|
1-mavzu: Kompyuter tarmog‘i
|
bet | 38/41 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #240041 |
Nazorat savollari
Axborot uzatish muhiti tushunchasining ta’rifi.
Kabel turlarini sanab bering.
O‘ralgan juftlik kabeli qanday tuzilgan?
O‘ralgan juftlik kabeli afzalligi va qo‘llanilishi.
Koaksial kabelning tuzilishini bayon eting.
Koaksial kabellar necha turga bo‘linadi?
Shisha tolali kabellar necha xil bo‘ladi?
Adabiyotlar (asosiy, yordamchi va qo‘shimcha), internet manbalari
1) M.M. Musayev, A. A. Qahhorov, M.M. Karimov «Kompyuter tarmoqlarini yig‘sh» Toshkent – «Ilm ziyo»-2006..
2) I. S. G‘aniyev, A. A. G‘aniyev «EHM va tarmoqlari» T. 2008.
3) Zamonaviy axborot –kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. ma’ruzalar matni 2011
mavzu: Ethernet: o‘ralgan juft, koaksial (qalin va ingichka) kabellar.
Reja:
Ethernet texnologiyasi xususiyatlari, Ethernet fizikaviy muhitda ro‘yxati, koaksial (qalin va ingichka) kabellar
Ethernet qo‘llash, qo‘shimcha jihozlarni qo‘llash: xab, konsentrator, shisha tolali Ethernet
Tayanch iboralar: «Passiv yulduz», «Passiv daraxt», CSMA/CD, Galvanik ajratish adapter, repiter va konsentrator.
Ethernet va Fast Ethernet tarmog‘i
Standart tarmoqlar o‘rtasida eng ko‘p tarqalgan tarmoq bu — Ethernet tarmog‘i. U birinchi bo‘lib 1972-yilda Xerox firmasi tomonidan yaratilib, ishlab chiqarila boshlandi. Tarmoq loyihasi ancha muvaffaqiyatli bo‘lganligi uchun 1980-yili uni katta firmalardan DECva Intel qo‘lladilar (Ethernet tarmog‘ini birgalikda qo‘llagan firmalarni bosh harflari bilan DIX deb yuritila boshlandi). Bu uch firmaning harakati va qo‘llashi natijasida 1985-yili Ethernet xalqaro standarti bo‘lib qoldi, uni katta xalqaro standartlar tashkilotlari standart sifatida qabul qiladi: 802 IEEE qo‘mitasi (Institute of Electrical and Electronic Engineers) va ECMA (European Computer Manufactures Association). Bu standart IEEE 802.03 nomini oldi (inglizcha «eight oh two dot three»).
IEEE 802.03 standartining asosiy ko‘rsatgichlari quyidagilar:
Topologiyasi — «Shina»; uzatish muhiti — koaksial kabel; uzatish tezligi — 10 Mbit/s; maksimal uzunligi — 5 km; abonentlaming maksimal soni — 1024 tagacha; tarmoq qismining uzunligi — 500 m; tarmoqning bir qismidagi maksimal abonentlar soni — 100 tagacha; tarmoqqa ega bo‘lish usuli — CSMA/CD, uzatish modulatsiyasiz (monokanal).
Jiddiy qaralganda IEEE 802.03 va Ethernet orasida oz farq mavjud, lekin ular haqida, odatda, eslanmaydi.
Ethernet hozir dunyoda eng tanilgan tarmoq va shubha yo‘q, albatta, u yaqin kelajakda ham shunday bo‘lib qoladi. Bunday bo‘lishiga asosiy sabab, uning yaratilishidan boshlab hamma ko‘rsatgichlari, tarmoq protokoli hamma uchun ochiq bo‘lganligi, shunday bo‘lganligi uchun dunyodagi juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar Ethernet qurilma va uskunalarini ishlab chiqara boshladi. Ular o‘zaro bir-biriga to‘liq moslangan ravishda ishlab chiqiladi, albatta.
Dastlabki Ethernet tarmoqlarida 50 Om.li ikki turdagi (yo‘g‘on va ingichka) koaksial kabellar ishlatilar edi. Lekin keyingi vaqtlarda (1990-yil boshlaridan) Ethernet tarmog‘ining aloqa kanali uchun o‘ralgan juftlik kabellaridan foydalanilgan versiyalari keng tarqaldi. Shuningdek, shisha tolali kabellar ishlatiladigan standart ham qabul qilindi va standartlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. 1995-yili Ethernet tarmog‘ining tez ishlovchi versiyasiga standart qabul qilindi, u 100 Mbit/s tezlikda ishlaydi (Fast Ethernet deb nom berildi, IEEE 802.03 u standard), aloqa muhitida o‘ralgan juftlik yoki shisha tola ishlatiladi. 1000 Mbit/s tezlikda ishlaydigan versiyasi ham ishlab chiqarila boshlandi (Gigabit Ethernet, IEEE 802.03 z standard).
Standart bo‘yicha «Shina» topologiyasidan tashqari, shuningdek, «Passiv yulduz» va «Passiv daraxt» topologiyali tarmoqlar ham qo‘llaniladi. Bu taqdirda tarmoqning turli qismlarini o‘zaro ulash uchun repiter va passiv konsentratorlardan foydalanish ko‘zda tutiladi (5.1-rasm). Tarmoqning bir qismi (segment) bo‘lib, shuningdek, bitta abonent ham segment bo‘lishi mumkin. Koaksial kabellar «Shina» segmentlariga ishlatiladi, to‘qilgan juftlik va shisha tolali kabellar esa, «Passiv yulduz» nurlari uchun ishlatiladi (bittali abonentlarni konsentratorga ulash uchun). Asosiysi hosil qilingan topologiyada yopiq yo‘llar (petlya) bo‘lmasligi kerak. Natijada, jismoniy «Shina» hosil bo‘ladi, chunki signal ularning har biridan turli tomonlarga tarqalib, yana shu joyga qaytib kelmaydi (halqadagi kabi). Butun tarmoq kabelining maksimal uzunligi nazariy jihatdan 6,5 km.ga yetishi mumkin, lekin amalda esa, 2,5 km.dan oshmaydi.
|
| |