Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti




Download 259,5 Kb.
bet4/8
Sana23.05.2024
Hajmi259,5 Kb.
#251696
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar

Ijtimoiy tamoyil. O'zgaruvchan qo`riqxona tartibi yordamida rekreatsion va balneologik tomondan nodir bo'lgan tabiiy hududlarning majmualarini aholining ehtiyojlarini qondirish uchun saqlashni ko`zda tutishi (urbanizatsiya va industralizatsiya, demografik yuksalishni hisobga olgan holda).
Ilmiy-tekshirish tamoyili. Hozir va kelajakda biosferani ilmiy tekshirishda tabiiy baza yaratishni ko`zda tutish.
Didaktik tamoyil. Ekologik ta'lim va tabiatni o'rganish ahamiyatiga ega bo'lgan tabiiy obyektlarda qo`riqxona tartibini o'rnatishdan iborat.
Hamma qo`riqxonalar ilmiy muassasa bo'lib, ularda biologlar, ekologlar, geograflar, o'rmonshunoslar, geologlar va boshqalar qo`riqxona xodimlari bilan talabalar o'quv amaliyotlarini olib boradilar, qo`riqxonalardagi tabiiy jarayon borishi butunlay o'z holiga tashlab qo'yilmaydi. O'simliklar bilan hayvonlar o'rtasidagi muvozanatni saqlashda inson aralashib turishi kerak.
O'zbekistonda birinchi qo`riqxona 1926-yilda Zomin tumanidagi Jizzax o'rmon xo'jaligiga qarashli Ko`lsoy va Guralashsoy havzalarida «Guralash» tog'-archa qo`riqxonasi nomi bilan tashkil qilingan edi. 1960-yilda «Guralash» tog'-archa qo`riqxonasi Zomin tog'-o'rmon davlat qo`riqxonasi nomi bilan qayta tiklandi. Respublikada 1947-yilda ikkinchi qo`riqxona-Chotqol tog'-o'rmon qo`riqxonasi tashkil etildi. O'zbekistonda qo`riqxonalar tashkil qilishga asosan 1970-yillardan boshlab alohida e'tibor berila boshlandi. Shu vaqtga qadar respublikada bor-yo'g'i 3 qo`riqxona - Zomin, Chotqol, Payg'ambar orol bo'lgan.
Hozirda, O'zbekistonda umumiy maydoni 372000-450000 gektarni tashkil qilgan 10 dan ortiq qo`riqxona bor.
Zomin tog'-o'rmon davlat qo'nqxonasi 1926-1959-yilda tashkil etilgan. Maydoni 26840 gektar Jizzax viloyatida joylashgan. Archazorlar, noyob o'simliklar va u yerda yashovchi hayvonlar: tog' echkisi, tog' qo'yi, oq tirnoqli ayiq, qushlar, suvdagi baliqlar inuhofaza qilinadi.
Chotqol tog'-o'rmon davlat qo'riqxonasi O'zbekistondagi eng yirik qo`riqxona bo'lib, 1947-yilda tashkil qilingan, hozirgi maydoni 451,6 km2. O'simlik dunyosida 1100 dan ortiq daraxt va butalar turi bor. Qoyalarda 2 tur archa o'sadi, daryolar bo'ylari qarag'ayzoriar bilan qoplangan, qo`riqxona hayvonlarga boy. Bu yerda Sibir tog' echkisi, to'ng'iz, Turkiston silovsini, oq tirnoqli ayiq, tulki, Menzbir sug'uri, jayra, relikt yumronqoziq, irbis va turli qushlar qo`riqlanadi. Ugam-Chotqol tabiiy milliy bog'i 1990-yil tashkil etilgan, maydoni 5746 km2.
Nurota tog'-yong'oq qo'riqxonasi Navoiy viloyatining Forish tumanida Nurota toglarining shimoliy yonbag'irlarida 1975-yili noyob hayvon turi Seversev qo'ylarining populyatsiyasini saqlash va yong'oq turlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan. Bu yerda 900 ga yaqin o'simlik turlari uchraydi, ularning ayrimlari endemik: Viktoriya, Korolkov, Velikiy lola turlari, Yelena chinniguli, Suvorov piyozi, poyali piyoz, Seversev ungeriyasi, daraxtsimon o'simliklar asosan soylar bo`yida uchraydi. Bu yerda asosiy o'rmon hosil qiluvchi turlarga yong'oq, yovvoyi o'rik, olxo'ri, olma, tut, tol, teraklar, qayrag'och toshloq yonbag'irlarda xandon pista va Buxoro bodomi o'sadi. Maydoni 17752 km2.
Hayvonot olami ham juda boy. Bu yerda karaganka tulkisi, cho'l bo'risi, korsak, tosh suvsar, jayra, tolay quyoni va to'ng'iz keng tarqalgan. Cho'l hayvonlaridan bu qo`riqxonada uzunoyoq kirpi, qizil dumli, katta qumsichqonlar va Seversov tovushkonini uchratish mumkin. Qizil kitobga kiritilgan Seversov qo'yi, berkut va boshqalar bu qo`riqxonada qo`riqlanadi.
Qizilsuv tog'-archa davlat qo'nqxonasi 1975-yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanida tashkil qilingan. Umumiy maydoni 30094 ga, uning 4192 gektari o'rmon bilan qoplangan. 400 dan ortiq o'simlik turlari o'sadi. Hayvonot olami ham boy, turli sutemizuvchi hayvonlarning 23 turi mavjud. Qushlarning 66 turi uchraydi, ulardan 27 turi shu yerda qishlaydi. Oq tirnoqli ayiq, bars, Markaziy Osiyo silovsini, qizil sug'ur, pamir oqtishi. tolay quyoni va Markaziy Osiyo takasi qo`riqlanadi.
Miroki davlat qo'riqxonasi 1976-yilda Qashqadaryo viloyatida tashkil qilingan. Oqsuv va Tanxozdaryo havzalarida joylashgan. Bu yerda g'orlar ko`p, lekin ular hali yaxshi o'rganilmagan. Oqsuv daryosida juda chiroyli sharshara mavjud.
Qo`riqxonada o'sadigan o'simliklarning ko`pi oziq-ovqat, dori-darmon va manzaraliligi bilan katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Maksimovich rovochi, anzur piyozi, kiziliya, tog' rayhon, kiyik o'ti, lolalar, shirach, tog'olcha, qoraqant va boshqalar ko`p uchraydi. Hayvonot olami ham ancha boy. Qorli cho'qqilarda bars yoki uning izlarini uchratish mumkin. Archazorlarda Turkiston silovsini va oq tirnoqli ayiq hayot kechiradi. Qo`riqxonaning janubiy qismida Markaziy Osiyo takasi, bo'ri, tulki, jayra, qizil sug'ur, tolay quyoni keng tarqalgan. Qo`riqxonada turli sayroqi va yirtqich qushlarni uchratish mumkin.
Payg'ambar Orol qo`riqxonasi. 1971-yilda Amudaryodagi payg'ambar orol qo`riqxona deb e'lon qilingan. Umumiy maydoni 4043 gektar, shundan 964 gektari to'qayzor. Qo`riqxona Amudaryo yuqori oqimining to'qayzor namunasi sifatida saqlash maqsadida tashkil qilingan. Bu yerda asosan Buxoro bug'usi-xongul muhofaza etiladi.
Qizilqum to'qay-cho'l qo`riqxonasi. 1971-yilda Amudaryo bo`yida tashkil qilingan. To'qay va cho'l bolimlari 3985 gektarni egallaydi, ulardan 1883 gektari to'qayzor. Cho'l hududiga xos bo'lgan hayvonlar uchraydi. Cho'l mushugi, bo'ri, tulki, yovvoyi cho'chqa, tovushqon ko`p. Bu qo`riqxona jayron va xongulni muhofaza qilish maqsadida tashkil qilingan.
Baday to'qay davlat qo'riqxonasi 1971-yilda Qoraqalpog'iston hududida, Amudaryoning quyi oqimida tashkil qilingan. To'qay o'rmonlari va u yerdagi hayvonlarni saqlash maqsadida ochilgan.
1975-yilda Samarqand viloyatida maydoni 2360-2518 gektar bo'lgan Zarafshon davlat qo `riqxonasi tashkil etildi. Bu qo`riqxonani ornitologik deb atasa ham bo'ladi, chunki bu yerda asosan turli qushlar keng tarqalgan (160 dan ortiq tur). Asosiylaridan biri Zarafshon qirg'ovulidir.
Abdusamad davlat qo 'riqxonasi 1978-yilda tashkil etilgan holib, maydoni 2158 ga, shundan 1459 gektari to'qayzor. Sirdaryoning o'rta oqimida joylashgan. Farg'ona vodiysida saqlanib qolgan kichik-kichik noyob to'qayzorlar va shu yerlarda uchraydigan Sirdaryo qirg'ovuli, suv parrandalari hamda boshqa to'qayzorga xos bo'lgan jonivorlarni saqlash maqsadida tashkil qilingan
Qorako`l cho'l davlat qo`riqxonasi 1971 (1990)-yilda Buxoro viloyatida Amu-Qorako`l kanallari atroflaridagi uchar qumlami saksovul-buta o'simliklari bilan mustahkamlash, irrigatsion inshootlarning qum ostida qolishidan himoya qilish, Janubiy Qizilqum fauna va flora majmualarini tiklash uchib o'tish davrida qushlarning dam olishi va oziqlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil qilingan maydoni 10000 ga.
Vardanzi davlat qo`riqxonasi 1975-yilda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tashkil qilingan. Asosiy maqsad, qadimiy Vardanzi shahrining xarobalari va 50 yoshlik saksovul daraxtlarini muhofaza qilish. Maydoni 3,0 km2.
Arnasoy davlal qo`riqxonasi 1983-yilda Jizzax viloyatida tashkil qilingan. Maydoni 63 ming gektar. Uning tarkibiga Tuzkon ko`li ham kiradi. Asosan qushlar qo'nib o'tadigan paytlarida dam olishga qo'nadigan qushlarni muhofaza qilish maqsadida ochilgan. Bu yerda jingalak birqozon, qora va kulrang laylaklar, g'oz, qirg'ovul va loyxo'raklarni uchratish mumkin.
Biosfera qo`riqxonalari-inson xo'jalik faoliyatining tabiatga ta'sirini ayrim regionlar va sayyora ko`lamida o'rganish, baholash, ularni nazorat qilib turish uchun xalqaro va milliy darajada tashkil etiladigan qo`riqxonalardir. Atrof-muhit ustidan sayyora miqyosida nazorat sistemasi, biosfera qo`riqxonalari malumotlariga asoslanadi.
Keyingi vaqtlarda jahon ahamiyatiga ega bo'lgan biosfera qo`riqxonalarini bunyod etish YUNESKO tashabbusi bilan davlatlararo «Inson va biosfera» programrnalari doirasida keng tatbiq etilmoqda. Bunga Bo'stonliq biosfera milliy qo`riqxonasi misol bo'ladi.
Bu qo`riqxonalarda landshaftlar, ayrim o'simlik va hayvonlarni saqlash, majmua biogeotsenologik tadqiqotlar o'tkazish, turli xo'jalik tarmoqlarining o'rmonchilik yerlarni o'zlashtirish, yaylov chorvachiligi, tabiatdan rekratsion foydalanish va boshqalarning muhitga ta'sirining xarakteri, ko`lamini tatbiq qilish ko`zda tutiladi.
O'zbekistonda mavjud Nurota tog'-yong'oqzor qo'riqxonasi asosida biosfera qo`riqxonasi tashkil etilgan.




  1. Download 259,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 259,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

Download 259,5 Kb.