|
1-mavzu: Kirish. Elektron qurilmalar va sxemalarning o‘rni va ahamiyati
|
bet | 2/3 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,71 Mb. | | #238437 |
Bog'liq 1-mavzu Elektronikaning rivojlanishi elektron asboblar texnologiyasining takomillashuvi bilan chambarchas bog'liq bo‘lib, hozirgi kungacha to‘rt bosqichni bosib o‘tdi. Birinchi bosqich asboblari: rezistorlar, induktivlik g'altaklari, magnitlar, kondensatorlar, elektromexanik asboblar (qayta ulagichlar, rele va shunga o‘xshash) passiv elementlardan iborat edi.
Ikkinchi bosqich Li de Forest tomoniaan 1906-yilda triod lampasining ixtiro qilinishidan boshlandi. Triod elektr signallarni o'zgartiruvchi va eng muhimi, quvvat kuchaytiruvchi birinchi aktiv elektron asbob bo’ldi.
Uchinchi bosqich Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan 1948-yilda elektronikaning asosiy aktiv elementi bo'lgan bipolyar tranzistorning ixtiro etilishi bilan boshlandi.
Birinchi tranzistor (1957 й) ва operasion kuchaytirgich (1967 й)
To’rtinchi bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida elektron qurilma hamda tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataldi.
Elektr tokini hosil qiluvchi va uning oqib o‘tishini ta’minlash uchun berk yo‘l hosil qiladigan qurilmalar yig‘indisi elektr zanjir deb aytaladi. Eng sodda elektr zanjir uchta asosiy elementdan iborat: tok manbai, elektr energiyasini qabul qiluvchi iste’molchidan va tutashtiruvchi simlardan iborat.
O‘zgaruvchan qarshilikli oddiy elektr zanjir
Tok manbai sifatida mexanik energiyani elektr energiyaga aylantiruvchi elektr generatorlar, yoki kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylantiruvchi akkumuliyatorlar ishlatiladi. Elektr energiyani iste'molchilari sifatida elektr energiyani mexanikaviy energiyaga aylantiruvchi elektrodvigatellar, qizitish lampalari, elektr energiyani issiqlik energiyaga aylantiruvchi elektr pechlar va isitish asboblari, elektr energiyani kimyoviy energiyaga aylantiruvchi metall olish vannalari kiradi. Elektr energiyani iste'molchilari sifatida elektr energiyani mexanikaviy energiyaga aylantiruvchi elektrodvigatellar, qizitish lampalari, elektr energiyani issiqlik energiyaga aylantiruvchi elektr pechlar va isitish asboblari, elektr energiyani kimyoviy energiyaga aylantiruvchi metall olish vannalari kiradi.
|
| |