|
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
|
bet | 6/8 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 259,5 Kb. | | #251696 |
Bog'liq Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarBuyurtmalar tabiiy geografIk majmualar komponentlarining ayrim qismlari, ayrim hayvon yoki o'simlik turlarini muhofaza qilish, ko`paytirish uchun malum muddatga belgilangan hudud bo`lib, u yerlardan xo'jalikda muayyan maqsadda foydalanishga ruxsat beriladi. Ularning umumiy maydoni 1716200 ga. O'zbekistonda 11 ta buyurtmaxona bo'lib, ular turli maqsadlarda tashkil qilingan. Ularning ko`pchiligi ovchilik buyurtmaxonalaridir. Bunday buyurtmaxonalarda hayvonlaming ayrim turlari qo`riqlanadi, lekin yog'och tayyorlash, zamburug' va mevalar yig'ishga ruxsat etiladi. Buyurtmaxonalar vaqtincha va doimiy bo'lishi mumkin. Vaqtinchalik buyurtmaxonalar ovchilik xo'jaliklarida ovchilik ahamiyatiga ega bo'lgan hayvon va qushlar sonini tiklash, ko`paytirish maqsadida malum muddatga tashkil qilinadi. Muhofaza qilinayotgan turlarning optimal soni tiklangandan keyin buyurtmaxona yana ov qilinadigan joyga aylantiriladi. Buyurtmalar o'simliklar, hayvonlar yoki go'zal manzaralarni muhofaza qilish uchun tashkil qilinadi. Keyingi vaqtlarda har xil botanik, zoologik, geologik, ixtiologik, ornitologik va boshqa xil buyurtmalar ham tashkil qilinmoqda.
Rezervatlar chet mamlakatlar uchun xos bo'lib, o'zining rejimi va vazifalariga ko`ra buyurtmalarga yaqin turadi. Ba'zi mamlakatlarda qo`riqxonalar kabi qattiq rejimli rezervatlar ham bor. Ulaming maydoni uncha katta emas, faqat ilmiy tadqiqot ishlari o'tkazish uchun moljallangan.
Milliy bog`lar chet ellarda hududlarni muhofaza qilishning asosiy shaklidir. Milliy bog`larda inson faoliyati tomonidan kam o'zgartirilgan fauna va florasi boy bo'lgan xushmanzara landshaft (akvatoriya)lar muhofaza qilinadi. Milliy bog`larda tabiatni muhofaza qilish aholining dam olishini tashkil qilish va ommaviy turizm bilan birga qo'shib olib boriladi. Milliy bog`lar tashkil qilishning muhim tamoyillaridan biri - bog` hududida tabiatga zarar keltirilmaydi va bir vaqtda qancha dam oluvchilar bo`lishi mumkinligini hisobga olishdan iboratdir.
Respublikamizda Zomin xalq bog`i 1976-yili ta'sis etilgan. Maydoni 45590 ga. Turkiston tog' tizmasining shimoliy yonbag'irida, Zomin suvli joyida dengiz sathidan 1000-4030 m balandlikda joylashgan.
|
| |