|
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
|
bet | 7/8 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 259,5 Kb. | | #251696 |
Bog'liq Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarBiosfera qo`riqxonasi-sayyoraning turli geografik hududlarida joylashgan, eng xarakterli va maxsus muhofaza qilinadigan etalonli joylar bo`lib, ular YUNESKO ning ―Inson va biosfera‖ xalqaro ilmiy dasturiga kiritilgan. Shulardan 22 tadan ortig'i YUNESKO sertifikatini olgan. Ularga Kavkaz, Repetik qo`riqxonalari kiradi. Biosfera qo`riqxonalarining asosiy vazifalari-tabiiy ekosistemalar va ularning genofondini tabiiy holda saqlashdan iborat bo`lib, tabiatni muhofaza qilishning yangi ilmiy bosqichi hisoblanadi.
Keyingi vaqtlarda ayrim mamlakatlarda rezervatlar (lotincha-saqlangan, saqlash) atamasi ham ko`proq ishlatilib, u buyurtma ―qo`riqxona‖ ma'nosiga yaqin, ya'ni, ma`lum hudud tabiatini muhofaza qilish demakdir. Masalan, Okeaniya hududidagi 30-40% flora va fauna vakillari yo'qolib ketish xavfi ostida, ularni ma'lum yerlarda muhofaza qilish kerak.
Dunyo bo`yicha 1300 dan ortiq tabiiy rezervatlarning umumiy maydoni 400 ming gektardan ortiqdir. Shu joylarda noyob o'simlik, hayvon turlari muhofaza qilinadi. Avstraliyada 136 ta tabiiy rezervatdan 86 tasi «ilmiy rezervat» toifasiga kiritilgan. Afrikaning Ngorongoro (Tanzaniya) rezervatida qora nosorog, begemot, leopard, qoplon, olachipor chiyabo'ri, timsoh va granta go'zal kiyiklari, buyval kabi hayvonlar muhofaza qilinadi.
Xulosa
Dunyoning hamma mamlakatlarida tabiat va uning tabiiy boyliklarining turg'unligi, sifatini saqlash, muhofaza qilish, tabiat boyliklarini kelajak avlodga qoldirish jamiyatning birlamchi vazifasi hisoblanadi. Turli tabiiy majmualardagi noyob o'sirnlik va hayvon turlari, ajoyib tabiiy ko`rinishlar, toshlar, qoyalar, sharsharalar, soylar, g'orlar, ko`llar, daryolar, archazorlar va boshqalar maxsus rnuhofaza qilinadi. Tabiat yodgorliklari davlatlar tomonidan va ―Tabiatni rnuhofaza qilish‖ qonuni asosida amalga oshiriladi. Shunday qonunlarda qo`riqxonalar, buyurtmalar, milliy boglar, rezervatlarning huquqiy tashkil bo'lish tamoyillari, vazifalari, ishga tushishi va ish faoliyatini to'xtatish vaqtlari, ularni boshqarish, nazorat qilish, ichki tabiiy boyliklarni muhofaza qilish kabi qoidalar o'z aksini topgan.
Davlatlarning qonun-qoidalarida landshaftlar, qo`riqxonalar, buyurtmalar, rezervatlarni tashkil qilish, boshqarish yollari, huquqiy boshqarishning xususiyatlari malurn tabiiy hududlarni rnilliy boglar, qo`riqxonalar, buyurtmalar, tabiiy noyob joylar deb elon qilishning qoidalari, ularda uchraydigan noyob va yo'qolib ketayotgan o'sirnlik va hayvon turlari, soylar, ko`llaming rnuhofaza qilinishi ham qayd qilingan.
|
| |