Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti




Download 259,5 Kb.
bet5/8
Sana23.05.2024
Hajmi259,5 Kb.
#251696
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar

Tabiat yodgorliklari.

Ba'zan ilmiy, madaniy va tarixiy jihatdan qimmatli tabiiy obyektlarni muhofaza qilish uchun katta maydonlarni ishg'ol qiladigan qo`riqxonalar va uncha katta bo'lmagan maydonlarni ishg'ol qilgan qimmatli tabiiy obyektIar-»Tabiat yodgorliklari» deb e'lon qilinadi, jiddiy muhofaza ostiga olinadi, umumiy maydoni 3381,5 ga. Tabiat yodgorliklariga sharsharalar, geyzerlar, g'orlar, relyefning ajoyib shakllari, geologik ochilib qolgan joylar, chiroyli toshlar, qoyalar, ayrim daraxt, tarixiy obidalar va boshqa obyektlar kiritiladi. Tabiat yodgorliklarining ko`zga yaqqol tashlanib turishi, lekin xo'jalik ahamiyati bo'lmasligi mumkin.
Ularning ilmiy, tarixiy, madaniy-estetik ahamiyati ko`pincha juda katta bo'ladi. Umumiy xususiyatiga qarab, tabiat yodgorliklari geologik-geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga bo'linadi.
Geologik-geomorfologik yodgorliklarga ochilib qolgan tog' jinslari qatlamlari, g'orlar, karst relyef shakllari, so'ngan vulqonlar, kraterlar, geyzerlar, diqqatga sazovor qirg'oqlar, noyob qoyalar va boshqalarni kiritish mumkin. Masalan, Zomin tog'laridagi afsonaviy ―Qirq qiz‖, odamlarning qadimgi ajdodi qoldig'i topilgan. Teshiktosh g'ori, Kuytosh - Odamtosh, ―Shampan shishasi‖ va boshqalarni kiritish mumkin (Ergashev, 1995).
Botanik yodgorliklarga yo'qolib ketayotgan relikt o'simliklar o'sadigan joylar, dashtlardagi o'rmon massivlari yoki o'rmon orasidagi dasht uchastkalar, alohida saqlanib qolgan keksa daraxtlar va boshqalar kiradi. Respublikamizda bunday obyektlarga Sayrobdagi 700-1000 yoshli chinor, Boysundagi Chorchinor va boshqalami kiritish mumkin.
Paleontologik yodgorliklarga toshga aylanib ketgan va izlari saqlanib qolgan o'simlik, hayvon qoldiqlari, ochilib qolgan joylar misol bola oladi. Landshaft yodgorliklariga tevarak atrofdan ajralib turadigan go'zal manzarali joylar, yirik sharsharalar va boshqalarni kiritish mumkin. Astronomik tabiiy yodgorliklarga yirik meteoritlar tushgan joylar, meteorit kraterlari kiradi.

Download 259,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 259,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

Download 259,5 Kb.