1-mavzu: Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi Reja




Download 485.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana23.04.2022
Hajmi485.12 Kb.
#20197
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 MAVZU
тестлар (2), тестлар, тестА, 4
Nutq nuqsonlari 
Nutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning meyorlaridan chetga 
chiqishi deb ta‘riflanadi. Nutq nuqsonlari quyidagicha xarakterlanadi:
1. Nutq nuqsoni о‗z-о‗zidan barham topmaydi, balki vaqt о‗tgan sari yanada 
mustahkamlanib boradi.
2. Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga mos kelmaydi
3. Nutq nuqsonlari bо‗lgan kishilar logopedik yordamga muxtoj bо‗ladi.
4. Og‗ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga, balki umumiy rivojlanishiga 
ham salbiy ta‘sir kо‗rsatadi. 


Alohida yordamga muhtoj anomal bolalar toifalari- Bolaning xoh ona 
qornida, xoh tugilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bо‗lgan ma‘lum 
shartsharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya‘ni jismoniy yoki psixik 
nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin. 
Inklyuziv ta‘lim ijtimoiy adabtatsiya, reablitatsiya ishlari- Inklyuziv ta‘lim bu 
maxsus yordamga muhtoj bolalar va yoshlar uchun individuallashgan va sharoitga 
qarab о‗zgaruvchan, g‗amxо‗rlik bilan yondasha oladigan ta‘lim tizimidir. Ushbu 
ishlar oddiy, sog‗lom bolalar о‗quv muassasalarida amalga oshiriladi. Inklyuziv 
jalb etish (vklyucheniye) degan ma‘noni anglatadi, ya‘ni jismoniy yoki Psixik 
rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni sog‗lom tengdoshlari bilan о‗zaro bog‗lanib, 
birgaliqda ta‘lim olishidir. 
Rivojlangan mamlakatlarda "Maxsus ta‘lim zaruriyati" nomli xujjatga 
javoban SVR —Reabilitatsiya tashkiloti tashkil etildi. Tashkilot nogironlar 
jamiyati, nogironlar oilalari, Sog‗liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta‘minot vazirligi 
hamda kasaba uyushmalarining vakillarini о‗z ichiga qamrab olgan. Uning asosiy 
maqsadi — jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni 
himoyalash, 
huquqlarini 
tiklash, 
vakolat 
berish, 
ta‘limtarbiya tizimini 
shakllantirish, jamiyat va rahbariyat diqqatini bu narsaga jalb etishdir. 
Shaxs, ta‘lim xizmatlarining ishlab chiqaruvchisi sifatida bilim va tajribani 
magistrga tushuntirishda, moddiy ishlab chiqarish muxiti sharoitida, shuningdek, 
fan, madaniyat va xizmatlar kursatish soxalarida xam faol ishtirok etadi. Shu 
sababli, ta‘limning belgilangan vazifalaridan biri magistrlarni yukori saviyada 
о‗qitishni ta‘minlash va malakali kadrlarni zamonaviy ta‘lim dasturlari asosida 
о‗qitishdan iborat. Ta‘lim muassasasi usib kelayotgan shaxsni о‗qitish jarayonida 
ularga bulajak mutaxassisliklari bо‗yicha ta‘lim olish sharoitlarini yaratadi. 
Magistrlarning pedagogik va psixologik bilimga bulgan extiyojlari va 
kobiliyatlarini shakllantirish xamda rivojlantirishning bosh maksadga yunaltirilgan 
bulishi professor о‗qituvchi faoliyatining ma‘suliyatini oshiradi. Oliy ta‘lim 
muassasasi о‗qituvchisining malakasi maxsus va pedagogik fanlarni urganish 
natijasida vujudga keladigan ikki kirraga ega bulishi lozim va doimo: ―Nima uchun 
о‗qitish kerak?‖, ―Kdnday о‗qitish kerak?‖ degan savollarga javob izlashi, topishi, 
shuningdek, ta‘lim-tarbiya xususiyatlari e‘tiborga olingan maxsus bilimlarga 
asoslangan bulishi lozim. 
Oliy ta‘lim muassasalarida, defektologiya, logopedagogi mutaxassisligi 
bо‗yicha ta‘lim olayotgan magistrlarga muljallangan zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar asosida tashkil etiladigan interfaol darslarni utishda ijodiy 
foydalanish mumkin bulgan takdimot materiallari keltirilgan 
Pedagog - olimlarning pedagogik tajribasi davomida oliy pedagogik ta‘lim 
tizimida: 
Nega о‗qitamiz? 
Nimani о‗qitamiz? 
Kanday о‗qitamiz? savollariga javob izlash bilan bir qatorda, kanday qilib 
samarali va natijali о‗qitish mumkin? - degan savoliga xam javob kidirdilar. 
Bu esa, professor о‗qituvchilarni о‗quv jarayonini texnologiyalashtirishga, 
ya‘ni о‗qitishni ishlab chiqarishga oid anik kafolatlangan natija beradigan 


texnologik jarayonga aylantirishga urinib kuriit mumkin, degan fikrga olib keldi. 
Bunday fikrning tugilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiyalar 
yunalishshini yuzaga keltirdi. 
Xozirgi davrda oliy pedagogik ta‘lim muassasalarining о‗quv- tarbiyaviy 
jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishga aloxida e‘tibor 
berilayotganining asosiy sababi kuyidagilardir: 
Birinchidan, yangi pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi 
ta‘limni amalga oshirish va bulajak pedagog mutaxassislarni tayyorlash 
imkoniyatining kengligida. Shuning uchun xam ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi Qonun va 
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da oliy pedagogik ta‘limni takomillashtirish 
masalasiga aloxida e‘tibor karatilgan. 
Ikkinchidan, yangi pedagogik texnologiyalar oliy pedagogik ta‘limdagi 
о‗quv-tarbiya jarayoniga tizimli yondashuvni chukur joriy etish imkoniyatini 
beradi. 
Uchinchidan, yangi pedagogik texnologiya professor о‗qituvchilarni ta‘lim-
tarbiya jarayonining maksadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzittt va bu jarayon 
kechishini nazorat qilishgacha bulgan texnologik zanjirni oldindan loyixalashtirib 
olishga undaydi. 
Turtinchidan, yangi pedagogik texnologiya zamonaviy ta‘lim vositalari va 
axborot usullarini о‗quv jarayonida kullashga asoslanganligi 
sababli, ulardan samarali foydalanish ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ 
talablarini amalga oshirishni ta‘minlaydi. 
О‗quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning о‗quv jarayoniga 
keng joriy etilishi о‗qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslaxatchi 
sifatida faoliyat yuritishini talab kiladi. Bu esa magistrdan о‗quv materiallarini 
uzlashtirishda kuprok mustaqil fikrlashni, ijodiy yondashuvni va irodaviy sifatlarni 
talab etadi. 
Maxsus maktab va maxsus maktabgacha ta‘lim muassasalarida 
tarbiyalanuvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan 
shaxs bо‗lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishida nutqning tо‗g‗ri rivojlanishi juda 
katta ahamiyatga ega. 
Hozirgi davrda ta‘lim sohasida eng muhim vazifalar eskirgan tamoyillar va bir 
qolipdagi о‗qitish metodlaridan voz kechib, zamon talablariga javob beradigan yangi 
yо‗nalishlarni izlashni taqozo etmoqda. 
О‗qitishning eng samarali yо‗li - mashg‗ulotlarda о‗quvchilarning haqiqatni 
bilishga, fikrlashga, erkin muloqotga, hamkorlikka intilishidir. Darslarda bu ruh 
bо‗lmasa, bunday mashg‗ulotlar jonsiz, zerikarli va samarasiz bо‗ladi. 
Zamonaviy ta‘limni tashkil etishga qо‗yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha 
ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa 
vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni о‗quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‘lum 
faoliyat yuzasidan kо‗nikma va malakalarni hosil qilish, ular tomonidan egallangan 
bilim, kо‗nikma hamda malakalar darajasini baholash о‗qituvchidan yuksak pedagogik 
mahorat hamda ta‘lim jarayoniga nisbatan texnologik yondashuvni talab etadi. 


Ta‘lim jarayonida о‗qituvchi о‗quvchi shaxsiga mos metodlarni qо‗llay olmasa, 
о‗quvchi shaxsini о‗zgartirish uchun sharoit yaratilmasa, uning tarbiyasida chekinish yuz 
beradi 
Ayni paytda о‗qituvchi oldida mas‘uliyatli va mashaqqatli vazifa – 
о‗quvchilarni erkin fikrlashga о‗rgatish hamda ijodiy fikrlashni shakllantirish 
turibdi. 
Innovatsiya biror yangi narsani, yangi tartib qoidani kiritishni anglatadi. 
Yangilik kо‗pincha yangi metodlar, vositalar, yangi konsepsiyalar, yangi о‗quv 
dasturlari kiritishni hamda qо‗llanishga xosdir. 
Innovatsiyaning turli ta‘riflari mavjud: innovatsiya (lotincha inovatis)-bu 
yangilik, yangi tartib qoida, о‗zgarish degan ma‘noni anglatadi. 
Yangilik va о‗zgarish? 
Yunesko hujjatlaridan birida «... Yangilik albatta yangi bо‗lishi shart emas, 
biroq u albatta nimasi bilandir yaxshiroq va о‗z-о‗zidan namoyon etilishi mumkin 
bо‗ladi»-deb kо‗rsatilgan. 
Innovatsion muammolari bilan bog‗liq bir qator tadqiqotlarda о‗zgarishlar 
yangilik bо‗lishi, biroq har doim butunlay yangi g‗oyalar yoki shakllar bо‗lmaslik 
mumkinligi faraz qilinadi. 
Shunday qilib, innovatsiya tushunchasi orqali о‗quv - tarbiya jarayonini 
yaxshilash va takomillashtirishga yо‗naltirilgan didaktik, metodik, tashkiliy-texnik 
о‗zgarishlarni tushunamiz. 
Pedagogikada innovatsion muammolarni hal etishda о‗qituvchining ijodiy 
faoliyati eng dolzarb muammo bо‗lib qolmoqda. (yeng zarur pedagogik texnikani 
egallash, tarkibiy qismlari). 
Shu boisdan о‗qituvchi mahoratiga kо‗p narsa bog‗liqligi uning pedagogik 
tizimda tutgan о‗rni haqida batafsil tо‗xtalamiz.
1. О‗qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta‘lim-tarbiya maqsadini 
aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ma‘lum vaqt ichida unga erishish 
uchun ta‘minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish tо‗g‗risida xulosa 
qilish mumkin bо‗lsin. 
2. О‗qituvchi pedagogik tizimida belgilangan maqsadga tо‗g‗ri keladigan 
о‗quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini о‗quv dasturi bо‗yicha chuqur egallashi, 
muntazam ravishda о‗z pedagogik mahoratini ilmiy-texnikaviy taraqqiyot 
talablariga mos xolda mustaqil ravishda kengaytirib borishi zarur. 
3. О‗qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik 
jarayonni amalga oshirish bilan tanish bо‗lishi kerak: bu-jadallashtirish va tabiatan 
monandlik talabidir. Jadallashtirish didaktik masalalarni ma‘lum vaqt doirasida 
birmuncha tez va yuqori saviyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qо‗llashni 
talab etadi. Ta‘lim va tarbiyaga bu talabni aniqlab beruvchi omil - talablarning 
ma‘lum faoliyatini о‗zlashtirish tezligi hisoblanadi. Ikkinchisi о‗quv-tarbiyaviy 
jarayonni shunday tashkil etishga asoslanganki, bunda mumkin qadar 
magistrlarning keng doirada tajriba egallashiga imkon tug‗diradigan va ularning 
aqliy malakasini rivojlantira oladigan mexanizmi vujudga kelsin! Bu talabni 
aniqlab beruvchi omillar: magistrlarning о‗qishga bо‗lgan xoxishi, о‗quv 
mehnatiga munosabati. 


4. О‗qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishga о‗qitishning samarali 
shakllaridan foydalana olishi kerak. О‗qitishning tashkiliy shakllari tо‗g‗ri 
tanlanishi pedagogik tizim elementlarining ma‘lum qonuniyat asosida bir-birlari 
bilan bog‗liq ekanligini bildiradi. Bu bog‗lanishlardan foydalanish va eng maqbul 
bо‗lgan tashkiliy shakllar topish ta‘limda rasmiyatchilikni yо‗qotishga yо‗l ochadi. 
5. О‗qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bо‗lgan magistrning ta‘lim 
mazmuni va tarbiya ta‘sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar 
yordamida doimo nazorat qilib borishi lozim. Bu tо‗g‗rida olingan axborotlar esa 
pedagogik tizimni maqsadga muvofiq tarzda boshqalar imkoniyatini beradi yoki 
tizimdagi qaysi elementning mazmuniga tuzatish kiritish kerak ekanligini 
aniqlaydi.
Shunday qilib, pedagogikaga xos bо‗lgan texnologik jarayonni amaliyotga 
tadbiq qilishdan pedagog mahoratining ta‘zi qirralari tо‗g‗risida tо‗xtaldik. Ptning 
ilmiy xarakterga ega ekanligiga e‘tiboran qaratgan holda, uning amaliy yо‗nalishga 
xosligini, uni aniq masalalarni hal qilishda qо‗llash mumkinligini e‘tirof etish 
kerak.
Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, 
о‗tkazish metodlariga kо‗ra nutqida kamchiligi bо‗lgan bola ehtiyojiga mos 
tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bо‗ladi. 
О‗quvchilarning о‗quv materiallarini о‗zlashtirishga bо‗lgan qiziqish, xohish va 
istaklarini qо‗zg‗atish asosida maqsadga erishish motivasiya bо‗lib, bu о‗qituvchi 
va о‗quvchilarning о‗zaro ichki yaqinlashuvidir. 
Bolalarni logopedik о‗qitishda ichki imkoniyatlarini ishga solish, u yoki bu 
bilimni olishga undash va qiziqishlarni uyg‗otish demakdir. Ammo bu jarayon 
nutqida kamchiligi bо‗lgan bolalarda qiyinchilik bilan kechadi, kо‗rishida nuqsoni 
bor bolalarda esa jismoniy kamchiliklari xalaqit beradi. 
Bolalarni logopedik о‗qitishda nutqida kamchiligi bо‗lgan bolalar faolligi 
oshib boradi va uni quyidagi omillar ta‘minlaydi: 
- О‗quv materialini ongli ravishla о‗zlashtirib olishga tayyorligi; 
- Mustaqil faoliyat yuritishga tayyorligi; 
- Faoliyatni yuritishga tayyorligi; 
- О‗zining shaxsiy darajasini oshirishga moyilligi;
О‗quv jarayonining samarali kechishida nutqida kamchiligi bо‗lgan 
bolalarning mustaqil faoliyat yuritishi dars samaradorligini ta‘minlaydidi. 
Quyidagi motivlar darsda о‗quvchi faolligini oshiradi:
- О‗z fikrini himoya etish; 
- Munozara, muhokamada faol faol ishtirok etish; 
- О‗rtoqlari javoblariga tanqidiy qaray olish javoblariga tanqidiy qaray olish; 
- Qoloq, о‗zlashtirishi qiyin, bо‗sh о‗quvchilarga yordam berish; 
- О‗ziga ijodiy faoliyat nazoratidan topshiriqlarni tanlay olish; 
- О‗z qiziqishlari asosida mustaqil mashq, masalalar echish. 
О‗qituvchining о‗z ishiga fidoyiligi, о‗quv materialida yangiliklarning 
mavjudligi, zamonaviy darslarni tashkil etishi, dars shakllarini yangilash, 
ommalashtirib borish, muammoli, evristik, komnyuterli darslarni tashkil etish, 
darslarda multimedia tizimidan foydalanish, о‗zaro bir-birini о‗qituvni yо‗lga 


qо‗yish. olgan bilim va kо‗nikmalari yuzasidan test-sinovlarini «tashkil etish, 
musobaqalar tashkil etish, pedagogik takt va о‗qituvchining mahorati, 
о‗qituvchining о‗z о‗quv predmetiga munosabati, bolaga dо‗stona munosabatda 
bо‗lish о‗quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishdagi asosiy motivlardir. 
Yuqoridagi omillar о‗quvchining о‗quv mehnatiga bо‗lgan ijobiy 
munosabatini shakllantiradi va о‗z navbatida, dars samaradorligini oshirib 
о‗zlashtirishni kafolatlaydi. 
Xulosa qilib aytganda, bolalarni logopedik о‗qitishda о‗quvchining faol 
ishtiroki darsning samarali kechishga yordam beradi. Maxsus ta‘lim jarayonida 
yoshlarni о‗qish va о‗qitishga bо‗lgan qiziqishlarini shakllantirishda ta‘lim 
texnologiyalaridan bо‗lgan о‗yin usullaridan foydalanish ham muhim ahamiyatga 
egadir. Pedagogik о‗yinlarni ta‘lim jarayoniga tatbiq etishda ular fanning maqsadi, 
vazifasi va xususiyatiga qarab tanlab olinadi.
Pedagogik о‗yinlar quyidagi asosiy yо‗nalishlarda bо‗lishi mumkin:
a) didaktik maqsad о‗yinli vazifa shaklida qо‗yiladi; 
b) о‗quv faoliyati о‗yin qoidalariga bо‗ysunadi;
v) о‗quv materialidan о‗yin vositasi sifatida foyodalaniladi;
g) о‗quv jarayoniga qо‗yilgan didaktik vazifaga о‗yinga aylantirilgan tarzdagi 
musobaqalashtirish unsurlari kiritiladi.
Bu didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi о‗yin natijalari bilan 
bog‗lanadi Pedagogik о‗yinlar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, о‗yin 
metodikasi, soha xususiyati, о‗yin muhiti kabi omillar bо‗yicha tasnif qilingan. 
Bunda didaktik maqsadlar quyidagicha qо‗yilishi ham mumkin: 
 pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlar orqali bilimlar tizimini mustahkamlash; 
 pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlarni ishlab chiqish va ularni amalga 
oshirish bо‗yicha uslubiy malakalarni shakllantirish; 
 pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlarni ishlab chiqish borasida tajriba 
almashish; 
 guruh bо‗lib qarorlar qabul qilish malakasini takomillashtirish.
 har xil masalalarni tashkil qilish. Masalan, tarbiyalanuvchilarni ijodiy 
fikrlashga о‗rgatish; 
 pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlarni amalda qо‗llash bо‗yicha kо‗rsatmalar 
berish; 
 odamlar bilan о‗zaro aloqada bо‗lish jarayonida о‗zini tuta bilish 
kо‗nikmalarini shakllantirish. 
Pedagogik mashg‗ulotlarni ishlab chiqishda quyidagilar e‘tiborga olinadi: 
о‗yinli mashg‗ulotlarning pedagogik faoliyatni shakllantirishi; ishlab 
chikuvchi tomonidan о‗yinlarni yaratish usullarini namoyish etish. 
Pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlar hozirgi kundagi о‗quv- tarbiyaviy jarayonga 
quyidagi yangi sifatlarni olib kiradi: 
 о‗quv jarayonini namoyon etuvchi taqlidli modelning, ya‘ni о‗quv 
materialining mazmunini; 
 о‗rgatuvchi о‗yinli modelda bо‗lg‗usi kasbiy faoliyat shakli va vazifalari 
bо‗limlarini; 


 ta‘lim va tarbiya berish jarayonining birligini faoliyatni logoped 
tomonidan tashkil etilishi va boshqarilishi
 mashg‗ulotlardan keng miqyosda foydalanishni. 
Pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlarning an‘anaviy usullardan sifat jihatidan farqi 
shundaki, bunda о‗quv jarayoni nutqida kamchiligi bо‗lgan bolalarning birgalikda 
bor muammoni yechishga kelishi natijasida kasbiy faoliyat qonuniyati hosil 
bо‗ladi, lekin bu kasbiy faoliyat va kasbiy tafakkur harakatlari didaktik asoslangan, 
uslubiy tomondan ta‘minlangan va xujjatlar bilan isbotlangan bо‗lishi kerak Buni 
shunday 
amalga 
oshirish 
kerakki, 
pedagogik 
о‗yinli mashg‗ulotlarda 
qatnashuvchilar shu davrgacha egallagan jami bilimlarini namoyon eta bilsin.
Ta‘lim mazmunini xalqimizning milliy qadriyatlari, tarixiy obidalari 
xususidagi ma‘lumotlar bilan boyitish, ilg‗or pedagogik texnologiya va 
axborotlarni kiritish kabi bir qator chora-tadbirlarnn bosqichma-bosqich amalga 
oshirish davr talabi ekanligi davlatimiz tomonidan aniq belgilandi. О‗tgan qisqa 
vaqt mobaynida mamlakatimizning barcha jabhalarida ta‘lim islohotlari izchil va 
tezlik bilan amalga oshirilib, kо‗plab ijobiy natijalarga erishildi. Bu о‗rinda 
jamiyatimizning bir qismi bо‗lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj imkoniyati 
cheklangan 
bolalarni 
ta‘lim-tarbiya olishi uchun qulayliklar yaratish 
davlatimizning alohida e‘tiborida bо‗lib kelmoqda. «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi 
Qonunning 23-moddasiga binoan psixik va jismoniy muammolari bо‗lgan bolalar 
va о‗smirlarni ta‘lim olishi va sog‗ligini muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoit 
yaratish maqsadida maxsus ta‘lim muassasalari tashkil qilingan. 
Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalar va 
о‗smirlar ta‘limi, ularning nuqson turlari va uning darajalarini inobatga olgan holda 
maxsus ta‘limning 8 yо‗nalishi (aqli zaif, ruhiy rivojlanishi sustlashgan, nutqida, 
kо‗rishida va eshitishida nuqsoni bо‗lgan bolalar) bо‗yicha korreksion ta‘lim 
tashkil etilgan. Maxsus ta‘lim tizimi va mazmunini takomillashtirish, moddiy-
texnik bazasini rivojlantirish, maxsus ta‘lim jarayonida yangi pedagogik 
texnologiya, axborot vositalarini qо‗llash, о‗quv-metodik asoslarini yaratish, dastur 
va darsliklar bilan ta‘minlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. 
Qonunchilik tomonidan ma‘lum toifadagi bolalar uchun о‗rta maxsus, kasb-hunar 
va oliy о‗quv yurtlariga о‗qishga kirishda imtiyozlar belgilangan. Shuningdek 
xalqaro miqyosda ta‘lim islohotini demokratlashtirish va diskriminatsiyaga qarshi 
kurashish natijasida jamiyatning dunyoharashi о‗zgarib, har xil toifadagi kishilar 
orasida yangicha yondashuv, о‗zaro hurmat, ijobiy munosabat shakllandi. Maxsus 
ta‘lim sohasining rivojlanishini qayta kо‗rib chiqish siyosati amalga oshirila 
boshlandi. Keyingi 10-15 yil davomida О‗zbekistonda imkoniyati cheklangan 
bolalarni umumta‘lim tizimiga kiritish integratsiya usulida о‗qitish, tarbiyalash 
masalasi ham amalga oshirib kelinmoqda.
О‗zbekistonda ta‘lim islohotlarining ustuvor yо‗nalishi barcha sog‗lom 
bolalar qatori imkoniyati cheklangan bolalar ta‘limiga demokratii yondashuv 
asosida tarbiyalash, ta‘lim berish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga optimal 
darajada sharoit yaratish, kasbiy maxoratini rivojlantirish, shuningdek iqtidorini 
ruyobga chiqarishdan iborat. Vigotskiyning muhit va shaxsning uyg‗unligi 
tо‗g‗risidagi ta‘limotiga kо‗ra, ijtimoiy muhit imkoniyati cheklangan bolalar uchun 


birinchi darajali ahamiyatga egadir. 
Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning 
rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga kо‗ra 
maxsus yoki umumta‘lim tizimida о‗qitish, tarbiyalash masalalariga katta e‘tibor 
qaratilmokda. 
Shuningdek 
jahon 
miqyosida 
qо‗llanib, targ‗ibot-tashviqot qilinib 
kelinayotgan integratsiya va inklyuziv ta‘lim О‗zbekistonda ham xalqaro 
tashkilotlarning hamkorlik loyihalari asosida bosqichma-bosqich amalga tatbiq 
etilmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalarni umumta‘lim muassasalarida о‗qitish 
va ular uchun qulay sharoitlar yaratish masalasi О‗zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasi va «Bola huquqlarini kafolati tо‗g‗risida»gi Qonunning 29-
moddasida alohida qayd etilgan. 
Tajriba shuni kо‗rsatdiki, mamlakatimizda inklyuziv ta‘limni joriy qilishning 
о‗ziga xos xususiyatlari mavjud. Respublikamizni ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishini, 
milliy qadriyatlarimizni e‘tiborga olgan holda hamda tarixiy shakllangan maxsus 
ta‘lim tizimidan voz kechmasdan, qishartirmasdan, aksincha umumta‘lim bilan 
uzviy bog‗lanib hamkorlikda inklyuziv integratsiya ta‘limiga bosqichma-bosqich 
о‗tib borishning milliy modulini yaratish maqsadga muvofiqdir. Kelajakda maxsus 
ta‘lim muassasalari umumta‘lim muassasalari uchun korreksion fanlar uslublari 
bо‗yicha maslahat beruvchi markaz vazifasini bajarishi lozim. Maxsus ta‘lim 
pedagoglari va defektologlari umumta‘lim muassasalarida ta‘lim oluvchi 
imkoniyati cheklangan bolalarni о‗qitish bо‗yicha umumta‘lim fan о‗qituvchisiga 
zaruriyat tug‗ilganda korreksion ta‘lim metodikasidan maslahat beruvchi resurs 
pedagog vazifasini о‗taydi. Bunday yordamlar maxsus ta‘lim muassasalarining 
tibbiyot xodimlari, psixologlari tomonidan ham kо‗rsatiladi. 
Hozirgi kunda Respublikamiz miqyosida imkoniyati cheklangan bolalar va 
о‗smirlarni inklyuziv ta‘limga jalb etishning huquqiy asosini mustahkamlash bilan 
bir qatorda kо‗plab ilmiy- amaliy tajriblar olib borilmoqda. 
Respublikamizda olib borilayotga barcha islohotlarning maqsadi davlatimz 
kelajagiga mustaxkam poydevor qurishdan iborat. Bu poydevor sog‗lom, yetuk va 
barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish natijasida yaratiladi. Shuning 
uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi Qonun 
qabul qilindi. Ta‘lim sohasidagi bu islohotlar bugungi kunda о‗z samarasini 
bermoqda. Mazkur huquqiy meyoriy hujjatlar doirasi maxsus ehtiyojli bolar ta‘lim-
tarbiyasini ham qamrab olgan.
Inklyuziv ta‘lim joriy qilishda ijtimoiy integratsiya ijtimoiy tafovutni 
kamaytirishga, nogiron va sog‗lom bolalarnn о‗zaro dо‗stlashishga, birbiriga 
xurmat bilan qarashga undaydi, sog‗lom bolalarni muruvnatln bо‗lishga о‗rgagadi. 
Jamiyat 
nogiron 
kishilarga 
tо‗g‗ri 
munosabatda 
bо‗lishi 
kerak, 
Konstitusiyamizdagi barcha bandlar ular uchun xam taalluqli. Har kanday ta‘lim 
integratsiyasi inklyuziv ta‘lim sifatini oshiradi. Inklyuziv ta‘lim markazida 
jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bola turadi, unga xar tomonlama 
g‗amxо‗rlik kо‗rsatiladi. 
Integral — mujassam, ajratib bо‗lmaydigan kism degan ma‘noni bildiradi. 
Har bir bola ta‘limga jalb etilishi lozim. Integratsiyalashgan jamiyatda barcha teng 


xuquqka ega, bu yaxlit jamiyatdir. Inklyuziv ta‘lim tufayli jamiyat 
integratsiyalashgan jamiyatga aylanadi. 2001 yilda YUNESKO "Hamma uchun 
ta‘lim" dasturini qabul qiladi. О‗zbekiston Respublikasi ushbu dasturga imzo 
chekdi. Keng miqyosda "Hamma uchun ta‘lim"(Obucheniye dlya vsex) joriy 
etilishi YUNESKO tomonidan boshlab yuborildi. 
2001 yildan boshlab О‗zbekiston Salomon deklaratsiyasiga binoan yaratiltan 
(Ta‘lim tizimi anomal bolalarni qabul etib, ularning ta‘limtarbiyasi uchun zarur 
shartsharoitlarni yaratishi lozimligi haqida) ("Obucheniye dlya vsex") "Hamma 
uchun ta‘lim" dasturini amalga oshirishga imzo chekkan ekan, barcha ta‘lim 
xodimlari bu ishga о‗z xissalarini kо‗shib, inklyuziv ta‘limni takomillashtirishda 
qatnashishlari lozim. 
Anomal bolalar sog‗lom tengdoshlari orasida inklyuziv ta‘limda yoki maxsus 
ta‘lim tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va о‗qitilishi kerak. 
Maxsus ehtiyojli bolalar ta‘lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb 
masalalar sirasiga aylanib bormoqda.
Maxsus ta‘lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta‘lim tizimi sifatida 
rivojlangan. Ushbu ta‘lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini 
umumta‘lim muassasalarida qondirib bulmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. 
Maxsus ta‘lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek 
umumta‘lim maktablarining katta bо‗lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi.
Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus ta‘lim tizimda о‗qitilishi ularning 
maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. 
Shuningdek, ularning о‗z oilasidan uzoqda bо‗lishlariga majbur qiladi. Bu toifa 
bolalar boqimandalikka о‗rganib qoladilar, о‗z-о‗ziga xizmat qilishlarida 
qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda kо‗plab maxsus ehtiyojli 
bolalar ta‘limdan chetda qolib ketmoqdalar.
Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qо‗yilgan 
birinchi qadamdir. 
Integratsiyalashgan ta‘lim bu-diqqat markazida bolaning aynan maktabga 
kelib ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash 
jarayonidir.
Integratsiyalashgan ta‘limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Bu ta‘lim 
tizimining quyidagicha shakllari mavjud: 
A) Jismoniy integratsiY. Integratsiyaning bu shakli nogiron va nogiron 
bо‗lmagan bolalar о‗rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga qaratilgan. Oddiy 
maktab bilan yonma-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bо‗lim yoki sinf 
tashkil qilish mumkin. 
B) Funksional integratsiY. Bu shakl nogiron va nogiron bо‗lmagan bolalar 
о‗rtasidagi funksional muammolarni kamaytirishga qaratilgan. 
V) Ijtimoiy integratsiY. Itegratsiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni 
kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron bо‗lmagan bolalar 
о‗rtasidagi о‗zaro aloqani qо‗llab – quvvatlaydi.
G) Jamiyatga integratsiya qilish kabilar. 
Integratsilashgan talim tizimining bir qator quyidagicha chegaralangan 
tomonlari mavjud: 


Umumta‘lim muassasalarda kompleks tibbiy-pedagogik yordam olish 
imkoniyati bо‗lmaydi. 
Umumta‘lim maktab pedagogi maxsus metodikani bilmaganligi sababli 
imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ehtiyojlarini qondirmaydi. Umumta‘lim 
maktablarida tiflo, surdotexnik vositalar, maxsus tibbiyot uskunalar bо‗lmaydi. 
Sinfda о‗quvchilar soni 25 tadan-35 gacha yetadi va oqibatda ularning 
barchasiga kо‗p vaqt ajrata olmaydi. 
Umumta‘lim maktablarda о‗quvchilarda maxsus malaka va kо‗nikmalarni 
shakllantirish uchun mutaxassislar bо‗lmaganligi sababli, imkoniyat topish qiyin. 
Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bо‗lmish farzandlarni mas‘ulayatni his 
etadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli ulush 
qо‗shadigan munosib fuqarolar bо‗lib etishishlariga katta umid bilan qaraladi. 
Dunyoga ―О‗zbek modeli‖ deb nom olgan rivojlanish yо‗li bilan tobora kо‗proq 
tanilayotgan О‗zbekistonda ham bolalar huquqlarini himoya qilishga juda katta 
e‘tibor berilmoqda. Mamlakatimizda maktab, litsey, gimnaziya, kollej kabi bilim 
dargohlari bilan birgalikda turli maxsus maktab internatlar, mehribonlik uylari 
faoliyat kо‗rsatayotganligi ham fikrimizning isbotidir. Kо‗plab davlatlarda 
bо‗lgani kabi О‗zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus 
tashkillangan maktablar bor. Ularning vazifasi bolalarni maxsus о‗quv yurtlariga 
tayyorlashdir. 
Maktab darajasida integratsiyani muvaffaqiyatli kiritishga bir necha о‗zaro 
bog‗liq omillar ta‘sir kо‗rsatadi. Markaziy omil о‗quv dasturiga kiritish 
imkoniyatidir. Shuningdek, binolarning jismoniy joylashuvi, о‗qish uchun 
imkoniyat va moliyalashgan imkon ham asosiy omilllardandir. 
Maktabdagi jismoniy sharoit ham katta о‗rin tutadi. Oddiy qilib aytadigan 
bо‗lsak, barcha maktablar eshigiga о‗quvchilar zinapoyalar orqali kirib boradilar. 
Lekin bu zinapoyalardan maxsus aravachalarda yuradigan nogiron bolalar kо‗tarila 
olmaydilar, hatto qо‗ltiqtayoqda yuradigan bolalar ham, qiynalishlari mumkin. 
Demak, zinapoyalardan ham eshiklardan ham sog‗lom bolalar bilan birga nogiron 
bolalar ham bemalol о‗tishlari uchun qulay sharoit yaratilishi shart. Bundan 
tashqari, sinf xonalari va laboratoriyalardagi maxsus о‗rindiq hamda moslamalar 
ham nogiron bolalarga mos bо‗lishi kerak. 
О‗qishga imkon yaratish ham juda muhimdir. Yozish qobiliyatlarida buzilish 
mavjud bо‗lgan bolalarga tovush va tasvirni kattalashtirish etarli bо‗lmaydi. Bunda 
о‗quvchilar imo-ishora yoki Brayl xatini puxta о‗rganishlari kerak. 
Aqliy nuqsoni bor bolalar soddalashtirilgan yozma yoki og‗zaki 
informatsiyani 
olishlari 
kerak. 
О‗quv rejasini bunday differensiyalash 
о‗qituvchilarda о‗z ishlariga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Maktab ma‘muriyati 
buning uchun о‗qituvchilarga imkon yaratib berishi kerak. Bunday ijodiy 
yondashuv о‗quv rejasiga qattiq talab qо‗yilgan joylarda birmuncha qiyinchilik 
tug‗dirishi mumkin. 

Download 485.12 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 485.12 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi Reja

Download 485.12 Kb.
Pdf ko'rish