Televizor KVN 4a - 1948 yil ishlab chiqarilgan. (1 - ko`rinish)




Download 152,5 Kb.
bet3/9
Sana14.05.2024
Hajmi152,5 Kb.
#230643
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
кино мавзу

Televizor KVN 4a - 1948 yil ishlab chiqarilgan. (1 - ko`rinish)
1928 yilning 4 avgust kuni teletasvirni uzatuvchi apparat ko’chaga o’rnatildi. «Xiva» kinoteatri oldiga o’rnatilgan telemajmuaning tasvirni qabul qiluvchi qismida o’tib ketayotgan tramvay ko’rindi. Bu dunyoda birinchi bor ko’chada to’g’ridan-to’g’ri olib ko’rsatilayotgan telereportaj – toshkentlik ixtirochilarning katta g’alabasi edi.
Televizor haqida ma’lumot beradigan bo’lsak, u telestudiyalardan uzatiladigan teleeshittirishlarning signallarini qabul qilish,kuchaytirish hamda tasvir va tovushga aylantirish uchun mo’ljallangan radioelektron qurilma. Televizorning rangli va oq-qora, statsiognar va ko’chma xillari bor. Televizion markazdan tarqatilgan electr signallarini to’lqinlarni qabul qiluvchi antenna tutib, kabel orqali televizorga uzatiladi. Bunda tebranishlar kuchayadi, tasvir va tovush signallariga ajraladi, so’ngra kineskop va radiokarnayga o’tadi. Generatorlar vositasida kineskop ekranida television rastr hosil qilinadi. Oq-qora televizorda tasvir tasvir signallari qora va yorug’ elementlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Qabul qilinadigan dasturlar soniga qarab, televizor bir, uch, besh, o’n ikki, o’ttiz bir va hokazo kanallari bo’ladi. Televizorda qabul qilish uchun metrli to’lqinlardiapazonida ishlaydigan televizion kanallardan foydalaniladi. Detsimetrli diapazondagi dasturlarni qabul qilish uchun televizorlarga alohida moslama – konverton qo’yiladi. U detsimetrli signalni qabul qilib, chastotasini birinchi, ikkinchi yoki boshqa television kanal chastotasiga moslab beradi. Televizorlarning tuzilishi standartlashtirilgan. Uning soddalashtirilgan sxemasi kanalning almashlb ulash bloki, tasvir va ovoz kanallari, sinxronlash kanallari, yoyuvchi blok va elektr quvvatlari bilan ta’minlovchi blokdan iborat. Telestudiyalar bir necha dasturni bir vaqtda uzatadi. Ulardan keragini ko’rish uchun televizorda sozlash blokidan foydalaniladi. Bu sozlash bloki yuqori chastotali kuchaytirgich bilan tutashtirilgan bo’ladi. Tasvir va tovush signallari bir-biridan farq qiladigan chastotalarda uzatilganligi uchunbu signallar kuchaytirilganidan so’ng yuqori chastotali tebranishlar ajraladi va boshqa-boshqa mustaqil kanallar bo’yicha ketadi. Tovush signallari tebranishlari tovush blokiga tushadi. Tasvir blokida detector yuqori chastotali tebranishlardan tasvir signallarini ajratib oladi. Rangli televizorlarning tuzilishi ancha murakkab, ular oq-qora televizorlardan ranglar kanali bloki va rangli kineskopi bilan farq qiladi. Rangli televideniye tizimi uch kanalli bo’ladi. Monoxrom tashkil etuvchilar – qizil, ko’k va zangori ranglar rang qorgichchida aralashadi, so’ngra uzatgich modilyatoriga o’tadi. Tebranishlar qabul qilgichda qaytadan uch chastota kanaliga bo’linib, rangli kineskopga o’tadi. Sifat ko’rsatkichlari, ekranning o’lchami va foydalanishga qulayligi bo’yicha televizor to’rt sinfga bo’linadi: I – III sinfdagisi – statsionar televizorlar, IV sinfdagisi – portativ, ya’ni ko’chma televizorlar, odatda, televizorlar bosma montajdan keng foydalanilgan alohida konstruktiv bloklardan tuziladi. Televizorlarda asosan, yarim o’tkazgichli asboblar, integral platalar, tranzistorlar qo’llaniladi. Ekrani tekis va elektrlyuminiforda ishlaydigan, juda katta va mitti ekranli televizorlar yaratilgan.

Download 152,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 152,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Televizor KVN 4a - 1948 yil ishlab chiqarilgan. (1 - ko`rinish)

Download 152,5 Kb.