Landshaftlar, qo`riqxonalar, milliy bog'lar, buyurtmalarning ahamiyati




Download 259,5 Kb.
bet2/8
Sana23.05.2024
Hajmi259,5 Kb.
#251696
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar

Landshaftlar, qo`riqxonalar, milliy bog'lar, buyurtmalarning ahamiyati.

Yerning geografik qobig'idagi tabiiy komponentlarning o'zaro ichki aloqalari, birligiga ko`ra, boshqa joylardagi bioekologik birliklardan farq qiluvchi va tabiiy chegaralarga ega bo'lgan hududiy majmualar landshaftlar deyiladi. Landshaftlarning barcha tabiiy komponentlari (geologik tuzilishi, relyefi, iqlimi, tuprog'i, o'simliklari va hayvonot dunyosi) muayyan muvozanatdagi bir butunlikni hosil qiladi. Inson o'z faoliyati natijasida landshaftlarning bir yoki bir necha komponentiga ta'sir etadi va bu ta'sir landshaftning muvozanati, dinamik strukturasi, funksiyasini o'zgartiradi hamda butun landshaftning o'zgarishiga olib keladi. Landshaftlarning asosiy belgilari:
1) landshaftlar-bir-biri bilan boglangan va bir-birini toldiruvchi tabiiy
elementlar va voqeliklar yig'indisidan iborat bolib, ular tarixiy rivojlanish jarayonini davom ettiruvchi fizik-geografik va ekologo-biologik tabiiy birikmalardan iboratdir;

  1. landshaftlar tabiiy birikmalar bolib, ularda hamma komponentlar (relyef, iqlim, suv, tuproq, havo, o'simlik va hayvonlar) bir-biri bilan boglangan va bir-birlariga bevosita yoki bilvosita ta'sir qilib, umumiy rivojlanish qatori va sistemasini hosil qiladi;

  2. landshaftlar o'zlarining kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishlari bo`yicha, aniq va bir xil tuzilishga ega bolgan katta- kichik hudud bolib, bir xil yer tuzilishi, umumiy iqlim, gidrotermik sharoit, tuproq, biogeotsenozlarga ega. Landshaftlar mintaqal va amintaqal belgilarga bolinmaydi, ular oddiy geomajmualardan tashkil topgan tabiiy territorial majmualardan iboratdir.

Landshaftlar o'zlarining kelib chiqishlari bo`yicha quyidagicha farqlanadi: a) agrokultura-qishloq xo'jalik landshaftlari. Bunday landshaftlarda tabiiy o'simliklar qoplami madaniy ekinlar, bog'zorlar bilan almashtirilgan bo'ladi;
b) antropogen landshaftlar. bular insonning xo'jalik faoliyati natijasida o'zgargan va tabiiy komponentlari qisman o'zgargan, yer yuzidagi ko`pchilik tabiiy birikmalar bolib, quruqlikning 46% ini ishg'ol qiladi.
Antropogen xildagi landshaftlar madaniy va inson faoliyati ta'sirida buzilgan madaniy hamda o'zining tabiiy funksiyasini bajarish qobiliyatini yo'qotgan degradatsiyaga uchragan landshaftlarga bolinadi. Ular o'z-o'zini tiklash qobiliyatiga egadir;

  1. geoximik landshaftlar-bu kimyoviy elementlari va birikmalarining tarkibi, miqdori bir xil bo'lgan yer yuzasidan tashkil topgan bolib, ayrim elementlarning intensiv to'planishi yoki landshaftlardan yuvilib ketishi, shu tabiiy biogeotsenozlardagi suv havzalarida elementlarning migratsiyasi yaxshi kuzatiladi. Jumladan, tundra hududida temir va vodorod ioni, dashtda kalsiy, chol landshaftlarida xlor va oltingugurt elementlarining migratsiyasi kuzatiladi;

  2. muhofaza qilinadigan landshaftlarda xo'jalik faoliyati tola yoki qisman to'xtatilgan;

f) tabiiy landshaftlar-bu tabiiy omillar ta'sirida hosil boladigan va inson faoliyati ta'siridan mutloq saqlangan landshaftlardir;
g) elementar landshaftlar-bir xil elementlardan va jinslardan tashkil topgan relyefda joylashgan, bir xil xarakterga ega bo'lgan tuproq va o'simliklar assotsiatsiyalari hosil qiluvchi landshaftlardir. Bu landshaftlarning uch xil turi bor, ya'ni elyuvial, superakval va subakval. Elyuvial landshaftlar relyefning baland joylarini egallagan bolib, u joydan kimyoviy elementlar yuvilib ketadi. Superakval landshaftlar pastki joylarda yuzaga keladi, kimyoviy elementlar to'planadi. Shu ikki turdagi landshaftlar oralig'ini subakval turi egallagan bo`lib, bu turdagi landshaftlar hududida kimyoviy moddalarning to'planib va yuvilib ketishi kuzatiladi;
h) shahar landshaftlari-qurilishlar, ko`chalar, bog`lardan tashkil topgan;
i) optimal landshaftlar-xo'jalikda foydalanish uchun tola javob beradigan o'tloqzorlar, yaylovlar, tog', tog' oldi hududlar;
j) texnogen landshaftlar-bu yuqorida qayd qilingan antropogen landshaftniog bir turi bo'lib, undan foydalanishda inson kuchli texnika vositalarini ishga soladi. Masalan, qazilma boyliklarni olish;
k) industrial landshaftlar-texnogen landshaftlarning xili bo'lib, shu landshaft muhitiga sanoat majmualarining qurilishi va ta'siridir. Masalan, dashtda «Baykanur» kosmik majmuai, Qizilqumda yer osti boyliklari olishdagi majmualar.
Tabiatni muhofaza qilishda ayrim maydonlardagi tabiiy majmua landshaft o'z holicha maxsus rejim bilan qo`riqlashni talab qiladi. Bunday maxsus rejim bilan qo`riqlanadigan maydonlar xo'jalik o'zlashtirishda bevosita ajratib olinib qo`riqlanadigan tabiiy obyektlar qatoriga kiradi. Tabiatni muhofaza qilish, landshaftlarning bir butunligi, tabiiy komponentlar - o'simlik, hayvon, suv, havo va tabiiy yodgorlik, hamma zaxiralaming o'zaro muvozanatini muhofaza qilishga qaratilgan. Landshaftlarni muhofaza qilishning shakllari juda ko`p. Bular: qo`riqxonalar, buyurtmalar, rezervatlar, milliy boglar, dam olish uchun ajratilgan joylar, landshaftlarni muhofaza qilish hamda madaniy landshaftlar holati, tuzilishini yaxshilashdan iboratdir. Hozir yer yuzida tabiatni muhofaza qiladigan obyektlaming soni 20 mingdan ortiqdir.

Download 259,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 259,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Landshaftlar, qo`riqxonalar, milliy bog'lar, buyurtmalarning ahamiyati

Download 259,5 Kb.