M.S. Respublikamizda avtomobilь ishlab chiqarishga nima majbur etgan?
1993 yili prezidentimiz Islom Karimov Janubiy Koreyaga rasmiy tashrib buyurganda xam bu masalaga alohida e’tibor berdi, natijada respublikamizda Koreya davlati bilan hamkorlikda «Asaka-DEU» avtomobil firmasi bunyod etila boshlandi. Respublikamizda Janubiy Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan xamkorlikda kichik va o’rtacha yengil avtomobillar xamda kichik mikroavtobuslarni yig’uv-qurish va ularni ishga tushirish to’g’risidada shartnoma tuzildi.
1996 yilga kelib Andijon viloyatining Asaka shaxrida «O’zDEU avto» avtomobil zavodi to’liq ishga tushirildi. Yiliga 200 mingga yaqin juda oz yonilg’i sarf etadigan ikki turdagi kichik va o’rta, kichik litrajli Tiko va Neksiya rusumli yengil avtomobillar hamda Damas rusumli kichik mikroavtobus ishlab chiqarila boshlandi. Keyingi yillarda bu zavodda Matiz va Lasetti rusumli yengil avtomobillarni ham ishlab chiqarmoqda. SHu bilan birga bu avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlash ustaxonalari tashkil etildi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 1996 yilda Turkiyaga rasmiy tashrifi natijasida Respublikamizning O’zavtosanoat va Turkiyaning Koch holding tashkilotlari bilan birgalikda Samarqand shaxrida SamKochavto rusumli avtomobil ishlab chiqarish zavodini qurish va uni tezlikda ishga tushirish to’g’risidada shartnoma tuzildi. Zavod 1999 yil mart oyida ishga tushirilib, aprel-sentyabr oylari ichida 294 ta kichik tonnali, dizel dvigatelli yuk avtomobillari va 140 ta dizel dvigatelli avtobus ishlab chiqarildi.
Prezidentimiz Islom Karimovning Germaniyaga rasmiy tashrifi natijasida Germaniya davlatining Mersedes-Bens firmasi bilan shartnoma tuzilib, Xorazm viloyatining Urganch shahrida Mersedes-Bens rusumli yengil va yuk avtomobillari hamda avtobuslarni yig’ishga mo’ljallangan yig’uv tsexi korxonalari va texnik xizmat ko’rsatish ustaxonalari barpo etildi.
Yuqoridagilarga o’xshash CHexoslovakiya davlati bilan shartnoma tuzilib, Toshkent viloyatining Angren shaxrida Tatra rusumli o’zi-ag’dargichli katta yuk ko’taradigan avtomobil zavodini qurish ustida ish olib borilmoqda. Bu borada boshlangan va olib borilayotgan xayrli ishlar kelgusida O’zbekistonning ulkan avtomobil ishlab chiqaradigan davlatlar qatoriga kirishi uchun puxta zamin yaratadi.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, avtomobil transporti O’zbekiston iqtisodiyotning tayanchiga aylanmoqda.
3. Avtomobil transportining Respublika ijtimoiy-iqtisodiyoti rivojidagi axamiyati.
«Avtomobil» so’zi grekcha «autos»-o’zi va lotincha «mobilis»- harakatlanuvchi so’zlar yig’indisidan tashkil topgan bo’lib «O’zi- harakatlanuvchi» degan ma’noni bildiradi.
1996 yilga kelib Andijon viloyatining Asaka shaxrida «O’zDEU avto» avtomobil zavodi to’liq ishga tushirildi. Yiliga 200 mingga yaqin juda oz yonilg’i sarf etadigan ikki turdagi kichik va o’rta, kichik litrajli Tiko va Neksiya rusumli yengil avtomobillar hamda Damas rusumli kichik mikroavtobus ishlab chiqarila boshlandi.
Avtomobillar vazifasiga ko’ra yengil, yuk, yo’lovchi maxsus (yong’in o’chiruvchi, sanitariya, avtokran, benzin tashuvchi, suv sepuvchi, qurilish mashinalari va hokazo) ixtisoslashtirilgan (tortqich, un, tsement, beton aralashtirgich, qurilish uchun ferma, uzun trubalarni tashuvchi traktor va ekskovatorlarni tashuvchi) avtomobillarga bo’linadi.
Nazorat savollari:
Avtomobilda rivojlanish bosqichlari nimalardan iborat?
Respublikamizda avtomobilsozlikning istiqbollari tushuntiring?
Avtomobil transportining respublika va xalq xo’jaligidagi ahamiyati nimalardan iborat?
|