|
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
|
bet | 1/8 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 259,5 Kb. | | #251696 |
Bog'liq Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
O’zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Mavzu: Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Guruh: 044-20
Bajardi: Fozilov D.
Tekshirdi: ________________
Toshkent 2024
Mavzu: Alohida muhofaza qilinadigan hududlar
Reja:
Kirish
Landshaftlar, qo`riqxonalar, milliy bog'lar, buyurtmalarning ahamiyati.
Tabiat yodgorliklari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Tashqi muhitni muhofaza qilishga bo'lgan urinishlar qadim zamonda ham qayd qilingan, lekin u davrda bunday harakatlar diniy qarashlar yoki ibodat elementlari bilan bog'liq bo'lgan, amalda kuchli ta'sir etgan.
Masalan, milod boshlarida qadimgi Misrda mushuk muqaddas, daxlsiz hayvon, qushlardan ibis, o'simliklardan nilufar kabilar muqaddas hisoblangan. Hindistonda miloddan oldingi 242-yilda imperator Ashokning maxsus farmoni bilan karkidonlar, g'ozlar, maynalar va ba'zi bir boshqa hayvon turlari qonun bilan muhofaza ostiga olingan. Hindistonda dastlabki qo`riqxona o'rmonlarda kishilarning xo'jalik ishlari bilan shug'ullanishi man qilinganligi ham taxminan ana shu davrda paydo bo'lgan. Qadimgi Xitoyda miloddan oldin o'rmonlarni muhofaza qilish bo`yicha choralar ko`rilgan.
Keyinroq, feodalizm davrida yirik zamindorlarning yerlarida katta-katta maydonlarda maxsus o'rmonlar qo`riqlangan. Bunday yerlarda Qirol oilalari va saroy kishilarigina ov qilishgan, masalan, XI asrdayoq «Belovejskaya» pusha, «Yetti orol» va boshqa mashhur qo`riqxonalar vujudga kelgan. Bu qo`riqxonalardagi o'rmonlar muhofaza qilingan va o'g'rincha ovchilarga qarshi ayovsiz kurash olib borilgan.
Markaziy Osiyoda laylaklar, bedanalar, musichalar, chug'urchuqlarni aholi qadimdan ehtiyot qilib kelgan. Mahalliy aholining suvni ehtiyot qilishini alohida qayd qilib o'tish kerak. Shuning uchun hatto yirik shaharlarda ariqlardagi suv toza va ichishga yaroqli bo'lgan. Suvga tupirish makruh hisoblangan.
Biroq tabiatni muhofaza qilish tadbirlari yakka-yakka holda olib borilar va ular umuman, tabiiy zaxiralarni saqlashga muhim ta'sir ko`rsata olmas edi.
|
| |