• Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi tamoyillari..
  • 1-mavzu: Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari. Ma’lumot bazasining arxitеkturasi. Uch bosqichli arxitеktura




    Download 467,73 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/8
    Sana16.09.2024
    Hajmi467,73 Kb.
    #271322
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-mavzu MB resurs

    Tarmoqlangan tizim arxitekturasi. 
    Ko‘p sonli mustaqil serverlarga ega 
    arxitektura. Xar bir server o‘z lokal ma’lumotlar bazasiga ega. Mijozlar serverlar 
    xaqida ma’lumot va dasturiy ta’minotga ega.
    O‘zaro aloqa qiluvchi serverlardan tashkil topgan arxitektura.Xar bir server qolgan 
    serverlar xaqida ma’lumotga ega. Xar bir mijoz o‘z serveriga ega.
    Bir darajali serverlardan iborat arxitektura. Xar bir kompyuterda ma’lumotlar 
    bazasi va dasturiy ta’minot saqlanadi.
    Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi tamoyillari.. 
    Taqsimlangan ma’lumotlar 
    bazasi uchun Deyt K.Dj. quyidagi fundamental tamoyilni ilgari surgan:
    Taqsimlangan tizim foydalanuvchi uchun taqsimlanmagan tizim sifatida ko‘rinishi 
    lozim. Bu tamoyildan quyidagi qoidalar kelib chiqadi:
    1. Lokal avtonomiya. (local autonomy)
    Xar bir tugundagi ma’lumotlar lokal boshqariladi. Xar bir tugundagi 
    ma’lumotlardan mustaqil ma’lumotlar bazasi sifatida foydalaniladi.
    2. Markaziy tugundan mustaqillik. (no reliance on central site)
    Ideal tizimda xamma tugunlar teng va mustaqil. Xar bir tugundagi ma’lumotlar 
    bazasi to‘liq ximoyalangan.
    3. Uzluksiz amallar. (continuous operation)
    Ma’lumotlarga doim murojaat qilish mumkin. Ma’lumotlar ustida amallar uzluksiz 
    bajariladi.
    4. Joylashuvdan mustaqillik. (location independence)
    Ma’lumotlarga murojaat ularning joylashuviga bog‘liq emas. Bu xususiyat 
    joylashuv shaffofligi deb xam ataladi.
    5. Fragmentatsiyadan musaqillik. (fragmentation independence)
    Ma’lumotlarga murojaat ularning taqimlanishiga bog‘liq emas. Bu xususiyat 
    fragmentatsiya shaffofligi deb xam ataladi.
    6. Replikatsiyadan mustaqillik. (replication independence)
    Ma’lumotlarga murojaat ularning nusxalanishiga bog‘liq emas. Bu xususiyat 
    replikatsiya shaffofligi deb xam ataladi.
    7. Taqsimlangan so‘rovlarni qayta ishlash. (distributed query processing)
    Taqsimlangani so‘rov lokal so‘rov bilan bir xil ishlanadi. Ixtiyoriy turdagi 
    so‘rovlar uchun yagona til ishlatiladi.
    8. Taqsimlangan tranzaktsiyalarni qayta ishlash. (distributed transaction 
    processing) 
    Taqsimlangan tranzaktsiya lokal tranzaktsiya bilan bir xil ishlanadi. Xar bir 
    tugunda ma’lumotlar yaxlitligi ta’minlanadi.
    9. Apparat ta’minotdan mustaqillik. (hardware independence)
    Tugunlarda ixtiyoriy turdagi kompyuterlar ishlatilishi mumkin.


    Bu xossa tarmoq shaffofligi deb xam ataladi.
    10. Operatsion tizimdan mustaqillik. (operationg system independence)
    Tugunlarda ixtiyoriy turdagi operatsion tizimlar ishlatilishi mumkin.
    11. Tarmoqdan musaqillik. (network independence)
    Tugunlar orasida ixtiyoriy turdagi kanallar va protokollar ishlatilishi mumkin.
    12. Ma’lumotlar bazasidan mustaqillik. (database independence)
    Tugunlarda ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni boshqarish tizimlaridan foydalanish 
    mumkin.

    Download 467,73 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 467,73 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari. Ma’lumot bazasining arxitеkturasi. Uch bosqichli arxitеktura

    Download 467,73 Kb.
    Pdf ko'rish