• Modellashtirish jarayoni va bosqichlari tavsifi.
  • 1-mаvzu. Kirish. Temir yo‘l trаnsportida tashish jarayonlari tushunchasi




    Download 86,09 Kb.
    bet4/5
    Sana25.01.2024
    Hajmi86,09 Kb.
    #145737
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-маъруза

    Tashish jarayoni modeli – tashish ob’ektlarning soddalashtirilgan nushasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob’ektga aynan mos kelishi muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o‘rganilayotgan ob’ektning hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Shunda jarayonning eng xarakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi.
    Modellashtirishning universal usul sifatida boshqa usullarga qaraganda afzalliklari mavjud.
    Ushbu afzalliklar esa quyidagilardan iborat:
    I. Avvalo, modellashtirish katta va murakkab sistemani oddiy model yordamida ifodalashga imkoniyat beradi.
    II. Model tuzilishi bilan kuzatuvchiga eksperimentlar qilish uchun keng maydon tug‘iladi. Modelning parametrlarini bir necha marta o‘zgartirib, ob’ektni faoliyatini eng optimal holatini aniqlab, undan keyin hayotda qo‘llash mumkin. Real ob’ektlar ustida eksperiment qilish ko‘plab xatolarga va katta xarajatlarga olib kelishi mumkin.
    III. Model, noshakl sistemani, matematik formulalar yordamida shakllantirishga imkoniyat beradi va EHMlar yordamida sistemani boshqarishga yordam beradi.
    IV. Modellashtirish o‘rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil qilish uchun ob’ekt har tomonlama o‘rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan so‘ng, uning yordamida ob’ekt to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olish mumkin. Shunday qilib, ob’ekt to‘g‘risidagi bilish jarayoni to‘xtovsiz jarayonga aylanadi.
    Modellashtirish jarayoni va bosqichlari tavsifi.
    1-bosqich. Tashish jarayoni muammoning qo‘yilishi va uning nazariy sifat jihatdan tahlili.
    2-bosqich. Tuzilgan matematik modelning matematik tahlili.
    3-bosqich. Jarayonning matematik modelni tuzish.
    4-bosqich. Modellashtirilayotgan ob’ekt bo‘yicha iqtisodiy ma’lumotlarni tayyorlash.
    5-bosqich. Masalani yechish algoritmini tuzish, kompyuter dasturlarini tayyorlash va ular asosida masalani hisoblash, yechimini olish.
    6-bosqich. Masalani yechimining miqdoriy tahlili va uning amalda qo‘llanilishi.

    Hozirgi davr kompyuterlaridan foydalanishning rivojlanishi, izlanuvchilar orasidagi raqobatlarning kuchayishi sababli, turli soha mutaxassislariga qo‘yilgan masalalarning eng joiz, qulay yechimini topishni va ularni amaliy masalalarni yechishga tatbiq eta olish talabini qo‘yadi. Bunday talab esa qo‘yilgan masalaning matematik modelini tuzish va uni taxlil etish orqali amalga oshiriladi. Modellashtirish ilmiy tadqiqot ishlarida ilgari vaqtlardan beri foydalana boshlangan. Matematik modellar o‘rganilayotgan ob’ektlarning yoki jarayonlarning asosiy xossalarini matematik munosabatlar orqali ifodasidir. Matematik modellashtirish sохаsiga quyida bir nechta ta’rif kеltirish mumkin.



    Download 86,09 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 86,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mаvzu. Kirish. Temir yo‘l trаnsportida tashish jarayonlari tushunchasi

    Download 86,09 Kb.