• Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari. Kichik biznes va tadbirkorlikni iqtisodiyotda tutgan orni.
  • 1-mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni Reja: Biznes tushunchasining mazmun-mohiyati




    Download 25.85 Kb.
    bet1/7
    Sana08.04.2024
    Hajmi25.85 Kb.
    #191059
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-MAVZU
    MADINA, Iqtisodiyot, Ziyoda opa, DIDAKTIKA, 1, 13, 1, 6-тема, Reja Raqamli ims larning klassifikatsiyasi, markalanishi va sxe-fayllar.org, Qabil etishning psixologik asoslari, 0000, Mustaqil ta\'lim Fizika 1,2 semestr, Interferometr, Reja Kirish Interferometr

    1-mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni
    Reja:

    1. Biznes tushunchasining mazmun-mohiyati.

    2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari.

    3. Kichik biznes va tadbirkorlik muhiti va unga ta'sir etuvchi omillar.

    4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari.

    5. Kichik biznes va tadbirkorlikni iqtisodiyotda tutgan o'rni.



    Tayanch iboralar: tadbirkorlik, tadbirkorlik subyektlari, biznes konsepsiyalari, tadbirkorlik funksiyalari, iqtisodiy erkinlik.
    Tadbirkorlik tushunchasini XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ilk bor ingliz iqtisodchisi Richard Kаntilon qo'llagan edi. Uning fikricha, tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat yurituvchi kishidir. Shu boisdan u yеr va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan.
    XVIII asrning oxiri va ХIХ asrning boshida mashxur fransuz iqtisodchisi J.B. Sey (1767-1832) «Siyosiy iqtisod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari yеr, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta’riflangan edi.
    J.B. Seyning fikricha
    -tadbirkor kapital egasi. U muayyan tijorat g'oyasini amalga oshirib, daromad olish uchun tavakkalchilik bilan ish boshlaydi, chunki kapitalni biror-bir ishga sarflash doimо tavakkalchilik bilan bog'liqdir. Tadbirkorlikdan olingan daromad, А. Smitning fikricha, shaxsiy tavakkalchilik uchun olingan mukofot. Tadbirkor ishlab chiqarishni o'zi rejalashtiradi, tashkil etadi, ishlab chiqarish faoliyati natijalariga egalik qiladi. Bu ishlar, o'z navbatida, bozor tizimi bilan bog'liq.
    Amerikalik iqtisodchi J.B. klark fikricha, ishlab chiqarishda doim to'rt omil ishtirok etadi:
    -kapital;
    -ishlab chiqarish vositalari va yer;
    -tadbirkorlik faoliyati;
    -ishchining mehnati.
    Amerikalik iqtisodchi olim Y.Shumpeterning fikriga ko'ra, tadbirkorlikning novatorlik хarakteri quyidagilarda aks ettiriladi:
    -bozor uchun yangi tovar ishlab chiqarish;
    -ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etish;
    -yangi sotish bozorlarini o’zlashtirish;
    -homashyoning yangi turlari va manbalarini topish.
    Bozor sharoitida tadbirkorlikni boshqarishda doim bozordagi talab va taklifni e’tiborga olib ish ko’rishi kerak.
    Tadbirkor
    -samaradorlikni ta’minlovchi sa’y-harakatlar qilib, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish yo’llarini qidiradi;
    Tadbirkor
    -O’z bizneslarini erkin shart-sharoitlarda olib borishiga yetarli imkoniyatlar yaratadilar;
    -biznesning pirovard natijalariga javob beradigan shaxslar, ya’ni uning oladigan foyda yoki zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma’lum bo’ladi.
    Tadbirkorning o'zi tadbirkorlik faoliyatining asosiy subyekti hisoblanadi.
    Tadbirkorning asosiy maqsadi o'z iste'molchilariga ega bo’lish yo'lida tovarga ehtiyojni aniqlashdan iborаtdir.
    Iste’molchi ham, davlat ham, yollanma ishchi ham tadbirkorlik faoliyati subyektlari qatoriga kiradilar.
    Tadbirkor faoliyati predmetini tashkil etuvchi barcha narsa iste’molchining ijobiy bahosiga ega bo'lgan holdagina amalga оshirilishi mumkin.
    Tadbirkor o'z iste'molchilarini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarni hisobga olishi kerak.
    - tovarning yangiligi va uning hаridor manfaatiga mos kеlishi;
    - tovar yoki xizmatlarning sifati;
    -tovar yoki xizmatlarning narxi;
    -tovarning universallik darajasi;
    -tovarning tashqi ko’rinishi, uning xaridor talabiga mosligi.
    Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
    bozorning tovar va xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish yo’li bilan iqtisodiy xo'jalik tizimida o'z o'rnini topishi;
    birinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati;
    ikkinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirilishi,
    uchinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to'gri yo'lga qo’yish qobiliyati;
    to’rtinchidan, yangi texnik, texnologik g’oyani birinchi bo’lib hayotga tatbiq etish hamda ushbu g’oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur eta olishi.
    Mamlakatimizda tadbirkorlikni motivlashtirish xususiyatlari quyidagi alomatlarga:
    -o’z salohiyatini amalga oshirishga harakat qilish;
    -eng muhim, ijtimoiy-iqtisodiy samara keltiruvchi g’oyalarni amalga oshirish istagi;
    -harakatlar erkinligi va faoliyat yuritish jarayonida mustaqil bo’lish;
    -o’zining ijtimoiy maqomi va obro’sini oshirishga intilish hamda o’ziga va o’z yaqinlariga munosib turmush sharoitlarini ta’minlash.
    Tadbirkorlik shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o’z nomidan, o’z mulkiy ma’suliyati va yuridik shaxsning yuridik ma’suliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo’jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib boorish bilan shug’ullanishi mumkin.
    Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalari ko’zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan mablag’ bilan bog’liq faoliyatdir.
    Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tadbirkorlikning muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
    -huquqiy me’yorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu masala yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi mumkin;
    -xo’jalik faoliyati olib borayotgan subyektlarning mustaqilligi va erkinligi.
    Tadbirkorlikning asosiy maqsadi maksimal darajada daromad olishni ko’zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham o’z hissasini qo’shishdir.

    Download 25.85 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 25.85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni Reja: Biznes tushunchasining mazmun-mohiyati

    Download 25.85 Kb.