|
Referat Mavzular: Axborot xavfsizligi sohasidagi milliy va jahon standartlari Bajardi: 072-20 guruh talabasi Rajabov Shamshod
|
bet | 1/3 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 20,91 Kb. | | #253482 | Turi | Referat |
Bog'liq Mustaqil ish Rajabov Shamshod
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
"Kiberxavfsizlik fakulteti”
Kiberxavfsizlik siyosati fanidan
Referat
Mavzular: Axborot xavfsizligi sohasidagi milliy va jahon standartlari
Bajardi: 072-20 guruh talabasi Rajabov Shamshod
Axborot xavfsizligi sohasidagi milliy va jahon standartlari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Standartlar
Axborot xavfsizligi
Milliy standartlar
Jahon standartlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Jahonda informatsion texnologiyalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan yo’nalishlaridan biri bo’lib shaxsni tanib olish biometrik tizimlarni yaratish bilan bog’liq bo’lgan yo’nalish hisoblanadi. Biometrik tizimlar ijtimoiy internet tarmoqlari, elektron to’lovlar, kriminalistika va boshqa bir qator sohalarda keng qo’llanilib kelinmoqda. Shuning uchun hozirgi vaqtda biometrik texnologiyalar asosida shaxsni tanib olish usul va algoritmlarini takomillashtirish, ishlab chiqish hamda joriy qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda biometrik obyektlar (yuz, quloq chanog’i, barmoq izlari, ko’z to’rpardasi va hokazo) tasvirlari bazalarini yaratish, tasvirlarga dastlabki ishlov berish va bu tasvirlardagi obyektlarning xarakterlovchi belgilarini ajratish algoritmlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan «... iqtisodiyot, ijtimoiy soha va boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o’z vaqtida va munosib qarshi harakatlarni tashkil etish» vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish, jumladan, shaxsni tanib olish biometrik texnologiyalaridan foydalanib kompyuter va axborot tizimlari foydalanuvchilarini avtorizatsiya qilish tizimlarini yaratish axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida dunyoning rivojlangan mamlakatlari kabi kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Respublikamiz Prezidentining 2002 yil 30 mayda qabul qilgan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-komunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va OO‘MTVning kelib chiqadigan vazifalarni ijrosi bo‘yicha ko‘rsatmalari axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishga zamin yaratadi. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish holati birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, ya‘ni ta‘lim sohasining rivojlanishiga bog‘liq. Ta‘lim mazmuni va sifat masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta‘limni axborotlashtirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Ta‘limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari qaralmoqda, ta‘limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etishga alohida e‘tibor qaratilgan.
Texnologiyaning rivojlanishi bilan texnik vositalardan foydalanib o‘qitish uchun birgina komp‘yuterning mavjudligi kifoya bo‘lib qoldi. Avvallari televizor, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor va boshqalar bajargan funktsiyalarni komp‘yuter muvaffaqiyat bilan o‘z zimmasiga oldi. Qolaversa, axborotni uzatish, saqlash, tasvirlash sifati sezilarli darajada ortdi.
Hozirgi kunga kelib, komp‘yuter savodxonligi madaniyatning muhim belgisiga aylanib ulgurdi, kelajakda esa u har bir insonga qaerda, qaysi uchastkada ishlamasin zaruratga aylanadi. Demak, komp‘yuter ishi, kompyuterdan foydalanishga o‘rgatish eng yaqin vaqt ichida umumiy ishga aylanishi shubhasiz. Shu munosabat bilan barcha o‘quv muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida o‘quv tizimini yangidan isloh qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chqish va ularni amaliyotga keng jalb qilish, rivojlangan mamlakatlar o‘quv tizimidagi yangiliklar va yutuqlarni o‘rganish va ularni o‘zimizda tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Referat Mavzular: Axborot xavfsizligi sohasidagi milliy va jahon standartlari Bajardi: 072-20 guruh talabasi Rajabov Shamshod
|