• Rivojlanayotgan mamlakatlar
  • Direktiv kredit dasturlari
  • Qishloq xо‘jaligini kreditlashning asosiy maqsadi
  • Eksport krediti dasturlari
  • 1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja




    Download 268,16 Kb.
    bet55/72
    Sana17.01.2024
    Hajmi268,16 Kb.
    #139504
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72
    Bog'liq
    1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

    Rivojlangan mamlakatlar hukumatlari ham moliyaviy soha faoliyatiga aralashuv siyosatini о‘tkazib, kredit oqimlariga ta’sir kо‘rsatmoqchi bо‘ladilar. Lekin foiz stavkalari va kredit ustidan nazorat rivojlanayotgan mamlakatlarga qaraganda nisbatan past darajada bо‘lib, bunda asosiy e’tibor moliyaviy tizim barqarorligini ta’minlovchi choralarga qaratiladi.
    Rivojlanayotgan mamlakatlarda aksariyat holatlarda davlat nazorati va aralashuvi maqbullik chegarasidan chiqib ketayotganligi kuzatiladi. Bu mamlakatlarning hukumatlari kreditlarni joylashtirish faoliyatida yetakchi о‘rinni egallamoqchi bо‘ladilar. Kо‘pincha bir mamlakatning о‘zida bir vaqtda harakat qiluvchi dasturlar doirasida turli foiz stavkalari, kreditlarni sо‘ndirish muddatlari va muvofiqlik mezonlari kо‘zda tutiladi.
    Direktiv kredit dasturlari odatda kо‘proq davlat korxonalari, kichik va о‘rta firmalar, sanoat va qishloq xо‘jaligining alohida tarmoqlari va kamroq darajada uy-joy qurilishi, eksport tarmoqlari va qoloq hududlarni rivoj lantirishga yо‘naltiriladi. Sanoatni rivojlantirish dasturlarining maqsadi uzoq muddatli arzon sarmoyalar va horijiy valyuta bilan ta’minlash bо‘lib, bunday sarmoyalash jarayoni industrlashtirishni tezlatishga yordam beradi. Qishloq xо‘jaligini kreditlashning asosiy maqsadi ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va yangi texnologiyalarni joriy qilishdir. Kichik korxonalarga beriladigan kreditlar qо‘shimcha ish joylari yaratishga va aholining kambag‘al qatlamlarini uy-joy bilan ta’minlash maqsadiga yо‘naltirilgan. Eksport krediti dasturlari ishlab chiqarish muddati bilan tо‘lov amalga oshiriladigan vaqt о‘rtasidagi uzilishni bartaraf qilib, eksportchilar manfaatini cheklovchi tashqi savdo va tarkibiy siyosatni amalga oshirish natijasida keladigan ularning zararlarini qoplashga yо‘naltirilgan.
    Ayrim mamlakat hukumatlari ustuvor rivojlantiriladigan tarmoqlar uchun odatdagi kreditlarga о‘rnatiladigan foiz stavkalaridan ancha past bо‘lgan imtiyozli foiz stavkalari о‘rnatadilar (ba’zi hollarda davlat kafolati ostida). Yuqori rivojlangan mamlakatlarda kredit kafolatlari kichik biznesni qо‘llab-quvvatlashning asosiy shakli bо‘lib hisoblanadi. Kamerun, Kolumbiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Malayziya, Marokko, Nepal, Filippin, Shri-Lanka kabi rivoj­lanayotgan mamlakatlar kichik va о‘rta biznes korxonalari uchun rasmiy kafolotlar tizimini yaratganlar. Braziliya, Hindiston, Meksika, Panama va Shri-lanka kabi mamlakatlarda qishloq xо‘jaligini qо‘llab-quvvatlash uchun davlat kafolatlaridan va hosilni davlat tomonidan sug‘urtalash faoliyatidan keng foydalaniladi. Bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda tovarni qabul qilib olishdan avvalgi bosqichlarda eks­port kreditlarini kafolatlash tizimi mavjud bо‘lsa, ayrim mamlakatlar umuman eksport tizimini sug‘urtalash tizimini joriy qilganlar.
    Moliyaviy tizim va iqtisodiy о‘sishga ta’sir etuvchi yana bir kuchli omil davlat tomonidan taqdim etiladigan direktiv dasturlarning mavjudligidir.
    Ekspertlar fikricha, yuqori proteksionizmga asoslangan savdo tizimi va makroiqtisodiy barqarorlikka ega bо‘lmagan mamlakatlar (masalan, Tailand)da direktiv kreditlash mavjud tarkibiy nomutanosibliklar va baho muvozanati buzilishlarini yanada kuchaytiradi. Savdo cheklovlari kamaytirilib, makroiqtisodiy holat barqarorlashganda kо‘pchilik kredit olgan korxonalar norentabel bо‘lib chiqdilar. Baho va boshqa buzilishlar bartaraf qilingan hamda makroiqtisodiy barqarorlik saqlanib turilgan mamlakatlarda (masalan, Janubiy Koreyada) direktiv kreditlash kо‘proq muvaffaqiyat qozondi.
    Kreditlashning direktiv dasturlaridan moliyaviy tizimni barqarorlashtirish maqsadida emas, sarmoyalarning yetarli samaradorligi ta’minlanishidan qat’iy nazar, iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yо‘naltirish uchun foydalanildi. Lekin iqtisodiy muammolarni yechishning samaraliroq usullari mavjud. Tovar bozorlariga bevo­sita ta’sir о‘tkazish, daromadlarni qayta taqsimlash, qishloq xо‘jaligi baholarini isloh qilish, kam daromadlilarga yordam kо‘rsatish va boshqa chora-tadbirlar orqali qо‘yilgan maqsadlarga erishish va kreditlarni besamar ishlatilishiga chek qо‘yish mumkin.
    Iqtisodiy о‘sish va daromadlar taqsimotiga direktiv kreditlarning ta’siri haqida turli fikrlarning mavjudligiga qaramay, shu narsa ayonki, bunday kreditlash moliyaviy tizimga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Direktiv qarzlarning kо‘pchiligi tо‘lanmagan qarzlarga aylandi. Past foizlar bilan qarz olish imkoniyati nosamarador sarmoyalarni rag‘batlantiradi. Kо‘pchilik holatlarda daromad meyori uncha yuqori bо‘lmagan loyihalar, kreditlarni qaytarish imkoniga ega bо‘lmay qoladilar. Mablag‘larni notо‘g‘ri joylashtirish va moliyaviy intizomni buzish moliyaviy vositachilarning besamar faoliyatiga, ba’zi hollarda esa ularning hatto xonavayron bо‘lishiga olib keladi.
    Undan tashqari korxonalarni arzon kreditlashga murojaat qilishga rag‘batlantirib, direktiv kredit dasturlari qimmatbaho qog‘ozlar bozori rivojlanishining sekinlashuviga sabab bо‘lmoqda.
    Pul-kredit siyosatining asosiy vositalaridan bо‘lgan majburiy rezerv meyorlari va davlat qimmatbaho qog‘ozlarini majburiy sotish moliya bozoriga kuchli ta’sir kо‘rsatmoqda.
    Majburiy rezervlarning yuqori meyorlarini о‘rnatish, agar ular banklar ixtiyoriy ravishda qо‘llab turishga rozi bо‘lgan darajadan yuqori bо‘lsa, pul mablag‘larining milliy moliyaviy tizim doirasidan tashqariga oqib ketishiga sabab bо‘ladi. Shu о‘rinda yana bir muammo rezerv meyorlarining о‘zgaruvchan emasligidir. Majburiy rezerv meyorlarining о‘sishi banklarning normal ishlashini cheklaydi va ulardan qо‘shimcha xarajatlar talab qiladi. Ma’lumki, rezerv majburiyatlari deb, odatda bozor kurslaridan ancha past bо‘lgan foiz asosida Markaziy bankka beriladigan majburiy ssudalarga aytiladi.

    Download 268,16 Kb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72




    Download 268,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja

    Download 268,16 Kb.