|
1-Mavzu: informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yoʼnalishlari
|
bet | 11/15 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 1,34 Mb. | | #114074 |
Bog'liq 1-Mavzu informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rSunʼiy intellekt yoki sunʼiy idrok – mashinalar tomonidan koʻrsatiladigan ongdir. Yetakchi sunʼiy ong darslik kitoblari bu sohani „ongli agentlar“ni oʻrganish deya taʼriflaydi: oʻz muhitini fahmlaydigan va maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish imkoniyatini maksimal darajada oshiradigan amallarni amalga oshiruvchi har qanday sistema. Xalq orasida „sunʼiy ong“ atamasi koʻpincha „oʻrganish“ va „muammolarni yechish“ kabi inson idroki bilan bogʻlaydigan „kognitiv“ funksiyalarni taqlid qiladigan mashinalarni tasvirlashda ishlatiladi, biroq bu taʼrifni koʻpchilik sunʼiy ong tadqiqotchilari rad etishadi.
Axborot tizimi - qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash saqlash ishlov berish va chiqarishda foydalanildigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq majmuyi. Axborot tizimi (AT)— axborotni saqlash, qidirish va qayta ishlash uchun moʻljallangan, axborotni taʼminlovchi va tarqatuvchi hamda tegishli tashkiliy resurslar (inson, texnik, moliyaviy va boshqalar) tizimidir. AT axborotga ehtiyojmand odamlarni oʻz vaqtida toʻgʻri maʼlumot bilan taʼminlash, yaʼni maʼlum bir predmet doirasidagi aniq axborotga boʻlgan ehtiyojni qondirish, axborot tizimlarining faoliyat koʻrsatish natijasi esa axborot mahsulotlari — hujjatlar, axborot massivlari, maʼlumotlar bazalari va axborot xizmatlaridir.
Hisoblash texnikasi – hisoblash jarayonlarini, axborotlarni toʻplash, saqlash va uzatish masalalarini hal qilishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari majmui; texnikannng hisoblash mashinalari va qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Vaqtni hisoblash, yer maydonlarining sathini aniqlash, savdosotiq hisoblari va boshqa yumushlar bilan bogʻliq masalalar qadimdan maʼlum. Hisoblashlarni mexanizatsiyalashtiruvchi dastlabki iol qurilmalar — abak, xitoy choʻti va oddiy hisoblash masalalarini yechish qoidalari miloddan avvalgi vujudga kelgan.
Tabiatdagi informatika iologic tizimlarda sodir bo’ladigan axborot jarayonlarini o’rganish, tabiiy tizimlarni tashkil etish va boshqarishda to’plangan bilimlardan foydalanish va ular asosida texnik tizimlarni yaratish bilan tavsiflanadi.
|
| |