|
Tayanch va fanga oid kompetensiyalar
|
bet | 52/131 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 11,79 Mb. | | #248105 |
Bog'liq 11-sinf-informatika-dars-ishlanmaTayanch va fanga oid kompetensiyalar:
TK: doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, va intellektual rivojlantirish;
FK: Axborot resurslaridan maqsadli izlash va saralash vazifalarini bajara oladi;
Dars usuli: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.
Dars turi: Yangi bilim berish.
O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi:
O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.
O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.
O’qitish vositalari:11-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti,
Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
RGB va CMYK ranglar tizimida nechta kanal bor?
Filtrlar qanday qilib ishga tushiriladi?
Asosiy menyuning Фильтр (Filtr) bo‘limidagi bandlar necha guruhga bo‘linadi?
Kuchukcha yoki jo‘ja rasmini yuklab olib, unga turli filtrlami qo‘llab о‘ring va muvaffaqiyatli chiqqan suratlami yangi nom bilan saqlab qo‘ying
Fotosuratni yuklab olib, uni rassom tomonidan chizilgan surat ko’ri- nishiga o‘tkazing.
Nazariy qism:
Bu tugmalardan asosiylarini bilan tanishib chiqamiz:
A - tayyor mo‘yqalamlami tanlash.
В - mo‘yqalamning diametrini va ko‘rinishini tanlaydi.
С - Кисть (Mo‘yqalam) palitrasini ekranga chaqiradi.
D - rasmdagi va mo‘yqalam ranglarini aralashtirish tartibi (yigirmadan ortiq variantlar mavjud)
E - mo‘yqalamda chizilgan tasviming shaffofmasligi (shaffoflik ortgan sari bo‘yalgan soha ostidagi tasvir ko‘proq ko‘rinib turadi).
G - mo‘yqalam tolalarining qattiqligi kamaygan sari bo‘yalgan soha bo‘yoq bilan qoplanishi foizi ortib boradi.
H - bo‘yoqni surkash tartibidan purkash tartibiga o‘tkazadi (aerograf tartibi).
Mo‘yqalamning parametrlarini o‘matishda va u bilan ishlashda Кисть (Mo‘yqalam) palitrasidan foydalanish qulayroq. Uni parametrlar panelidagi C tugmasini bosib yoki boshqa palitralar kabi asosiy menyu orqali chaqirish mumkin. Bu palitraning ko’rinishi quyidagi rasmda ko’rsatilgan.
Bu palitra yordamida mo‘yqalamlar to‘plamini (A), mo‘yqalamning shakli (B), uning kattaligi (D, E), qancha burchakka burilganligi (H), enining necha foiz tashkil etishi (I), ikkita izi orasidagi masofa (K) kabi parametrlarini tanlash mumkin. Rasmda barg ko‘rinishidagi mo‘yqalam tanlangan, uning o‘lchami 90 pikselga teng, 45° ga burilgan, eni 56% ni tashkil etadi. Ikkita izi orasidagi masofa 100% ga teng. Shuningdek, bu yerda mo'yqalamning tasvirdagi izi parametrlarini o‘zgartirish (С), mo'у qalam izini gorizontal (F) va vertikal (G) o‘girish, mo‘yqalamning qattiqligini o‘zgartirish (J) mumkin
Bu parametrlaming har birini yoki bir nechtasini o‘zgartirib, turli-tuman barglami olish, ular bilan tasvimi to‘ldirish mumkin. Mo‘yqalamning rangini o‘zgartirish uchun PhotoShopning asosiy rangini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosilsa, bitta barg qo‘yiladi. Chap
tugmasini bosib turib sichqonchani sudrasak, sichqonchaning izi barglar bi lan to‘ldiriladi.
Bir qarashda mo ‘ у qalam va qalam bilan ishlash orasida farq yo‘q dek ko‘rinsa-da, ular turli maqsad-
larda ishlatiladi. Qalam yordamida chiziq chizilganda bu chiziqning chetlari aniq ajralib turadi. Mo‘yqalamda esa bunday bo‘lishi shart emas.
Mo ‘ у qalam birinchi navbatda bo‘yash uchun ishlatiladi. Bo‘yash esa mo ‘ у qalam qanday tezlik bilan tortilganiga, qanday kuch bilan bosilgani, bo‘yoq surtilayotgani yoki purkalishiga bog‘liq ravishda o‘z garadi. Qalamda esa bunday para metrlaming ta’siri bo‘lmaydi. Uskunalar panelida qalam mo‘yqalam bilan bitta tugma ostida joylashgan. Uni tanlash mo’yqalamni yanlash kabi amalga oshiriladi.
Qalamning parametrlar paneli mo‘yqa lam parametrlari paneli kabi ko‘rinish ga ega. Qalamning parametrlarini ham mo‘yqalam parametrlari kabi o‘zgarti rish mnmkin. Masalan, qalam chizadigan
chiziqning qalinligini o‘zgartirish uchun uning parametrlar panelidagi ikkinchi tug mani (oldingi darsdagi suratda В tugma)ni bosamiz. Hosil bo‘lgan muloqot oynasidagi birinchi surgichni surib, qalamning qalinli gini o‘zgartirish mumkin. Ikkinchi surgich qalamning yumshoq va qattiqligini o‘zgartiradi. Uni chapga sursak, qalamning qattiqligi oshadi, o‘ngga sursak, qalam yumshoqroq bo‘ladi
Qalam bilan chiziq chizish uchun sichqonchaning chap tugmasini bosib, u suriladi. Bunda to‘g‘ri chiziq kesmalarini chizish juda qiyin. Agar qalam yordamida kesma chizish kerak bo‘lsa, Shift tugmasini bosib turib, kesma- ning uchlari bo‘lishi kerak bo‘lgan joy da sichqonchaning chap tugmasini bo- sish kerak bo‘ladi
Shift tugmasini va sichqonchaning chap tugmasini bosib turib, sichqon- chani harakatlantirsak, harakat yo‘nalishiga qarab vertikal yoki gorizontal kesmalar chiziladi.
Agar Ctrl tugmasi bosilsa, chizilgan chiziqni siljitish mumkin bo‘ladi (siljitish uskunasi vaqtincha ishga tushadi). Alt tugmasi esa tomizg‘ich uskunasini vaqtincha ishga tushiradi. Alt ni bosib turib, tasviming biror joyiga sichqonchani olib kelib, chap tugmasi bosilsa, shu nuqtaning rangi asosiy rang sifatida tanlanadi va keyingi chiziqlar shu rangda chiziladi.
Qalam yordamida chiziqlar chizishdan tashqari, uning shaklini o‘zgar- tirib, tasvirga turli shakllami joylash mumkin. Masalan, yuqoridagi rasmda keltirilgan muloqot oynasining pastki qismidagi maydonchaning vertikal surgichni pastga sursak, unda qalamning yangi shakllari pay do bo‘ladi. Undan maysa yoki barg shaklidagi qalamni tanlab, tasvimi osongina maysalar va barglar bilan to‘ldirish mumkin
|
| |