|
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari
|
bet | 24/94 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 376,92 Kb. | | #257286 |
Bog'liq 1 mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning moTezkor (operativ) boshqarish – mavjud moliyaviy holatni tezkor (operativ) tahlil qilish asosida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash yordamida minimal xarajat qilib maksimal samaraga erishishga qaratilgan chora-tadbirlar yig’indisidir. Tezkor (operativ) boshqarish egiluvchanlik xususiyatiga egadir.
Nazorat - boshqaruv elementi sifatida bir vaqtning o’zida moliyani rejalashtirishda hamda tezkor (operativ) boshqarishda qo’llaniladi. Nazorat haqiqiy natija bilan rejadagi ko’rsatkichlarni taqqoslashga yordam beradi, moliyaviy resurslarni o’sish rezervlarini aniqlaydi va samarali xo’jalik yuritish yo’llarini ko’rsatib beradi.
Moliyani boshqarish strategik yoki umumiy boshqaruv va tezkor (operativ) boshqaruvlarga bo’linadi.
Strategik boshqaruv istiqbolni belgilash, maqsadli dasturlar va boshqalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan moliyaviy resurslar hajmini o’rnatish orqali namoyon bo’ladi. U davlat va iqtisodiy (xo’jalik) boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Moliyani strategik (umumiy) boshqaruv subyektlarini: Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devoni tashkil etadi.
Strategik moliyaviy menejment - maqsadli dasturlar uchun moliyaviy resurslar miqdorini aniqlaydigan kelajak uchun moliyaviy prognozlash. Bunday boshqaruvni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Moliya vazirligi, Prezident devoni va O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi amalga oshiradilar. Moliyaviy menejment sohasida Moliya vazirligining vazifalari quyidagilardan iborat:
byudjet loyihasini tayyorlash, uni ijro etish va moliyaviy barqarorlikni ta'minlash;
moliya bozorini rivojlantirish;
milliy ehtiyojlarni maqsadli moliyalashtirish;
moliyaviy va byudjetni rejalashtirish uslublarini takomillash- tirish;
byudjet mablag'lari ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish.
|
| |