Ulushga egalik qilish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozlar




Download 376,92 Kb.
bet18/94
Sana30.05.2024
Hajmi376,92 Kb.
#257286
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94
Bog'liq
1 mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

2. Ulushga egalik qilish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozlar
O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, bizning Respublikamizda qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlari amal qiladi:
Aksiyalar;
Obligatsiyalar;
Depozit sertifikatlari;
Depozit tilxatlari;
Veksellar.
Aksiyalar, obligatsiyalar va deposit sertifikatlari aks ettiriladigan rekvizitlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi qoshidagi «Qimmatbaho qog‘ozlar bozorini koordinatsiyalash va nazorat qilish Markazi» depozit sertifikatlari va veksellarda aks ettirilgan rekvizitlarni esa O‘zbekiston Respublikasi Markziy banki belgilaydi.
Qimmatli qog‘ozlar nomi (egasi) yozilgan va taqdim etuvchiga tegishli bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar basharti mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan bog‘liq holda ro‘yobga chiqarish uchun emitent (qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi) tomonidan yoki uning topshirig‘iga binoan qimmatli qog‘ozlar kasb faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilot tomonidan egasining nomini qayd etish zarur bo‘lsagina egasi yozilgan bo‘ladi. Egasi yozilgan qimmatli qog‘ozni bir mulkdordan ikkinchisiga berish hisob-kitobdagi tegishli yozuvlarni o‘zgartirishda aks etadi.
Qimmatli qog‘ozlar basharti mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan bog‘liq holda ro‘yobga chiqarish uchun qimmatli qog‘ozlarni taqdim etishning o‘zi etarli bo‘lsa, taqdim etuvchiga tegishli hujjatlar deb hisoblanadi. Taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog‘ozlar erkin muomaladi bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlarning eng keng tarqalgan turi aksiyalar hisoblanadi.
Aksiya bu aksiyadorlik jamiyatining Ustav fondiga yuridik yoki jismoniy shaxs muayyan hissa qo‘shganidan guvohlik beruvchi, aksiya egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi kamida unga dividend olish va odatda, ushbu jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli qog‘ozdir.
Boshqacha qilib aytganda, aksiya aksiyadorlik jamiyat chiqargan qimmatbaho (daromad keltiruvchi) qog‘oz. Aksiya o‘z egalariga, ya’ni aksiyadorlarga hissadorlik jamiyati ixtiyoridagi umumiy mulkdan o‘ziga tegishli ulushiga huquqi borligi to‘g‘risida guvohlik beradi. Amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan aksiya blankalarining majburiy rekvizitlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
Aksioner jamiyatining nomi va joylashgan manzili;
Qimmatli qog‘ozning nomi «Aksiya»;
Navbatdagi nomer;
Chiqarilgan vaqti;
Aksiya turi (oddiy va imtiyozli);
Nominal qiymati va toifasi;
Egasining nomi.
Aksiya chiqarilgan aksioner jamiyatining Ustav fondining miqdori;
Muomalaga chiqarilgan aksiyalar soni;
Imtiyozli aksiyalar uchun to‘lanadigan dividend miqdori va to‘lash muddati;
Aksoner jamiyati ijroiya organi rahbarining imzosi (boshqaruv, direksiya).
Qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan korxonaning muhri. Aksiyalar davlat tilida to‘liq yoziladi. Jamiyat a’zolarining xohishiga ko‘ra boshqa tillarda ham yozilishi mumkin.
Aksiyalar egasining ismi yozilgan va yozilmagan, imtiyozli va oddiy bo‘lishi mumkin. Aksiyada ko‘rsatilgan va jamiyat aksiyadorlarini ro‘yxatga olish daftariga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsgina egasi yozilgan aksiyaning sohibi bo‘lishi aksiyador deb e’tirof etiladi. Egasi yozilmagan aksiyalar jamiyat aksiyalarining ro‘yxatga olish daftariga kiritilmagan holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriladi.
Oddiy (odatdagi) aksiyalar ovoz beruvchi bo‘lib, ularning egalariga dvidendlar olish, jamiyatning umumiy yig‘ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Imtiyozli aksiya egalari dvidendlarni, shuningdek aksiyadorlik jamiyati tugatilganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqiga egadir. Imtiyozli aksiyalar ularning egalariga, korxona foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qa’tiy nazar, muayyan dvidendlar olish huquqini beradi.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari faqat egasi yoziladigan aksiyalar bo‘lishi mumkin, ularni boshqa shaxsga o‘tkazish tartibi ustavda belgilanib qo‘yiladi. Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlariga aksiyalar o‘rniga ularning nominal qiymatiga teng so’mmada sertifikatlar berishi mumkin.
Chiqariladigan aksiyalarning xillari, ularni tarqatish va joylashtirish, ular bo‘yicha dividendlarni to‘lash tartibini har bir aksiyadorlik jamiyati o‘zining Ustaviga asosan amalga oshiradi.
Aksiya bo‘linmasdir. Bu degani aksiyaga bir necha kishi egalik qilishi mumkin (masalan, er va xotin). Lekinda aksioner jamiyatining yig‘ilishida ular bir ovozga ega bo‘ladi.
Aksiya mulkka egalik qilish huquqini shartli ravishda beradi. U zayom emas. Aksiyada qoplash muddati ko‘rsatilmaydi. Aksiya egasining javobgarligi faqat uning ixtiyoridagi aksiya miqdori bilan chegaralangandir. Shuning uchun ham u jamiyat uchun javob bermaydi.
O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunida aksiyadorning huquqlari batafsil yoritilgan. Qonunga ko‘ra aksiyadorlar:

  • jamiyat mablag‘iga qo‘shgan hissasini va shunga muvofiq topilgan foydaning bir qismini dividend tariqasida olishi;

  • aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qarorlarni ishlab chiqarishda ovoz berish, mazkur hissadorlik jamiyatining sotib olishda ustunlik qilish;

  • inqirozga uchragan chog‘da hissadorlik jamiyatining bir bo‘lagiga egalik qilish;

  • o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalar va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish va h.k.

Bu huquqlar aksiyalarning xillariga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Masalan: oddiy aksiyalar egalari jamiyat Ustaviga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida barcha masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etsa, imtiyozli aksiyalarning egasi bunday huquqga ega emas va h.k. Aksiyalarni boshqa shaxsga mulk qilib o‘tkazish mumkin. Bu holda egasi yozilgan aksiyalar (sotib olinishi, hadya qilinishi, meros bo‘lib o‘tganda) egasining o‘zgarganini qayd etuvchi organ aksiya yangi egasining ismi yoki nomini kiritadi. Aksiyadorlik jamiyati ma’lum bir vaqt o‘tgandan keyin aksiyalarni qayta sotish, o‘z xodimlari orasida tarqatish yoki bekor qilish maqsadida aksiyadorlardan ularni sotib olish ham mumkin. Chunki aksiyalar ko‘pi bilan bir yil ichida joylashtirilishi lozim. Ana shu davr ichida dividendlarni taqsimlash, shuningdek, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish va kvorumni aniqlash jamiyat sotib olgan o‘z aksiyalarini hisobga olmagan holda o‘tkaziladi.
Jamiyat o‘z aksiyalarini mustaqil ravishda yoki investitsiya institutlari orqali sotib olishi mumkin. Aksiyalar chiqarilganda ularning nominal aksiyada ko‘rsatilgan, (masalan, 100 dollar, 500 dollar, 100 so’m va h.k.) qiymati bo‘ladi, lekin ular bozor narxida sotiladi, narx nominal qiymatidan yuqori yoki past bo‘ladi. Bozordagi talab va taklifga qarab aksiyaning bozor narxi shakllanadi, bunga bozor kursi deb ataladi. Bozor kursi yoki narxini belgilanishi qimmatli qog‘ozlar katirovkasi deyiladi va u fond birjasida amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarning bozorda yaxshi sotilishi korxona, firma uchun o‘zgalar pulini moliyaviy resursga va so‘ngra kapitalga aylantirib, o‘zining mavqeini mustahkamlab yaxshi foyda olishga imkon beradi. Aksiya kursiga ta’sir etuvchi omilar turlicha bo‘ladi. Germaniya mutaxassislari fikriga ko‘ra unga iqtisodiy, siyosiy va ruhiyat omillari ta’sir etadi.
Firma emitent sifatida qimmatli qog‘oz sotsa, xaridor sifatida uni bozordan sotib ham oladi. Odatda firma o‘zi bilan yaqin iqtisodiy aloqada bo‘lgan firmalar, banklar, sug‘urta va investitsiya kompaniyalari aksiyalarini va davlat obligatsiyalarini yoki ko‘proq o‘z mahsulotlarini sotib oluvchi yoki unga kerakli resurslarni sotuvchi korxonalar aksiyasini sotib oladi, chunki ular bir birlarining yaxshi moliyaviy ahvolidan o‘zaro manfaatdor bo‘ladilar.
Bozor munosabati sharoitida xo‘jalik subyektlari moliya jihatdan ham o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak, ammo ular foyda ko‘rib rentabelli ishlashi, foyda hisobidan o‘z moliya resurslarini orttirib borishlari ham shart, bu siz ular raqobatga bardosh bera olmaydilar. Demak, moliyaviy baquvvat bo‘lish raqobatchi chidamli bo‘lishi demakdir.



Download 376,92 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94




Download 376,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ulushga egalik qilish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozlar

Download 376,92 Kb.