|
Tashish jarayonlarini matematik modellashtirish
|
bet | 3/5 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 86,09 Kb. | | #145737 |
Bog'liq 1-маърузаTashish jarayonlarini matematik modellashtirish» fanining nazariy va amaliy ahamiyati:
1. Tashish jarayonlari rivojlantirishda yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
2. Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan amalda samarali foydalaniladi.
3. Iqtisodiy jarayonlarni amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish imkoniyatining mavjudligi.
4. Iqtisodiy jarayonlar faqatgina chuqur tahlil qilinibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini ham ochish imkoniyati yaratiladi.
5. Murakkab hisoblash ishlarini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishni osonlashtirish bilan birga, aqliy mehnat yengillashtiriladi, boshqaruv va iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etishga va boshqarishga yordam beradi.
«Tashish jarayonlarini matematik modellashtirish» fani o‘z ichiga maxsus fanlar tizimidan iborat bo‘lgan quyidagi tushuncha va qoidalarni oladi:
- Tashish jarayonlarda ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirini, ularning o‘zaro bog‘lanishilarini o‘rganish;
- Tashish rejalarini ilmiy asoslash va ularni bajarilishini ob’ektiv baholash;
- Iqtisodiyotga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarni izlab topish va ularning ta’sirini miqdoriy baholash;
- Ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi tendensiyalarini va nisbatlarni, foydalanilmayotgan ichki imkoniyatlarning zaxiralarini aniqlash va ochib berish;
- Ilg‘or tajribalarni umumlashtirish, optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Kuzatilayotgan ob’ektlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro‘y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun ob’ektlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to‘g‘risida dastlabki tushunchalar hosil bo‘ladi. Bu tushunchalar oddiy so‘zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar model deb aytiladi.
Keng ma’noda model biror ob’ektni yoki ob’ektlar sistemasini namunasidir. Model hamda modellashtirish tushunchasi ko‘p fanlarda qo‘llaniladi. Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlarni matematik modellar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi.
|
| |