|
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari
|
bet | 22/94 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 376,92 Kb. | | #257286 |
Bog'liq 1 mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning moKalit so’zlar: moliyaviy taktika, boshqaruv, boshqaruv obyekti, subyekti, moliyaviy apparat, moliyaviy rejalashtirish.
Mashg’ulotning maqsadi: Moliyani boshqarish va rejalashtirishni tavsiflash.
O’qitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, o’quv qo’llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo’llanma va shu kabilar.
O’qitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo’shimcha yoritish.
1. Moliyaviy boshqaruv
Boshqaruv - bu ma’lum bir natijaga erishish uchun obyektga ta’sir etishning maqsadli uslublari va yo’llari yig’indisidir. Boshqaruv jarayoni inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan moliyaviy sohasiga ham taalluqlidir. Boshqarish, insonlarning ongli ravishdagi maqsadga yo’naltirilgan faoliyati sifatida, jamiyat rivojlanishining obyektiv qonuniyatlarini bilishga asoslanadi. Shu bilan birgalikda, boshqarishga davlat tegishli boshqarish tuzulmalari orqali katta ta’sir o’tkazadi.
Boshqarish obyekti – turli shakldagi moliyaviy munosabatlar (korxona moliyasi, sug’urta, davlat moliyasi) turidir.
Boshqarish subyekti – moliyani boshqarishni amalga oshiruvchi tashkiliy tuzilmalar, institutlar, korxonalarning moliya xizmati, davlatning moliya organlari va davlat soliq xizmati hisoblanadi.
Moliyaviy boshqaruv faoliyatining muhim sohasi moliyani boshqarish hisoblanadi. Uni ma’lum bir uslub va tamoyillarga hamda turli rag’batlantirish va jazo (sanksiya)larga tayanib maxsus apparat amalga oshiradi. Boshqaruv faoliyati – oldinga qo’yilgan masalalarni tezroq hal qilish maqsadida mavjud usullar orasidan eng samaraligini tanlash yoki qo’llanilayotgan usullardan oqilona foydalanish uchun shart – sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Har qanday boshqaruv tizimiga xos bo’lgani kabi, moliyani boshqarishda ham obyektlar va subyektlar mavjud bo’ladi. Moliyani boshqarishning obyekti bo’lib turli moliyaviy munosabatlar hisoblanadi; subyektlari esa, boshqarishni amalga oshiruvchi tashkiliy tuzulmalar hisoblanadi.
|
| |