1-MAVZU. INTEGRATSIYA KURSI VA VAZIFASI.
Reja:
1.Integrativ ta’limning sinflarga bo’linishi.
2.Chegaradosh fanlar asosida tuzilgan kurslar.
3.Asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar.
4.Umumiy ilmiy tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar asosidagi kurslar.
5.Fan evolyutsiyasi bilan bog’liq muammolarni, tabiatni ilmiy nuqtai nazardan
o’rganish uslublarini, olamning ilmiy ko’rinishini o’rganish asosidagi kurslar.
Integratsiya kursi
- o‘quv fanlaridan biri bo‘lib, fanlararo bilimlarni
(integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun
o‘rganiladi. U har xil turlar, usullar, uslublar, fanlararo integratsiya obektlari asosida
tuzilgan. Integratsiya kurslarining sinflarga bo‘linishini turli asoslarda qilish
mumkin:
-maqsad va muammolar asosida;
-maktab tabiiy-ilmiy tizimidagi vazifalari asosida;
-qo‘shiluvchi fan tarmoqlari asosida;
-integratsiya usullari va yo‘llari asosida;
-o‘quv rejasidagi o‘rni asosida;
-kursni o‘rganishga sarflangan vaqt asosida;
-o‘quvchilar uchun qiyinlik darajasi asosida va h.k.
Shuni e’tiborga olamizki, bu kurslarning mualliflari odatda o‘z oldilariga bir
necha maqsad va muammolarni yechish masalasini qo‘yadilar, shu sababli kurslar
ko‘p maqsadli, turli vazifali bo‘ladi. Ko‘p miqdordagi dasturlar va ularni tadbiq
etishga urinishlarni ko‘rib chiqib, biz bu kurslar qurilishining asosiy yo‘nalishlarini
ajratishimiz va ularni mohiyatiga qarab sinflarga bo‘lishimiz mumkin.
Integrativ ta’limning sinflarga bo‘linishi (klassifikatsiya). Ko‘p fanlar
integratsiyasi. Ularni yana universal yoki bir necha asosiy tizim kurslarini
almashtiruvchi umumiy deb ham atash mumkin. Masalan, o‘qish, tabiat, rasm
darslarini bitta umumiy darsga birlashtirish.
Odatda, bunday kurslarning mualliflari tabiiy fanlar materiallarini birlashtirib,
ularni bir ma’lum tizimga keltirishadi va o‘z kurslarini integrativ yoki kompleks
(umumiy) deb ataydilar. Ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich ta’lim tizimidagi tabiiy
fanlar materiallarini berishda to‘g‘ri ketma-ketlikka faqat darslar tuzilishini saqlab
qolibgina erishish mumkin. Ba’zi e’tiborli olimlar ta’kidlaydilarki, bu an’anaviy
maktablarda ham tabiiy fanlarni ketma-ket o‘rganish yo‘li bilan ham hal qilinmoqda.
Bir qator olimlar boshlang‘ich ta’limga ham darslarga ajratib o‘qitish an’analari
tarqalgan deb hisoblaydilar.
Tabiiy fanlarni o‘qitishning tizim bo‘yicha davom ettirishni bekor qilish va
soddalashtirish uchun ko‘pgina mualliflar gumanitar sinflar uchun umumlashtirilgan
kurslar (darslar) taklif qiladilar. Bularga umumiy tushunchalar beruvchi, bolalarda
tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida
qiziqarli ko‘rinishda hikoya qiluvchi boshlang‘ich tabiiy fanlar kurslari (masalan,
boshlang‘ich sinflardagi «Tabiatshunoslik») kiradi.
Chegaradosh fanlar asosida tuzilgan kurslar. Keng integratsiya jarayoni
oldingi ilmiy yo‘nalishlarni bog‘lovchi yangi tabiiy fanlar va ilmiy yo‘nalishlar hosil
bo‘lishiga olib keldi. Boshlang‘ich sinflarda ekologik ta’limni kuzatib, o‘qish,
tabiatshunoslik, mehnat (tabiiy materiallar bilan ishlash), rasm fanlariga ekologik
mavzular kiritilgani ko‘rinadi [20; 5-b.]. Bir - biriga yaqin chegaradosh fanlarning
qatoriga molekulyar biologiya, biofizika, geofizika, biokimyo, astrofizika,
astrokimyo kiradi. Bu fanlar asosida maktab integrativ tabiiy fanlari tuziladi.
Asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar. Zamonaviy bilimlarning har bir bo‘limini
qamrab oluvchi asosiy fanlar asosida tuziladi. Ular qatoriga pedagogika, pedagogik
texnologiya, pedagogik psixologiya, inson yoshi psixologiyasi, fan rivojlanishi
jarayonini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya, fanning insonning boshqa hayot
jarayonlariga bog‘liqligini o‘rganuvchi: kibernetika-boshqarish, aloqa va
informatsiyani qayta ishlash: informatsiyaning tuzilishi va xususiyatlarini, uning
shaxs shakllanishidagi o‘rnini o‘rganuvchi informatika. Inson hayotining turli
jarayonlarida ilmiy yo‘nalish bo‘lgan sistemalarning aloqalarini o‘rganuvchi
sinergetikaning qo‘llanilanishi. Bu sinfdagi integrativ kurslarning mazmuni shu
fanlar ma’nosi va strukturasi asosida tuziladi.
Umumiy ilmiy tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar asosidagi kurslar. Bu
asosda integrativ kurslar yaratish haqidagi fikrlar yaxshi natijalar berdi. Mualliflar
orasida yuqori darajadagi umumiylikni bildiruvchi tushunchalar: «materiya»,
«harakat», «modda», «maydon», «energiya» va boshqalar ko‘p ishlatildi. Qonunlar
orasida sermahsuli tabiatni saqlash qonuni, odamlarning ish faoliyatrg tufayli
rivojlanishi, tabiatga tuyg‘u bilan qarash bo‘ldi.
Nazariyalar orasida integrativ kurs yaratish uchun asos bo‘lib asosiy tabiiy-ilmiy
nazariyalar xizmat qiladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, bu asosda integrativ kurslar
yaratishga urinishlar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa ham, ular qovishmaganligi va ma’lum
ketma-ketlikka, didaktik maqsadga ega emasligi bilan ajralib turadi.
Fan evolyusiyasi bilan bog‘liq muammolarni, tabiatni ilmiy nuqtai nazardan
o‘rganish uslublarini, olamning ilmiy ko‘rinishini o‘rganish asosidagi kurslar.
Yuqoridagi barcha mavzular integrativ mazmunga ega va tadbiq etishga katta
imkoniyatlari bor, afsuski, bunday kurslar maktab ish faoliyatida qo‘llaniluvchi
materialning va o‘qitish uslubining murakkabligi tufayli hali keng tarqalgani yo‘q.
Kompleks obektlar asosida. Integrativ kurs yaratishga asos bo‘lgan kompleks
obektlarga Yer, biosfera, odam va uning yashash muhiti misol bo‘la oladi. Bu
kurslarning bir hil mavzularida bir obekt turli fan nuqtai nazaridan ko‘riladi. Shu
xildagi integratsiya o‘tgan asrning yigirmanchi yillarda maorif tizimida qo‘llanilgan.
Keyinchalik u bekor qilingan, lekin bizning davrimizda, aytish mumkinki qaytadan
tug‘ildi. Bizning nazarimizda, ma’lum hajmda u tabiiy fanlar ta’limiga yaxshi ta’sir
ko‘rsatadi.
Turli muammolar asosida. Integrativ kurslarni turli lokal (mahalliy) va global
(umumjahon) muammolar asosida tadbiq etishga urinishlar ko‘p uchraydi. Bunda
tabiiy ilmiy bilimlarning muammolar asosida birlashtirilishi qo‘llaniladi [20; 6-b.].
Bu sinfdagi integrativ kurslar (asosan ekologiya bilan bog‘liq kurslar) 7 maktablar
ish faoliyatida keng tarqalgan. Muammolar bo‘yicha tuzilgan integrativ kurslar
rivojlanishiga global ta’limning rivojlanishi ham turtki bo‘ldi. Bu yo‘nalishning
tarafdorlari zamonaviy shaxsning rivojlanishiga bugungi kunda mamlakatlarning va
millatlarning ekonomika, fan, siyosat, ma’naviyatining uzviy bog‘liqligidan kelib
chiquvchi globallik omili kuchli ta’sir ko‘rsatadi degan tasdiqlashni asos qilib
olganlar.
Faoliyat asosida. Tabiiy fanlar asosini o‘rganishda o‘quvchilar kitob bilan
ishlash, kuzatishlar olib borish, tajribalar o‘tkazish, olingan bilimlarni bir tizimga
solish - turli o‘quv-ta’lim ish faoliyati bilan to‘qnashadilar. O‘quvchilarni
faoliyatning bir turi bilan tanishtiruvchi bir butun kurs yaratish maqsadga
muvofiqdek ko‘rinadi. U o‘qitish jarayonining har bir vaqtida foydali bo‘lishi
mumkin va kichik hajmda ham tabiiy fanlarni o‘qitishda, o‘quvchilarning ortiqcha
kuch sarf qilishlari muammosini hal qilishda, mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini
rivojlantirishda yordam beradi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni yaratish va ularni
o‘quv jarayoniga tadbiq qilish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy
fanlarni o‘zlashtirishni tekshirishlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek
o‘quvchilari chet ellik o‘quvchilarga nisbatan ko‘p ma’lumot o‘zlashtirsalar ham,
uni tadbiq qilishda sezilarli darajada orqada qoladilar. Ko‘pchilik bunga sabab
asosiy ko‘nikmalarning moslashtirilmaganida deb biladi. Sabab nimada? Balki
ularning biri ko‘p yillar davomida an’anaviy maktabda integrativ darslarga e’tibor
berilmaganidadir?
Bu yerda bugungi kungacha yaratilgan integrativ kurslarning asosiy sinflari
sanab o‘tildi. Lekin o‘quv fanlarini integratsiyasi jarayonida qator kamchiliklar ham
bo‘lishi mumkin.
-Birinchidan. Aytib o‘tilgan tabiiy integrativ kurslarni tuzish yo‘llari ko‘pincha bir-
birini takrorlaydi va birga qo‘llaniladi, bu bilan yangi asoslar yaratilib, ularni
tartibga keltirish, ilmiy asos yaratish qiyinlashadi.
-Ikkinchidan. Integrativ kurslar fanlararo aloqaning o‘rnini bosa olmaydi. Bizning
fikrimizcha, ular bu aloqaning tashkil etuvchilaridan biri.
-Uchinchidan. Tabiiy ilmiy ta’limning optimal tuzilishi shundayki, integrativ kurslar
o‘quv rejasining o‘zgaruvchan qismiga kirib, uning regional tashkil etuvchisi
hisoblanadi.
-To‘rtinchidan. To‘liq o‘quv metodik qo‘llanmalarning yo‘qligi integrativ
kurslarning o‘quv jarayoniga tadbiq etilishida qiyinchiliklar tug‘diradi. Ularning
avtorlari programma tuzib, umumiy metodik ko‘rsatmalar tuzishgandan so‘ng
to‘xtab qoladilar.
-Beshinchidan. Integrativ kurslar uchun o‘qituvchilarni rejali va maqsadga muvofiq
tayyorlash tizimi hali yetilgani yo‘q.
|