|
Domen - bu biror-bir serverda joylashgan saytga olib boradigan manzildir
|
bet | 64/131 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 11,79 Mb. | | #248105 |
Bog'liq 11-sinf-informatika-dars-ishlanmaDomen - bu biror-bir serverda joylashgan saytga olib boradigan manzildir
Barcha web-saytlar qaysidir serverda joylashgan bo‘ladi. Aslida Siz hosting xizmatidan foydalanib, saytingiz ma’lumotlarini qaysidir ser- verga joylashtirganingizda saytingiz IP manzilga ega bo‘ladi. Masalan: 94.100.180.199. Agar domen bo‘lmaganida yaratilgan web-saytni yuklash uchun brauzerda 94.100.180.199 raqamlar yoziladi.
Hosting - bu web-sayt uchun joy ajratib beruvchi xizmat turidir
Odatda domen beruvchi kompaniyalarda ham hosting xizmati bo‘la- di. Hosting va domenni bir kompaniyadan yoki alohida kompaniyalardan ham olish mumkin. Web-saytlar uchun hosting beruvchi kompaniyalarda katta hajmdagi maxsus serverlar mavjud. Ular tinimsiz ishlab turish orqali web-saytlaming ishlashini ta’minlaydi.
Web-dizayn - bu yaratiladigan web-saytlarga texnik ishlov berish va axborotlarni tizimli ravishda shakllantirishdir.
Axborotlar bir-biri bilan gipermatnli bog‘lanishlar yordamida web-sahifalarga tarqatiladi. Bunday sahifalar birgalikda web-saytni tashkil etadi. Web-saytlar Intemetning yagona axborot oralig‘ida birlashadi. Bunda web-sayt va web-sahifalar o‘zaro har xil usullar bilan bog‘lanadi. Ushbu yagona oraliq World Wide Web (butun dunyo o‘rgimchak to‘ri) yoki qisqacha WWW deyiladi. Web-sahifalarga gipermurojaat WWW ning asosiy xusu- siyatlaridan biridir. Istalgan bir hujjatdan boshqa bir WWW hujjatga HTML ning maxsus teglari yordamida murojaat qilinadi. Intemetda ishlagan vaqtin- gizda siz web-sahifalarda gipermatnli murojaatlarga duch kelasiz. Bu matn fragmentlari ko‘k shriftda va tagi chizilgan bo‘ladi. Agar siz ushbu yozuv- ni sichqoncha tugmasi yordamida bossangiz, u avtomatik ravishda boshqa web-sahifaga murojaat qiladi.
Dastlab web-sayt yaratish uchun faqat HTML tilini yaxshi o‘zlashtir- gan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu muammoni hal etish maqsadida, turli xil axborot texnologiyalari sohasidagi kompaniyalar tomo- nidan zamonaviy dasturiy vositalar yaratilgan. Ushbu dasturiy vositalardan foydalanib web-sayt yaratishning barcha bosqichlari HTML tili kodiga ta- yangan holda amalga oshirilgan. Biroq, HTML tilining barcha afzalliklariga qaramasdan, web-saytni boshqarish, vaqt o‘tgan sayin yangi ma’lumotlami qo‘shishda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelindi. Ushbu qiyinchiliklami bartaraf etish maqsadida yangi dasturiy ta’minot yaratish ishlarini boshlashga ehtiyoj sezildi. Bu dasturiy ta’minotlar kontentni (ma’lumotlami) boshqarish tizimlari (CMS - Content Management System) deb ataladi. Ayni paytda web-sayt yaratishni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin: statik va dinamik. HTML da yozilgan web-saytlar statik holda bo‘Isa, zamonaviy web-saytlar dinamik ko‘rinishga ega. CMS tizimlarming asosiy afzallik jihati shundaki, dinamik web-saytlami oson yarata olish va ulami turli xil axborotlar bilau to‘ldirish imkoniyati mavjud. Bugungi kunda, CMS asosida qurilgan Drupal, PHP-Nuke, WebDirector, NetCat, Slaed, Microsoft CMS, WordPress, PHPShop kabi platformalami misol tariqasida aytish mumkin.
Quyida 0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining web-saytini asosiy sahifasidan lavha keltirilgan (uzedu.uz):
Web-sahifalar yaratishning asosi sifatida tasviriy san’atning yangi turi web-dizaynga bevosita aloqadordir. Internet dizaynerlari rasm va tasvirlar tayyorlash bilan cheklanib qolmasdan, balki tayyorlangan rasm va tasvirlami tarmoqqa joylashtirish, web-sahifalar orasida aloqalar o‘matish, matn, tasvir va rasmlaming harakatini amalga oshirish, ranglami estetik jihatdan to‘g‘ri va chiroyli tanlashga e’tibor qaratilishi va rasmlaming harakatini amalga oshirish, ranglami estetik jihatdan to‘g‘ri va chiroyli tanlashga e’tibor qaratilishi lozim.
|
| |