xо‘jalik subyektlari uchun moliyaviy tizimning jozibadorligini pasaytiradi.
Jahon moliya tizimi rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatuvchi eng muhim omillardan biri bu kreditlarni joylashtirish masalalariga davlat aralashuvi bо‘lib, bunda hukumatlar huquqiy tizimni о‘zgartirish va shartnomalarni bajarish intizomini mustahkamlash (mulkiy huquqlarni oydinlashtirish va kredit ta’minoti qonun-qoidalarini takomillashtirish); bank boshqaruvi va nazorati, muxosiblar va auditorlar tayyorlash tizimi va axborotni tо‘g‘ri yoritib berishni ta’minlashni yaxshilash yо‘li bilan kreditorlarning uzoq muddatli sarmoyani taqdim etish va aksionerlik kapitalini rivojlantirishga bо‘lgan manfaatdorligini oshirish imkoniga egadirlar.
Lekin zarur moliyaviy muassasalarni yaratish uzoq muddat va ma’lum mablag‘ni talab qiladi va о‘z-о‘zidan tushunarliki, hukumatlar tezroq natija olishni afzal kо‘radilar. Undan tashqari, davlatlar moliyaviy tizim imkoniyatlaridan yuqori ijtimoiy natijalar beruvchi loyihalarga mablag‘larni joylashtirish, daromadlarni qayta taqsimlash, davlat korxonalarini qо‘llash, cheklangan savdo siyosati va valyuta kurslari tafovutini qoplash kabi qator maqsadlarga erishish uchun foydalanadilar. Hukumat organlari kо‘pincha foiz stavkalari va davlat, hamda xususiy korxonalarga beriladigan kredit ustidan nazoratni amalga oshirib, maqsadli kredit dasturlari orqali moliyaviy yordam va institusional qо‘llab-quvvatlash masalalarini hal etishga urinadilar.
|
| |