Makromedia FreeHand dasturlari foydalanadigan) formatdagi fayllar Bezpe egri chiziqlariga
asoslanadi.
Muharrir dasturlarda Bezpe egri chiziqlari odatda ikkita bolam (chiziq oxirlari), va
bolamlardan chiqqan kesmalarning chegaralarida joylashgan ikkita yoki to‘rtta egri chiziq
ko‘rinishda tasvirlanadi.
Hozirgi kunda asosan rangli tasvir va suratlardan, rang zarur bo‘lmagan hollarda esa oq-qora
tasvirlardan foydalanilmoqda. Oq-qora tasvirni hosil qilish uchun ko‘pincha bitta rangning tuslari
yetarli bo‘ladi. Nur bo‘lib tarqaladigan ranglar haqida gap ketganda, rang tusi bu o‘sha rangning
turli yorqinlik (yarkost) da ko‘rinishidir. Yaoni oq-qora tasvir kulrang rangning qoradan (minimal
yorqinlik) oq ranggacha (maksimal yorqinlik) bo‘lgan tuslaridan hosil bo‘ladi. Agar televizor
ekranida lyuminofor jigarrang rang tarqatsa, tasvirlar jigarrangning tuslaridan hosil bo‘lardi.
Chop etilgan tasvirlarda ranglar nur bo‘lib tarqalmaydi, shuning uchun rang tuslari
optik
zichligi
bilan farqlanadi. Bu zichlik yuqori bo‘lsa, tus to‘q tusga kiradi. Agar tasvir kulrangdan
boshqa rang tuslari bilan chop etilgan bo‘lsa, tasvir «tuslangan» (tonirovannqy) deyiladi.
Kompyuter grafikasida bitta rang tuslaridan hosil bo‘lgan tasvirlar
yarim tonli
(polutonovqy) deyiladi. Ko‘plab dasturlar, shu jumladan Photoshop dasturida ham, har bir rang
qoradan oqqacha bo‘lgan 256 xil tusga ega. Monitor ekranidagi tasvir piksellarining yorqinliklari
haqidagi maolumotlar kanallarida saqlanadi. Yarim tonli tasvir uchun bitta kanal yetarlidir.
Tabiatda ranglar turlicha hosil bo‘ladi. Bir tomondan yorulik manbalari (quyosh, elektr
chiroi, Kompyuter yoki televizor ekrani) turli uzunlikdagi yorulik to‘lqinlari tarqatadi va ko‘zimiz
ularni ranglar sifatida qabul qiladi. Yorulik tushgan buyumlarda yorulik nuri qisman yutiladi va
qisman qaytariladi. Qaytgan nurlarni ko‘zimiz buyumning ranglari deb qabul qiladi. Shuning
uchun, oboektning ranglari nurlanish yoki qaytarish natijasida hosil bo‘ladi. Bu ikki holatda oboekt
ranglarini tavsiflash o‘zaro farqlanadi, yahni turli rang modellari qo‘llaniladi.
2