Referat mavzu: «Kutubxonashunoslik davrlari. Alexandriya kutubxonasi misolida»




Download 387.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi387.82 Kb.
#55117
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
kutubxonashunoslik davrlari.alexandriya kutubxonasi misolida
Issiqlik texnalogiyasi 81a-20 Alixonov.A, V7tm9d83fzQqGC9TYBiemwlEzTRT33AODj1CnQJ8


O’ZBEKISTON ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA 
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO’MITASI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
 
 
REFERAT
MAVZU: «Kutubxonashunoslik davrlari.Alexandriya kutubxonasi 
misolida» 
Guruh: 291-11 
Bajardi: Mustafayeva Sh. 
Qabul qildi: Mahmudov.M.X. 
TOSHKENT 2014
 
 


ALEXANDRIYA KUTUBXONASI 
Misrning Aleksandriya kutubxonasi butun
dunyoga mashhur. Kutubxona antik olamning
eng keng hajmdagi bilimlar jamlanmasi hamda
asosiy ilmiy markazlardan biri bo„lib, unda
jamlangan besh yuz mingga yaqin bebaho
qo„lyozmalar orasida Esxil, Sofokl, Yevripid va boshqa antik dunyo olimu 
donishmandlarining asarlari bor edi. 
Aleksandriya kutubxonasi tamal toshi fir'avnlar sulolasi tugagandan so„ng grek 
sulolasining Misrdagi birinchi podshosi Ptolemey tomonidan qo„yilgan. Kutubxona 
dastlabki strukturasini Afina kutubxonalari qurilmalari bilan juda yaxshi tanish 
bo„lgan afinalik davlat namoyandasi Demetri Falernskiy ishlab chiqqan. Kutubxona 
qurilishi eramizdan avvalgi uchinchi asr boshida yakunlangan. 
Aleksandriya kutubxonasini to„ldirish muammosi o„ziga xos tarzda hal etilgan. 
Misr amaldorlari barcha tobe mamlakatlardan grek qo„lyozmalarini kutubxonaga 
jamlay boshladilar: Aleksandriya portiga turli davlatlardan kirib kelgan kemalarda 
agar adabiy asarlar bo„lsa, ularni kutubxonaga sotishi yoki nusxa ko„chirib olish 
uchun topshirishlari kerak bo„lgan. Ayrim hollarda, agar qo„lyozmalar o„zida hech 
qanday qiziqish uyg„otmasa, ular ortga qaytarib yuborilgan. Afsonalardan biriga 
ko„ra, Ptolemey III Sofokl, Esxil va Evripid tragediyalarining asl nusxalari uchun 
Afina arxiviga katta miqdordagi pulni garov tariqasida to„laydi. Matnlar nusxa 
ko„chirib olinganidan so„ng qaytarilishi va'da qilingan bo„lsa-da, Afina ularni qaytib 
ko„rmagan... “Kitob – bu kuchli ishtiyoq, ularni kolleksiya qilish esa – kasallikdir” – 
degan so„z aynan Aleksandriyada tug„ilganligi bejiz emas. 
Kutubxona saqlovchilari qo„lga kiritilgan barcha kitoblardan nusxa olishgan
yuzlab bilimli qullar har kuni minglab qo„lyozmalarni saralash va qayta yozish bilan 
shug„ullangan. Aksariyat kitob egalari Misrdan o„z nashrlarining asl nusxalarisiz 
chiqib ketishgan, imkon topganlargagina kitoblaridan nusxa berilgan. “Kemalarda 
keltirilgan” asl nusxalar kutubxona omborlariga jo„natilgan va “kema kutubxonasi” 
deb nomlangan. Shu tariqa Aleksandriyada tibbiyot adabiyoti, jumladan
Gippokratning “Yuqumli kasalliklar” asari paydo bo„lgan. 


 Aleksandriya kutubxonasi jamg„armasida turli 
davrlarda ikki yuz minggacha yetti yuzgacha 
qadimgi qo„lyozmalar saqlangan. Kutubxona muzey 
bilan birlashtirilishi natijasida birinchi universitetga 
aylandi. Bu yerda faoliyat olib borgan Evklid 
geometriyaga asos soldi, Aristarx Yerning Quyosh 
atrofida aylanishi taxminini ilgari surdi, Eratosfen 
nihoyatda aniqlik bilan sayyoramiz aylanishini 
hisoblab chiqdi, Geofil esa inson tanasini anatomlashtirdi va aql odamning yuragida 
emas, boshida ekanligi to„xtamiga keldi.
Etti asr mobaynida kutubxonada yuzlab olimlar ish 
olib bordilar – o„rgandilar, o„qidilar, muhokama qildilar 
va o„zlarining shoh asarlarini yaratdilar. Ular hukmdor 
farmoniga ko„ra ishlab chiqarilishi mutloq sir tutilgan 
papiruslarga yozganlar. Pergamdagi yosh kutubxona 
faoliyatini rivojlantirish va Aleksandriyani dunyo 
madaniyat markazi sifatida saqlab qolish uchun 
Ptolemeylar papiruslarni Misrdan eksport qilishni 
taqiqlab qo„ygan. O„sha paytda Pergamda terilardan kitoblar tayyorlash uchun 
asosiy material ishlab chiqaradigan qadimiy texnologiya qayta tiklanadi. 
Ptolemeylar farmoniga ko„ra, Pergam kutubxonasi yuz yildan oshiqroq 
Aleksandriya kutubxonasi bilan raqobatlashadi. Nihoyat, bahs Aleksandriya 
kutubxonasi foydasiga hal bo„ladi: hamma tan olgan faktga ko„ra, Mark Antoniy 
shahar uchun juda katta iltifot ko„rsatadi – Pergam kutubxonasidan 200 ming tomni 
o„g„irlab Kleopatraga sovg„a qiladi. 
Eramizdan avvalgi 283 yilda 30 dan 50 nafargacha olimlar kutubxonaga olib 
kelinadi. Ularga aql bovar qilmaydigan (hukmdor saroyida yuqori hurmat-ehtirom 
ostida yashash, qirollik xazinasi hisobidan ovqatlanish, soliq to„lashdan ozod etilish) 
shart-sharoitlar yaratilib beriladi. Ammo donishmand Ptolemeylar ushbu barcha 
ezguliklarni doimiy sergaklik bilan nazorat qilib turishgan. Olimlar o„sha 
paytlardayoq qirol ishtirokida simpoziumlar va davra suhbatlari tashkil etishib, 
ilmiy, adabiy va falsafiy muammolarni muhokama qilishni yo„lga qo„yishgan. Shu 
tariqa matematika, geografiya, astronomiya, tibbiyot – barchasi podshoh marhamati 
ostida Aleksandriya kutubxonasida fan sifatida pishib-etildi. Bebaho va nodir 
kitoblar buyuk kashfiyotlarga yo„l ochdi. Astronomiya hamda unga bog„liq bo„lgan 
matematika va mexanika Arximed tadqiqotlarining tizimli faniga aylanib, Nil 
quyilishini o„rganishiga sabab bo„ldi. Bu yerda u gidrostatika (gidromexanikaning 


suyuqliklar muvozanati haqidagi bo„limi)ga asos soldi va “Arximed richagi”ni kashf 
etdi. Evklid esa matematikada buyuk kashfiyotlar qilib, o„zining “Muqaddima”sini 
yozdi. 
Ptolemey II ham fan va san'atni juda qadrlar edi. U ashaddiy kitob yig„uvchi 
bo„lib, uning davrida Aleksandriya kutubxonasi juda katta hajmdagi Afina 
qo„lyozmalari, jumladan, buyuk Esxil, Sofokl, Yevripid asarlarining asl nusxalari 
bilan to„ldiriladi. Bugungi kun nuqtai nazaridan baholaganda, Aleksandriyaning 
antik kutubxonasi boyligi 128 ming zamonaviy tomga tengdir. Hatto mazkur 
kutubxonada nusxasi bo„lmagan dunyodagi birorta qimmatbaho asar qolmagan deb 
hisoblanadi. Saqlovxonadan nafaqat qo„lyozmalar, balki toshyozmalar, mumlangan 
taxtachalardagi mixxatlar va iyerogliflar ham o„rin olgan. 
O„sha paytlarda Aleksandriya kutubxonasida saqlovchi bo„lib ishlash juda yuksak 
sharaf va unvon bo„lgan. Kutubxonaning birinchi saqlovchisi Zenadot Efesskiy (er. 
av. 234 yilgacha) bo„lgan. Undan so„ng Eratosfen 
Kirenskiy (er. av. 236 yildan 195 yilgacha), Aristofan 
Vizantiyskiy 
(er. 
av. 
185-180 
yillar.), 
Aristarx 
Samofrakiyskiy (er. av. 146 yildan)lar ushbu mas'uliyatli 
vazifada ishlagan. Bosh kutubxonachilar rahbarligi ostida 
xodimlar juda katta ishlarni amalga oshirishgan. Yangi 
asarlar doimiy ravishda katalogga kiritilgan: katalogga asarning sobiq egasi, muallif 
ismi va qisqacha referat joylashtirilgan. Xodimlar qo„lyozmalardan nusxa ko„chirish 
asnosida xatolarini tuzatib borishgan. 
Aleksandriya kutubxonasi qachon va kim tomonidan yo„q qilinganligi haqida 
turli taxminlar bor. Tarixchilarning fikricha, eramizdan avvalgi 48-47-yillarda Yuliy 
Sezar Kleopatra va uning ukasi Ptolemey XIII o„rtasidagi sulolaviy urushga 
aralashish maqsadida Misrga yurish qiladi. Harbiy harakatlar natijasida shaharga o„t 
tushadi va kutubxonada ham katta yong„in chiqib, kitoblarning bir qismi yonib 
ketadi. Rimga jo„natish mo„ljallangan to„rt yuzga yaqin papirusga bitilgan 
qo„lyozmalar saqlanayotgan portdagi omborxona ham yondirib yuboriladi. Binoning 
zarar ko„rgan qismi qayta tiklanadi va Mark Antoniy uning fondini ellin olamining 
yana bir yirik kutubxonasi Pergam kutubxonasi hisobidan to„ldiradi. Boshqa 
ma'lumotga ko„ra esa kutubxona xristianlar va butparastlar o„rtasidagi 
kelishmovchilik sabab kelib chiqqan to„qnashuvlar oqibatida yo„q qilingani aytiladi. 
Ayrim tarixchilar arablar Misrni bosib olgandan so„ng kutubxonaga o„t qo„yganini 
yozishadi, ammo bu dalil keyinchalik o„zini oqlamadi. Sababi, kutubxona 
arablargacha vayron bo„lgan edi. 



Download 387.82 Kb.
  1   2




Download 387.82 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Referat mavzu: «Kutubxonashunoslik davrlari. Alexandriya kutubxonasi misolida»

Download 387.82 Kb.
Pdf ko'rish