|
Axborot xavfsizligi foydalanish talablari asosida ma’lumotning yashirinligi, yaxlitligi va foydalanuvchanligini ta’minlashdir
|
bet | 140/172 | Sana | 19.06.2021 | Hajmi | 11,79 Mb. | | #15142 |
Axborot xavfsizligi foydalanish talablari asosida ma’lumotning yashirinligi, yaxlitligi va foydalanuvchanligini ta’minlashdir.
Umuman olganda, axborotga tahdid ikki xil bo‘lishi mumkin: ma’lumotni ochish yoki uning mazmunini o’zgartirish.
Ma’lumotni ochish - tasodifan yoki xusumatli harakatlar natijasida begona shaxsga axborotning mazmuni ruxsatsiz oshkor etilisbdir.
Agar ma’lumotlar biror firmaning e’lon etilmagan yangiligi yoki korxo- naning ko‘p yillar davomida to‘plagan va biror yirik muammoni hal etishga yo‘naltirilgan tajribalar natijasi bo‘lsa, ushbu tajovuzdan kelayotgan zarar keskin oshib ketishi mumkin.
Ma’lumotlar mazmunini o‘zgartirish axborot xavfsizligi uchun katta tahdid hisoblanadi. Bank va iqtisodiyot tizimida muomaladagi to‘lov xabar- nomasi yuborilayotgan huquqiy manzil aniq ko‘rsatilgan ochiq ma’lumot sifatida harakatlanadi. Ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra, biror yo‘l bilan bank hujjatlari mazmunini, shaxsiy manfaatdorlik asosida qasddan soxtalashtirishdan banklarga va tashkilotlarga kelayotgan zarar keskin oshib ketmoqda. Ushbu ko‘rinishdagi xurujlar davlatlar chegarasidan chiqib, dunyo miqyosida amalga oshirilmoqda. Masalan, Sankt-Peterburg- lik dasturchi V. Levin, 1994-yilda o‘zining kompyuteri yordamida Internet orqali London shahridagi “Siti bank of Amerika”ning muhofaza tizimini bu- zib, dunyoning turli mamlakatlaridagi bank mijozlarining hisob raqamlaridan 10 million dollar miqdoridagi mablag‘ni noqonuniy o‘zlashtirib, o‘zining turli mamlakatlardagi hamtovoqlari hisobiga o‘tkazadi
Ushbu holat bo‘yicha AQSH federal qidiruv byurosi tezkor-qidiruv ha- rakatlarini amalga oshirib, jinoyatchilar to‘dasini bir vaqtning o‘zida hibsga oldi. Jinoyatchilar 400 ming dollardan tashqari barcha mablag‘ni bank hisobiga qaytarishdi va turli muddatga ozodlikdan mahrum etildilar.
Bank amaliyoti sohasida ma’lumotning yaxlitligi asosiy shart hisoblansa, ommaviy turdagi ma’lumotlar uchun foydalanuvchanlik darajasining yuqori bo‘lishi qadrlanadi. Davlat xavfsizligiga oid hujjatlar uchun uning yashirinli- gini ta’minlash asosiy mezon hisoblanadi.
Ma’lumotning yashirinlik xususiyati uni ruxsat etilmagan shaxslar uchun tushunarsiz holatda lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarida uzatilishidir. Ma’lumotlami ruxsatsiz o‘zgartirishdan saqlash axborotning yaxlitlik xususiyati deb yuritiladi.
Foydalanuvchanlik xususiyati ma’lumotdan istalgancha, hech qanday to‘siqlarsiz foydalanish imkoniyatini belgilaydi va u ochiq turdagi axborotlar uchun o‘rinlidir.
1 - Elektromagnit to‘lqin. 2 - Paxametrik to‘lqin. 3 - Tebranma tovush toiqin. 4 - Elektr signali.
Yuqoridagi rasmlarda axborotdan ruxsatsiz foydalanishning mumkin bo'lgan kanallari tasvirlangan. Keyingi sxematik rasmda kompyuter tarmoq- larida axborot tashuvchi vositalar sxematik ko‘rmishda tasvirlangan:
Ushbu sxemadan aloqa tizimining ixtiyoriy qismida ruxsatsiz kirish im- koniyati mavjud ekanligi yaqqol ko‘rinmoqda. Shu sababli, axborot xavfsizligini ta’minlash uchun foydalanuvchilami identifikatsiyalash, autentifikat- siyalash, avtorizatsiyalash zarur bo‘ladi.
Identifikatsiya - foydalanuvchini tlzimga o‘zini tanitish jarayoni bo’lib, unda mijozning maxsus shaxsiy kartalaridan yoki uning biometrik xususiyatlaridan foydalaniladi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Axborot xavfsizligi foydalanish talablari asosida ma’lumotning yashirinligi, yaxlitligi va foydalanuvchanligini ta’minlashdir
|