CMYK modeli.
Yorulik tarqatmaydigan bo‘yalgan oboektlarga oq rangdagi yorulik spektri tushganda,
spektrning bir qismi qaytadi. Oq rang spektrining maolum qismini yutib (olib) qoladigan ranglar
subtraktiv
(ayriluvchi) ranglar deyiladi.
CMY (Cyan - havorang, Magenta - binafsharang, Yellow - sariq) modelining asos
ranglari oq rangdan RGB modeli asos ranglarini «ayirish» yo‘li bilan hosil qilinadi.
CMY modeli poligrafiyada asosiy model hisoblanadi. Lekin amaldagi buyoqlar turli
aralashmalarga ega va ularning ranglari nazariyadagi havorang, binafsharang, sariq ranglarga mos
kelmaydi. Bu uch ranglarning qo‘shilishi qora rangni emas, qandaydir alati jigarrang tusni beradi.
Bundan tashqari haqiqiy qora rangni olish uchun qoozga ko‘p miqdorda uchala rang tushishi kerak
bo‘ladi. Bu esa qoozning namlanishiga olib keladi va ortiqcha xarajat hamdir.
Shu sabablarga ko‘ra, poligrafiya asosiy ranglari qatoriga (modelga ham) qora rang
kiritilgan. Qora rang rangli chop etish jarayonida asosiy, kalit (Keu) rang hisoblanadi, shuning
uchun model nomi CMYK deyiladi. CMYK modeli - to‘rt kanalli modeldir. Bu model nazariy
emas, real ranglarni tavsiflaydi. U to‘rt kanalli bo‘lgani bilan, ranglar soni uch kanalli
modellardagidek bo‘ladi.
Lab modeli.
RGB va CMYK modellari ranglarining qanday ko‘rinishi Kompyuter monitorida
foydalaniladigan lyuminofor sifatiga boliq. Lab modeli Adobe Photoshop dasturida Kompyuter
qo‘rilmalriga boliq bo‘lmagan model sifatida qo‘llaniladi. Uranglarni boshqarish tizimining
yadrosi bo‘lib xizmat qiladi va foydalanuvchiga bilinmagan holda rang modellarining har bir
shakllanishida oraliq model sifatida qo‘llaniladi.
Model nomi undagi asos komponentlar - L, a, b lardan olingan. L – tasvirning yorqinligi
haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi. a va b lar esa tasvir ranglarini ifodalaydi (a va b - xromatik
komponentlar). a komponent yashil rangdan qizilgacha, b esa ko‘kdan sariqqacha o‘zgaradi.
Modelda yorqinlik rangdan butunlay ajratilgan. Shuning uchun tasvirning ton xarakteristikalarini
(kontrast, rezkost, va boshqalar) boshqarish qulay. Lab modeli uch kanallidir.
3
3
Hearn,Baker - Computer Graphics - C Version 2nd Ed
Nazorat savollari.
1.
Kоmpyutеr grafikasi nima?
2.
Kоmpyutеr grafikasining zamоnaviy infоrmatsiоn jamiyatdagi rоli
va o`rni?
3.
Kоmpyutеr grafikasidan fоydalanishning jоyi (misоl kеltiring)?
4.
Kоmpyutеr grafikasi kursining vazifasi qanday?
5.
Raqamli fоtоkamеra va skanеr qanday maqsadda ishlatiladi?
6.
Qanday rang modellari mavjud?
|