Reja: Axborotlashgan jamiyatda inson




Download 279.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.08.2022
Hajmi279.59 Kb.
#25239
  1   2
Bog'liq
5-mavzu
2016 aniq tex,iqt,ijtim(onatili), Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari, QURILISH MATERIALLARNING ASOSIY XOSSALARI, 4a647e70537b814c832b945c7a7e9036, 9610 композиция (2), 1-mavzu


5-maruza: Axborotlashgan jamiyatda inson. Axboriy madaniyat va uni 
shakllantirish. 
Reja: 
1. Axborotlashgan jamiyatda inson.
2. Axboriy madaniyat tushunchasi va uning mazmuni. 
3. Axboriy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish shart sharoitlari. 
Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. XX 
asrning oxiri - XXI asrning boshlarida dunyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy hayotda, shuningdek, tabiatda yuz berayotgan global o‘zgarishlar
bugungi jamiyatni "Axborotlashgan jamiyat" deb atashga asos bo‘lmokda.
Xo‘sh axborotlashgan jamiyat nima? Bu savolga o‘zbek tilida nashr etilgan
adabiyotlarda: "Axborotlashgan jamiyat - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng
avvalo, axborotni ishlab chikarish, unga "ishlov berish", saklash va jamiyat 
a’zolariga yetkazish bilan bog‘liq bo‘ladigan jamiyat".
Keyingi davrlarda axborotning tobora oshib borayotgani hamda ishlab 
chiqarishda AKT’ning keng qo‘llanilishi, rivojlanish asosini — bilim, ilm-fan, 
inson kapitali kabi nomoddiy intellektual resurslar tashkil etuvchi yangi turdagi 
jamiyat 
— «axborotlashgan jamiyat»ning shakllanishiga olib keladi. 
«Axborotlashgan jamiyat» tushunchasi XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga 
kelgan bo‘lib, ilk marotaba 1966-yilda Yaponiyada ilmiy-texnik va iqtisodiy 
yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini yuritgan bir guruh olimlarning ilmiy 
ma’ruzalarida qo‘llanilgan. Ma’ruzada axborotlashgan jamiyat o‘zida yuqori sifatli 
axborotni mujassam etuvchi, uni saqlash, tarqatish va foydalanish uchun zarur 
shart-sharoitlar yaratgan jamiyat sifatida aks etgan. 
Axborotlashgan jamiyat mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi uchta asosiy ilmiy-
nazariy yondashuv mavjud bo‘lib, ularning birinchisini, amerikalik olimlar F. 
Maxlup [1], M. Porat, D. Bell [2]larning ilmiy yondashuvlari aks ettiradi. Ularning 
fikricha, axborotlashgan jamiyat mavjudligini asoslovchi mezon — bu 
axborotlashgan (nomoddiy) sektorning YAIM’dagi ulushidir. Ikkinchi ilmiy 
yondashuv «axborotlashgan portlash» nazariyasiga asoslanadi. Bu nazariyaga 
muvofiq, jamiyat qabul qila oladigan axborotning miqdoran oshishi iqtisodiyot 
taraqqiyotining sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va bu o‘z-o‘zidan 
axborotlashgan jamiyatni shakllantiradi. Bunday konsepsiya yapon olimlari T. 
Umesao [3], YU. Xayoshi [4] va YU. Ito[5]larning ilmiy-tadqiqot ishlarida 
yoritilgan. Uchinchi yondashuvga ko‘ra axborotlashgan jamiyatning asosiy 
xususiyatlaridan biri — bu AKT’ning barcha sohalarda keng tarqalishidir. Bunday 
nazariya yevropalik iqtisodchilar E. S. Daff, S. Nor va A. Minkalarga tegishlidir 
[6]. 
Yaponiya axborotlashgan jamiyat instituti asoschisi va prezidenti Yonedzi 
Ma’suda axborotlashgan jamiyatni quyidagicha ta’riflaydi: «Kompyuter 


texnologiyalari va kommunikatsiya vositalarining yaratilishi natijasida kirib kelgan 
axborotlashgan davr sanoatlashgan jamiyatga shunchaki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
ta’sir qilibgina qolmay, katta o‘zgarishlar natijasida tamomila yangi ko‘rinishdagi 
inson jamiyatini yaratadi. Ana shu jamiyat axborotlashgan jamiyatdir» [7]. 
D. Bell, O. Tofflerlar konsepsiyasiga muvofiq, axborotlashgan jamiyat — bu 
postindustrial jamiyatning bir ko‘rinishidir. Jamiyat taraqqiyotining barcha 
bosqichlarini hisobga olib, ushbu konsepsiya tarafdorlari axborotlashgan jamiyatni, 
iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarida asosiy fenomen sektorlar hisoblangan: qishloq 
xo‘jaligi, sanoat va xizmat tarmoqlaridan keyingi bosqichda shakllangan 
axborotlashgan tarmoqning vujudga kelishi bilan bog‘laydilar. Ularning fikricha, 
sanoatlashgan jamiyatning asosi — kapital va mehnat hisoblansa, axborotlashgan 
jamiyat negizida axborot va bilimlar yotadi. 
Professor U. Martin axborotlashgan jamiyatni G‘arb mamlakatlarida yuzaga 
kelgan rivojlangan postindustrial jamiyat sifatida izohlaydi. Uning fikricha, 
axborotlashgan jamiyat shunday jamiyatki, aholi turmush darajasi, mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari ushbu jamiyatda axborotning muhimlilik 
va undan keng foydalanish darajasiga bog‘liq. Bunday jamiyatda mehnat va dam 
olish shakllari, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa muhim tarmoqlar axborot va ilm 
sohasidagi erishilgan yutuqlarga bog‘liq bo‘ladi [8]. 
Hozirgi zamon olimlarining yondashuvlariga asoslanib, axborotlashgan 
jamiyatga ta’rif beradigan bo‘lsak, ushbu jamiyat — individlar o‘rtasida ijtimoiy-
iqtisodiy faoliyatda axborot almashinuvi natijasida yuzaga kelgan munosabatlar 
tizimidir. Bunday konsepsiyaga ko‘ra, axborot miqdorining oshishi — 
axborotlashgan jamiyat shakllanishi uchun zarur sharoit yaratadi, AKT’ning keng 
qo‘llanilishi — obyektiv zaruriyat, iqtisodiyotda nomoddiy ishlab chiqarish 
tarmog‘i ulushining oshishi — iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarish natijasi 
hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyatda axborot va uning «oliy» shakli — ilmiy 
bilim davlat va korxona uchun raqobatbardoshlik ustunliklarini yaratuvchi 
strategik resurs hisoblanadi. Bular quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
Bozor munosabatlarining an’anaviy shakli o‘zgaradi. Ijodiy mehnatning 
keng tarqalishi, mahsulot narxining unga sarflangan mehnat qiymati bilan emas, 
balki ushbu mahsulotning samaradorlik qiymati bilan o‘lchanishiga olib keladi. 
Bilim sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishining 
oshishi. Buning asosiy sababi mahsulot ishlab chiqarishda ilmiy-tadqiqot va 
konstruktorlik loyiha natijalaridan keng foydalanishlikdir. 
Intellektual tovar va xizmatlar bozorining rivojlanishi. Mutaxassislarning 
baholashiga ko‘ra, hozirda intellektual tovar va xizmatlarning jahon bozori 
an’anaviy bozorlarga nisbatan 5 barobar tez o‘sib kelmoqda. 
Axborotni ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish va foydalanish bilan bog‘liq 
faoliyat muhimliligining oshishi. Ushbu faoliyatda muhim o‘rinni ta’lim egallaydi. 
XX asrning 60-yillaridan boshlab ta’limga ajratilgan mablag‘lar miqdori 


iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ajratilgan mablag‘larga nisbatan oshib 
bormoqda. Ko‘pgina mamlakatlarda ta’lim davlat tomonidan moliyalashtiriladi, 
davlat ushbu tarmoqqa mudofaa, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya bilan bir 
qatorda investitsiya qiladi. 
Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon «yangi iqtisodiyoti» turli atamalar bilan 
nomlanadi. Masalan, «postindustrial iqtisodiyot» (D. Bell), «axborotlashgan 
iqtisodiyot» (O. Toffler), «megaiqtisodiyot» (V. Kuvaldin), «axborot va aloqaga 
asoslangan iqtisodiyot» (I. Niiniluto), «texnoiqtisodiyot» (B. Geyts), «bilimlarga 
asoslangan iqtisodiyot» (D. Tapskott). Ushbu tushunchalarni bog‘lab turadigan 
omil — bu iqtisodiy jarayonlarning globallashuv jarayonida axborot 
texnologiyalarining birlamchi o‘rinni egallashidir. Ushbu tushunchalar orasida 
«postindustrial iqtisodiyot» kategoriyasi eng keng qo‘llaniladi. Ammo ushbu 
kategoriya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ketma-ketlikdagi mantiqiy bosqichi 
hisoblanib, iqtisodiyotdagi tub o‘zgarishlar mohiyatini yoritmaydi. Bunday fikrni 
rus olimi, professor A. Yu. Nisnevich o‘zining ilmiy ishlarida bayon etgan. 
Shunday ekan, axborot va bilim ishlab chiqarishning asosiy resurslariga 
aylanganligi tufayli, zamonaviy iqtisodiyotni bilimlar iqtisodiyoti deb ham talqin 
qilish mumkin. Ilmiy ishlanmalar iqtisodiyotni asosiy harakatlantiruvchi kuchiga 
aylanadi, ishchining bilimi, malakasi, kasbi, kreativ ongi muhim ahamiyatli 
sifatlarga aylanadi [1]. Ammo yana bir narsani alohida aytish joizki, 
axborotlashgan iqtisodiyotda abstrakt kategoriya hisoblangan bilim emas, balki 
nomoddiy aktiv, litsenziya, patent, texnologiya, nou-xau ko‘rinishidagi axborot 
asosiy strategik resurs hisoblanadi [9]. Shunday bo‘lsa ham, axborot va bilim doim 
dialektik birlik hisoblanib, chambarchas bog‘langan tushunchalardir. 
O‘zbek olimlaridan professor A. M. Qodirov axborotlashgan jamiyat 
yaralishi zaminida quyidagi jarayonlar yotadi deb hisoblaydi [10]: 
texnika va texnologiyalarning tez almashinuvi; 
AKT’ning keng qo‘llanilishi natijasida mehnat unumdorligining oshishi; 
mintaqaviy mehnat taqsimotida tarkibiy o‘zgarishlarning amalga oshirilishi; 
nazariy bilim va ta’lim rolining oshishi; 
transport va telekommunikatsiya infratuzilmalarining takomillashishi; 
Internet bilan bog‘liq biznesni tashkillashtirish yangi shakllarining paydo bo‘lishi 
(virtual firmalar, internet-kommersiya, internet banking va boshqalar); 
autsorsingning keng tarqalishi. 
X. V. Muksimova ilmiy-texnik yoki boshqa barcha turdagi axborotning 
ishlab chiqilishi va undan foydalanishni axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining 
asosiy omili deb hisoblaydi. Sh. G. Akramova shakllanayotgan «yangi jamiyat»da 
ishlab chiqarish munosabatlarini birinchi navbatda, axborot texnologiyalari va 
kompyuterlashgan tizimlar, innovatsion texnologiyalar, innovatsion tizimlar va 
inson faoliyatining turli sohalarini tashkil etishning innovatsion shakli kabilar 
amalga oshirishini o‘zining ilmiy-tadqiqot ishlarida ta’kidlab o‘tgan [11]. 


Yuqorida keltirilgan ilmiy-nazariy yondashuvlarni tahlil etib, axborotlashgan 
jamiyat shakllanishining asosiy mezonlarini quyidagicha izohlash mumkin: 
1. AKT, axborotlashgan mahsulot va xizmatlarning YaIM’dagi ulushining ortishi. 
2. Barcha tarmoq va sohalarda AKT’ning keng qo‘llanilishi. 
3. Jamiyat hayotida axborot, bilim va AKT ahamiyatining oshishi. 
4. Telefon, radio, TV, Internet, an’anaviy va elektron OAV’dan keng foydalanish 
orqali jamiyatning «axborotlashishi». 
5. Insonlarning axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan talabini qondirish 
maqsadida ularning jahon axborot-resurslariga kirishishini ta’minlovchi global 
axborot makonining yaratilishi. 
6. Axborotlashgan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishda bandlar sonining 
ortishi va boshqalar. 

Download 279.59 Kb.
  1   2




Download 279.59 Kb.
Pdf ko'rish