|
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
|
bet | 3/8 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 259,5 Kb. | | #251696 |
Bog'liq Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarQo`riqxonalar-quruqlik va suvlarning o'ziga xos landshaftlarini tabiiy holda saqlash uchun ajratilgan joylar bolib, xo'jalikda undan foydalanilmaydi. O'zbekistonda qo`riqxonalarning umumiy maydoni 2164 km2 ga teng. Qo`riqxonalarning asosiy maqsadi tabiatning noyob, diqqatga sazovor qismlari-landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun uzoq vaqtgacha saqlashdan iboratdir. Bu yerlarga qo`riqxonaga aloqasi bolmagan kishilar, shu jum1adan, turistlar ham kiritilmaydi. Qo`riqxonalar maydoni iloji boricha katta bolishi va ular atrofini xo'jalikda kam o'zlashtirilgan yerlar o'ragan bolishi kerak. Shunda qo`riqxonalarga antropogen (inson) ta'siri ancha kamayadi.
Qo`riqxonalarda tabiiy majmualar qadimgi holda o'zgartirilmasdan saqlanganligi uchun tabiiy namuna bo'ladi. Bu esa tabiatga inson ta'sirini baholashga imkon beradi. Qo`riqxonalarda tabiiy birlik (doimiy) o'rganiladi. Tabiatni bunday o'rganish landshaft komponentlari o'simlik, hayvonlar, ekologik omillar o'rtasida uzviy aloqadorlikni aniqlash hamda tabiiy zaxiralardan ratsional foydalanish yo'llarini ishlab chiqarish uchun zarurdir. Qo`riqxonalarda ro'y beradigan tabiiy jarayonlarni o'rganish landshaftning o'xshash bo'lgan maydonlarining tabiiy zaxiralari va tabiiy sharoitidan to'g'ri foydalanishga yordam beradi. Shu sababli tabiiy majmualarning hamma turlarida qo`riqxonalar bunyod etish lozim.
Maxsus qo`riqxonalarda asosan katta ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan ayrim tabiiy obyektlar muhofaza qilinadi. Masalan, Orol dengizidagi Borsa-kelmas qo`riqxonasida iqlimlashtirilgan qulon, sayg'oq va jayronlarning biologiyasi o'rganiladi. Pitsunda qo`riqxonasida asosan relikt qarag'aylar muhofaza qilinadi. Chelyabinsk viloyatida tashkil etilgan limen qo`riqxonasida noyob minerallar, Buxoro qo`riqxonasida jayron muhofaza qilinadi. Ko`pchilik qo`riqxona hududlarida ko`pgina hayvon va o'simlik turlarining hayoti uchun zarur bo'lgan optimal sharoit mavjud. Shuning uchun qo`riqxonalar o'simlik va hayvon turlari, shu jumladan, yo'qolish xavfi tug'ilgan turlarni saqlash va ko`paytirishda muhim rol o'ynaydi. Masalan, o'simliklardan mamont (sakvoyya) daraxti, livon kedri, tis, shamshod, nilufar; hayvonlardan zubr, bizon, qulon, goral, yo'lbars, qoplon, irbis, suv kalamushi va boshqa turlar faqat qo`riqxonalarda saqlanadi. Qo`riqxonalarning ovchilik hayvonlarini saqlash va ko`paytirishda ham ahamiyati katta.
Qo`riqxonalar, milliy bog`lar tashkil etish quyidagi muammolarni hal qiish bilan bog'liqdir: noyob tabiiy-hududiy majmualarni saqlab qolish; biosferaning genetik zaxiralarini himoya qilish, birinchi navbatda yo'qolayotgan, relikt va endemik o'simliklar va hayvon turlarining genofondi, ularning evolutsiyasi uchun ekologik sharoit yaratib berish. Milliy bog'larga Zomin xalq bog'i, Ugam-Chotqol tabiiy milliy bog'lar kiradi. Biosferaga bo'layotgan ekologik ta'sirning hozirgi bosqichida qo`riqxona hududlarining ilmiy-tabiiy va xalq xo'jalik ahamiyati ancha yuksaldi. Ularning tarmoqlarini tashkil etishda yangi ekologik va biotsenotik talablar paydo bo'ldi. Turli yo`nalishdagi qo`riqxona obyektlari tarmog'ini tashkil etishda ilmiy negiz bir necha tamoyillarda ko`rinadi:
Biogeotsenotik tamoyil. O'simlik va hayvonot dunyosi vakillarining tabiiy landshaftlarda taraqqiy etishi uchun qo`riqxona hududida ekologik sharoitni saqlab turish shart.
Tarixiy tamoyil. Tabiiy qo`riqxona ekosistemalari hududiy va keng biogeografik miqyosda tirik va o'lik tabiatni bunyod etishning tarixiy rivojlanish jarayonida o'ziga xos etalon bo'lib xizmat qilishi kerak.
Mintaqal geografik tamoyil. Qo`riqxona hududlarining tarmog'i kenglik-meridian, tog' tumanlarida esa tabiiy ekosistemalaming bo'linishi balandlik qonuniyatlarini o'zida aks etishi kerak.
Ekologik tamoyil. Turli edafik, iqlim va geologik, morfologik sharoitlarda tabiiy ekosistemalarni ilm uchun muhofaza etish.
Xo'lalik tamoyili. Tabiiy qo`riqxona fondiga o'rmon, qishloq xo'jalik, suv va xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarida amaliy ahamiyatga ega bo'lgan ekosistemalarni kiritish maqsadga muvofiqdir.
|
| |