|
1-Mavzu: informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yoʼnalishlari
|
bet | 5/15 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,55 Mb. | | #235987 |
Bog'liq 1mavzu 1semBuyumlar interneti (inglizcha: internet of things, IoT) – bu bir-biri bilan yoki tashqi muhit bilan oʻzaro taʼsir qilish uchun oʻrnatilgan vositalar va texnologiyalar bilan jihozlangan jismoniy obyektlar (“narsalar”) oʻrtasida maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi tushunchasi. Taxminlarga koʻra, bunday tarmoqlarni tashkil etish iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni qayta qurish, baʼzi harakatlar va operatsiyalarda inson ishtirokiga boʻlgan ehtiyojni yoʻq qilishga qodir.
«Buyumlar interneti» konsepsiyasi hamda, termining o‘zi dastlab 1999-yilda Massachusets texnologik instituti xodimi Kevin Eshton tomonidan o‘rtaga tashlangan edi. Unga ko‘ra, biz kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy ro‘zg‘or buyumlari, masalan, choynak, eshik qulfi, muzlatgich singarilardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan texnik vositalar, masalan, ko‘cha chiroqlari, eskalatorlar, avtomobil to‘xtash joylari (parkovka) va shahar xavfsizlik xizmatlarigacha, yoki tibbiyotda qo‘llaniladigan yuqori texnologik qurilmalar - masalan, kardiostimulyatorlardan boshlab, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishgacha bo‘lgan barcha-barcha jabhalarni internet bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan. Bunda, mazkur sohalarning internet qamrovi odam ishtirokini istisno qilishi, ya'ni, buyumlar odam ishtirokisiz ham internet orqali o‘zaro «muloqot» qilishi nazarda tutiladi. «Buyumlar interneti» deyilishning sababi ham shunda. (5-rasm)
5-rasm. Bulutli hisoblash bilan buyumlar internetining ishlash prinsipi.
Davr
|
Asosiy tendentsiyalar
|
Natija
|
1-sanoat inqilobi.
XVIII-XIX asrlar boshi.
|
- bug' quvvati
- mexanik qurilmalar ixtirosi (motorlar, dastgohlar va boshqalar).
- metall qazib olishni rivojlantirish
|
- qishloq xo'jaligi iqtisodiyotidan sanoat ishlab chiqarishiga o'tish
- transport tarmog'ini rivojlantirish
|
|
|
| |