Informatikaning fan sifatida shallanish tarixi




Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana17.08.2022
Hajmi0.59 Mb.
#25237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu
2016 aniq tex,iqt,ijtim(onatili), Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari, QURILISH MATERIALLARNING ASOSIY XOSSALARI, 4a647e70537b814c832b945c7a7e9036, 9610 композиция (2), 5-mavzu
 
Informatikaning fan sifatida shallanish tarixi. 
„Informatika― 
atamasi
1960
-yillarda 
Fransiyada
 yuzaga 
kelgan 
boʻlib, information va automatique degan 
farang
 soʻzlarining birlashmasidan kelib 
chiqqan. Bu atama maʼlumotni avtomatik ravishda qayta ishlashni oʻrganuvchi 
sohani nomlash uchun oʻylab topilgan. 
Ilmiy informatsiyani olish va undan foydalanish sohalari hamda vazifasiga 
ko'ra, u turli xillarga boʻlinadi. Masalan, sohalar boʻyicha — biologik, siyosiy, 
iqtisodiy, texnikaviy, kimyoviy, tibbiy va boshqa, vazifasiga koʻra — ommaviy, 
maxsus informatsiya va h. k. Ilmiy informatsiyaning toʻgʻriligi, yangiligi va 
foydaliligi mezonlarini ishlab chiqish Informatika vazifasiga kirmaydi. Informatika 
kibernetika, kutubxonashunoslik, lingvistika, matematik mantiq va boshqa fanlar 
bilan uzviy bogʻliq. U ilmiy maʼlumotlarni yigʻish, ishlab chiqish (oʻrganish), 


saqlash, izlash va tarqatish jarayonlari majmuini oʻz ichiga oladi. Informatika 
termini 20-asrning 60-yillarida ishlatila boshlangan. Bu davrda koʻpchilik 
tadqiqotlar axborotlarni qidirish muammolari bilan uzviy bogʻliq boʻlgan. Ayni 
shu davrda axborotlarni qidirish tizimi va usullari yaratildi. Informatika yuzaga 
kelishi va rivojlanishida hisoblash texnikasi va boshqa texnik vositalarning oʻrni 
beqiyos, chunki axborotlar bevosita hisoblash texnikasi yordamida qayta ishlanadi. 
Keng maʼnoda maʼlumotlarni izlab topish, qayta ishlash va ilmiy izlanish 
natijasi sifatida qayd qilib qoldirish ishlari bilan olim va mutafakkirlar qadimdan 
shugʻullanishgan. Masalan, Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari, 
Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari shunday asarlar jumlasiga 
kiradi. Informatika ilmiy fan sifatida rasman shakllanishi 1895 yildan — 
Bryusselda xalqaro bibliografiya in-ti (1938 yildan — Xalqaro hujjatnomalar fede-
ratsiyasi) tashkil qilingan sanadan boshlandi. 20-asr 60-yillari oxiriga qadar 
"Informatika" termini oʻrniga "hujjatnomalar" yoki "hujjatnoma va informatsiya" 
termini ishlatilgan. Fantexnika inqilobi, EHM, informatsiya texnikasi vo-sitalari 
(mikrofoto suratga olish, nusxa koʻchirish texnikasi va h. k.) va boshqaning paydo 
boʻlishi Informatika fan sifatida taraqqiy etishiga imkon tugdirdi. Ayniqsa, 
kompyuterlar tarmogʻi va u bilan bogʻliq ravishda internet ti-zimining rivojlanishi 
umuman Informatika , xususan, Informatika kommunikatsiya tizimining yanada 
taraqqiy etishiga sabab boʻldi. Izlab topilgan, toʻplangan, qayta ishlangan "tayyor" 
informatsiya — maʼlumotlarni keng tarqatishda tah-ririyatnashriyot va matbaa 
jarayonlari, ilmiy nashrlarni tarqatish (xususan, kitob savdosi, kutubxona-
bibliografiya faoliyati;) ilmiy adabiyo-tlar almashinish; arxiv ishi va, albatta, ilmiy-
informatsion faoliyat, radiotelevideniye, internet tizimi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Informatika asosiy yoʻnalishlari: hisoblash texnikasining nazariy asoslari, 
informatsiya nazariyasi, hisoblash eksperimenta, programmalash, sunʼiy intellekt, 
informatsiya texnologiyasi va boshqa Inglizcha gaplashiladigan davlatlarda 
Informatika termini oʻrniga "computer sciense" ("hisoblash fani") termini 
ishlatiladi. 
Oʻzbekistonda ham Informatika masalalariga katta eʼtibor berildi. Masalan, 
1993 yilda informatsiyalashtirish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi, 1994 yil 
Oʻzbekiston xukumati Respublikani informa-tizatsiyalashtirish konsepsiyasini 
qabul qildi, shu yili EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazasini huquqiy himoya 
qilishga doir qonun ishlab chiqildi. Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
"Kompyuterlashtirish 
va 
informatsiyakommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi farmoni (2002 
yil 30.05) chiqdi va Vazirlar Mahkamasining "Kompyuterlashtirish va 
informatsiyakommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish 
toʻgʻrisida"gi qarori (2002 yil 06.06) qabul qilindi.
«Informatika» fanining predmeti bir biri bilan uzviy bog‘liq uchta 
tushuncha: algoritmlash, dasturlash va EHMdan tashkil topgan bo‘lib, 


talabalarning algoritmik fikrlash madaniyatini o‘stirish, kompyuter savodxonligini 
oshirish va EHMni o‘qish jarayonida, ilmiy texnik ishlash ishlarida, ilmiy 
izlanishlarda va kelajakdagi muhandislik faoliyatlarida qo‘llash bilimlarini berishni 
nazarda tutadi. 
«Informatika» fanining vazifasi talabalarga EHMda qayta ishlov uchun zarur 
bo‘lgan axborotlarni tasvirlash yechilayotgan masalani birmuncha sodda 
bo‘laklarga bo‘lib, matematik modellash asoslarini o‘zlashtirish, asosiy algoritmlar 
turlarini, algoritmik tillardan birini mukammal bilish, dastur tuzish va uni EHMga 
kiritib natija olish va shaxsiy kompyuterlarda ishlashni o‘rgatishdan iboratdir. 
Hozir insoniyat tashabbusidagi har bir ishda EHMni qo‘llanilayotgani 
yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. EHM ning dunyoga kelishiga avvalam bor injenerlar 
va fiziklar juda muhtoj bo‘lganlar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Juda tez rivojlanib 
borayotgan fan va texnikaning oldida turgan masalalarni juda katta hisoblashlarga 
olib keladi va bo‘larni faqat EHM yordamida hisoblash mumkinligini olimlar 
tushunib yetdilar. Endi EHM larning eng oddiy to‘plamlaridan tanlashni 
boshlaymiz. Boshlang‘ich informatsiyalar mashinaga uzluksiz chizislar, ya'ni 
tenglamalar yordamida berilishi mumkin bo‘lsa va bunda mashinalarning o‘zi 
hisoblashlarni davom ettirib chizmani ekranga chisarsa, bunday mashinalar 
avtomatik hisoblash mashinalari (AHM) deyiladi. Bo‘larning boshqacha turi 
raqamli hisoblash mashinalari (RHM) deyiladi. 
Ular uzluksiz bo‘lmay diskret bo‘ladilar. Bunday turdagi mashinalar barcha 
axborotlar raqamli kodlar ko‘rinishida bo‘ladi. IBM PC tipidagi shaxsiy 
kompyuterlar (SHK) asosan qo‘yidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi: 
 Kiritish qurilmasi (Klaviatura, ―Sichqoncha‖);
 Chiqarish qurilmasi (Printer, Monitor);
 Tizimli (Sistemali) blok (Xotira, protsessor, adapterlar). 

Download 0.59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatikaning fan sifatida shallanish tarixi

Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish