Ma‘lumot bazasi tizimining arxitеkturasi va uch bosqichli arxitеktura
Tarmoqlangan tizimlar asosiy tushunchalari.
Markazlashgan ma’lumotlar bazasi
bir kompyuter xotirasida saqlanuvchi ma’lumotlar bazasidir.
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi– bu tarmoq orqali o‘zaro bog‘langan bir necha
kompyuter xotirasida saqlanuvchi ma’lumotlar bazasidir. Tarmoq xar bir tuguni
o‘z ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lishi mumkin yoki ma’lumotlar bazasi bir qismini
saqlashi mumkin lekin foydalanuvchi uchun yagona ma’lumotlar bazasi bo‘lib
ko‘rinishi lozim
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi taqsimlangan dasturiy
tizimdir. Lekin foydalanuvchi yagona tizim sifatida foydalanishi lozim.
Teng darajali tarmoqlar - tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar teng xuquqli.
Bunday tarmoq
bir xil martabali
(peer-to-peer) tarmoq deb ataladi.
Tarmoq va fayl serverli texnologiya ( «fayl-server»arxitektura)
. Qo‘yilgan
masalalar murakkabligining oshishi, shaxsiy kompyuterlar va lokal xisoblash
tarmoqlarining paydo bo‘lishi yangi «fayl-server» arxitekturani paydo bo‘lishiga
zamin yaratdi. Tarmoq orqali murojat qilish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar
bazasining ushbu arxitekturasida tarmoqdagi bitta kompyuter server sifatida
ajratilgan
va
unda
ma’lumotlar
bazasining
fayllari
joylashtirilgan.
Foydalanuvchilarning
so‘roviga
mos
xolda
fayllar
fayl-serverdan
foydalanuvchilarning ishchi stantsiyalariga uzatilgan va u erda ma’lumotlarni
qayta ishlash bilan bog‘liq asosiy ishlar bajarilgan. Bunda markaziy server
ma’lumotlarni qayta ishlashda qatnashmasdan faqat fayllarni saqlovchi vazifasini
bajargan