Harakat – tayanch a’zolari jaroxatlangan bolalar




Download 485.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana23.04.2022
Hajmi485.12 Kb.
#20197
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 MAVZU
тестлар (2), тестлар, тестА, 4
Harakat – tayanch a’zolari jaroxatlangan bolalar 
Har qanday ota – ona о‗z oilasida sog‗lom farzandni, jismonan baquvat
ruxiy tetik, fikrlash qobiliyati sog‗lom, iymon – etiqodi butun, bilimli, ma‘naviyati 
yuksak, mard va jasur, har tomonlama kamol topishini istaydi. Mustaqilligimizning 
dastlabki yillaridanoq Respuplikamizda sog‗lom avlodni tarbiyalashga katta e‘tibor 
berilmoqda. ―Barkamol‖ avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga 
kо‗tarilib, bu masalaga ustuvor vazifa deb qaralmoqda. Mustaqil vatanimizning 
birinchi ordeni ―Sog‗lom avlod uchun‖ deb atalgan, ―Sog‗lom avlod uchun‖ 
xalqaro xayriya jamg‗armasining tuzilganligi. 2000 yilni ―Sog‗lom avlod yili‖, 
2001 yilni ―Ona va bola yili‖ deb elon qilinganligi fikrimizning dalilidir. 
Prezidentimiz tomonidan ―Sog‗dom avlod‖ rukunidagi, maxsus yordamga muxtoj 
bо‗lgan bolalarni sog‗lomlashtirish, ularni sog‗lom kishilar qatoriga qо‗shish, 
ijtimoiy moddiy jihatdan ximoyalash, mexnatga, ijtimoiy xayotga moslashtirish 
masalalariga doir qator qarorlar, xujjatlar chiqarilmoqda, qabul qilinmoqda. 
Respublikamizda sо‗ngi paytlarda bolalarning sog‗lom tug‗ilishini ta‘minlash, 
anomaliyalarni oldini olish hamda jismoniy yoki ruxiy rivojlanishda kamchiliklari 
bо‗lgan bolalarni ertaroq aniqlash chora – tadbirlari ustida talaygina ishlar amalga 
oshirilmoqda. Bu masalani tez va samarali hal bо‗lishini ta‘minlash maqsadida 
onaning xomiladorlik davridan boshlab, to bola voyaga yetgunga qadar uning 
rivojlanishi tibbiyot xodimlari, о‗qituvchi va tarbiyachilar, psixolog, defektologlar 
tomonidan nazorat qilinib, ―Sog‗lom avlod‖ dasturini tо‗g‗ri amalga oshirilishini 
ta‘minlash chora – tadbirlari ishlab chiqilmoqda, tashkil etilmoqda. Natijada, 
xarakat – tayanch a‘zolari jaroxatlangan bolalar ham aniqlanib, ularga maxsus 
yordam kо‗rsatilmoqda. Harakat – tayanch a‘zolari jaroxatlangan bolalarning 
kо‗pchiligiga nogironlar aravachalari olib berilganligi sababli, ular bog‗cha va 
maktablarga qatnay boshladilar.
Harakat – tayanch a‘zolari jaroxatlangan bolalar serebral falaji, poliomiyelit 
(shol kasalligi asorati), xarakat tayanch azolarining turli tug‗ma va ottirilgan 
deformatsiyasi – artrogripos, oyoq qо‗llarning majruxligi axondroplaziya yoki 
xondrodistrofiya – tana, bо‗yin, boshning normal rivojlanayotgan bir paytda 
tug‗ma oyoq – qо‗l suyaklari о‗sishining orqada qolishi, miyopatiya – mushak 
tо‗qimalarida modda almashinuvi bilan bog‗liq bо‗lgan irsiy kasallikda mushaklar 
yaxshi qisqarmaydi, kishi qо‗l – oyoqni xarakatga keltira olmaydi.
Harakat - tayanch a‘zolari jaroxatlangan bolalarning kо‗pchiligida miya falaji 
kuzatiladi. BSF (Bolalar serebral falajligi) kasalligi xali yetilmagan, shakllanib 
bо‗lmagan miyaning kasalligidir. Onaning xomiladoarlik davrida ma‘lum 
kasalliklar bilan kasallanishi, tug‗ilish vaqtidagi patologik о‗zgarishlar, 
tug‗ilgandan to bir yoshgacha davr ichida bolaning kasallanishi natijasida bosh 
miyaning harakat zonalari shikastlanadi, uning natijasida esa miyaning yaxlit 
yetilishi kechikadi va buziladi. Oqibatda bolaning umumiy hamda nutqiy 
motorikasi (harakatchanligi) faoliyati buziladi. Nutqning rivojlanmasligi esa, 
intelektual rivojlanishni sekinlashtiradi. Kishi organizimining asosiy funksiyalari – 
nafas olish, qon aylanish, yutinish, tana harakati, nutqiy harakatlar va boshqalar 
harakat orqali mushaklarning qisqarish natijasida sodir etiladi. Harakatlar ixtiyoriy 
va ixtiyorsiz bо‗ladi. Aniq maqsadni kо‗zlab bajarilgan ixtiyoriy xarakatlar inson 


xatti xarakati, xissiy – irodaviy qobilyati, bilish faoliyatini, xulqning shakllanishida 
asosiy rо‗l о‗ynaydi. 
Murakkab nuqsonli bolalar Dunyodagi 500 milion axolining 10% 
nogironlardir. Shular jumlasiga murakkab nuqsonli anomal bolalar ham kiradi. 
Murakkabnuqsonli anomal bolalarda bir necha nuqson birgalikda kuzatiladi. Ular 
kompleksli nuqsonli bolalar kategoriyasi deb ham nomlanadi. Onalar va bolalar 
salomatligini yaxshilash, nogironlikning oldini olish, ekologik muvozanatni 
yanada barqarorlashtirish yuzasidan mamlakatimizda mustaqilligimizning birinchi 
kunidanoq muntazam amaliy ishlar olib borilmoqda. Respublikada kasal bolalar 
tug‗ilishi kо‗rsatkichi ming axoliga nisbatan 1991 – yildagi 34,5 dan 2000 – yilda 
21,4 ga kamaydi. Demak, hali ham bu borada kо‗pgina ishlar olib borilishi lozim. 
Ayollar, ayniqsa qizlar orasida uchraydigan chekish, spirtli ichmliklar ichish, 
narkotik moddalar qabul qilish, shifokor maslaxatisiz dori – darmonlar qabul 
qilish, ekologik muammolar va boshqa holatlar nogiron bolalar tug‗ilishiga sabab 
bо‗layotganini va uni oldini olish boasida kо‗proq balog‗at yoshidagi yigit – qizlar 
orasida tushuntirish ishlari keng tarzda olib borilishi maqsadga muvofiqdir. 
Olimlar tomonidan aniqlangan 400 dan ortiq dori – darmonlar xomila 
rivojlanishiga (dastlabki 1 – 2 oylar) salbiy ta‘sir etadi.
Murakkab nuqsonli maxsus yordamga muxtoj toifasiga kar – kо‗r - soqov 
bolalar, kar va aqli zaif, kо‗r va oligofren, harakat – tayanch a‘zolari jaroxatlangan 
va kо‗r yoki aqli zaif hamda xokozolar kiradilar. 
Oxirgi yillarda kо‗r va zaif kо‗ruvchi bolalar soni ancha kamaydi. 
Oftolmalogik yuutuqlar, erta diagnostikaning yangi usullarining qо‗llanilishi, 
kо‗rish organlari kasalliklarini davolash va korreksiya qilish natijasida maxsus 
maktab о‗quvchilarining kontingenti sezilarli darajada о‗zgardi. Kо‗r bolalar 
nisbatan kamaydi, ammo zaif kо‗ruvchi bolalar soni kо‗paydi. Ularning orasida 
maktab dasturini о‗zlashtira olmaydigan bolalar yaqqol kо‗rina boshladi. 
Kompleks, ya‘ni har tomonlama tekshirish, о‗rganish natijasida ularning kо‗rish 
qoblyatining buzilishi bilan birga oligofreniya tipidagi aqli zaiflik ham mavjudligi 
aniqlandi.Zaif kо‗ruvchi va aqli zaif bо‗lgan bolalarning о‗qitish va tarbiyalash 
ancha murakkab va о‗ziga xosdir. Odatda kо‗r va zaif kо‗ruvchi bolalar ―Brayl‖ 
sistemasida о‗qish va yozishni о‗rganadilar. Tо‗g‗ri tashkil etilgan ta‘lim natijasida 
kо‗r bolalar nuqta – relyefli shriftni tez о‗rganib oladilar. Aqli zaif kо‗r bolalarda 
bu jarayon sekin kechadi. Bunga bir qancha sabablar mavjud bо‗lib, markaziy nerv 
sistemasining organik shikastlanishi natijasida aqli zaif kо‗r bolaning kompensator 
imkoniyatlari sust bо‗ladi. Maxsus tashkil etilgan ishlar tufayligina eshitish 
analizatorlari kompensator vazifasini bajaradi. Aqli zaif о‗quvchilarning tafakkuri, 
tasavvuri, nutq fikirlash qobilyatini rivojlantirishda yordamchi maktabda 
kо‗rgazmali qurollardan keng foydalaniladi. Kо‗rlar maktabida kо‗proq nutq 
sо‗zga maxsus tiflografik kо‗rgazmali qurollarga asoslangan xolda ish yuritilsa, 
aqli zaif kо‗r bolalar bilan boshqacharoq ish yuritiladi. Ikkala holatda ham birinchi 
novbatda bolaning abstrakt tafakkuri yaxshi rivojlangan bо‗lishi kerak. Aqli zaif 
bolalarning esa bilish faoliyati turg‗un buzilgan bо‗ladi. Aqlan va zaif kо‗ruvchi 
bolalarning ta‘lim tarbiyasiga maxsus yondashgan xolda, maxsus yaratilgan tizim 
asosida о‗qitish va tarbiyalash lozim.


Murakkab bolalardan eshitish qobilyati va aqli zaif bolalar birinchi bо‗lib 
о‗rganilgan edi. Kar va zaif eshituvchi bolalarda ikkilamchi hodisa sifatida aqlan 
zaiflik kuzatilib boriladi. Natijada intelekti sog‗lom, eshitish qobilyati zaif 
bolalarni ham avli, ham eshitish qobilyati zaif bolalardan amalda ajratish ancha 
mushkul, ayniqsa ilk yoshlik chog‗larida. Hozirgi kunda ular uchun differensial – 
diagnostik me‘zonlar ishlab chiqilgan. Aqli va eshitish qobilyati zayf bolalar karlar 
yoki zaif eshituvchi bolalar maktab internatlarining yordamchi sinflarida 
yordamchi maktab dasturi bо‗yicha ta‘lim oladilar. Yordamchi sinflar kо‗rlar va 
zaif kо‗ruvchi bolalar maktab internatlari ham mavjud. 
Nutq nuqsoniga ega bо‗lgan bolalar Logopediya bu nutq buzilishlari xaqidagi 
maxsus ta‘lim va tarbiya vositasida nutq buzilishlarini о‗rganish, tuzatish va oldini 
olish xaqidagi pedagogik fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, 
mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini о‗rganadi. Shuning uchun uni maxsus 
pedagogika sarasiga qо‗shadilar. Logopediya termini grekcha loges, peydeo 
sо‗zlaridan tashkil topgan bо‗lib, tarjimada tо‗g‗ri nutqni tarbiyalash ma‘nosini 
anglatadi. Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati 
zaiflashgan shaxslarni о‗qitish va tarbiyalash jarayoni xisoblanadi. Logopediyani 
о‗rganish obyekti nutq nuqsoniga ega bо‗lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan 
nutq normasi bilan bir oz bо‗lsa ham chetga chiqish-bu nutq nuqsoni deb 
xisoblanadi. 
Zamonaviy logopediya strukturasi maktabgacha yoshli maktab bolalar 
logopediyasi, о‗smirlar va 
katta 
yoshdagilar logopediyasiga bо‗linadi. 
Logopediyaning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bor shaxslarni о‗qitish, 
tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asosalangan sistemasini ishlab chiqish, 
shuningdek nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fani nutqida 
nuqsoni bor bolalarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlan I.P.Pavlov 
ta‘limotiga muvofik nutq bosh miyaning murakkab psixo-fiziologik funksiyasini, 
uning ikkilamchi signal sistemasini о‗zida namoyon etadi. Birinchi va ikkinchi 
signallar sistemasi bir-biribilan uzviy bog‗langandir. Ikkinchi signal sistemasi 
birinchi sistema asosida shakllanadi. Ammo keyinchalik ikkinchi signal 
sistemasining birinchi signal sistemasiga tartibga soluvchi ta‘siri namoyon bо‗ladi. 
Sо‗z aloxida xususiyatning signali, umumlashtirish qurolidir. Birinchi va ikkinchi 
signal sistemalari orasidagi о‗zaro murakkab aloqalarni xisobga olish nutq 
buzilishini tuzatish, bо‗zilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning о‗rnini bosish ustida 
samarali logopedik ish olib borish uchun imokniyat yaratadi. 

Download 485.12 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 485.12 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Harakat – tayanch a’zolari jaroxatlangan bolalar

Download 485.12 Kb.
Pdf ko'rish