• Oldini olish funksiyasi
  • Mulkiy sug ’urta
  • 1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari




    Download 376,92 Kb.
    bet45/94
    Sana30.05.2024
    Hajmi376,92 Kb.
    #257286
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94
    Bog'liq
    1 mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

    Tavakkalchilik funksiyasi sug’urtaning talofat ko’rgan xo’jaliklarga pullik yordam ko’rsatish bo’yicha asosiy yo’nalishi zarar ko’rishning tasodifiy ehtimolligi bilan bevosita bog’liq. Aynan tavakkalchilik funksiyasining amal qilish doirasida sug’urta ishtirokchilari o’rtasida bo’lishi mumkin bo’lgan sug’urta hodisalari oqibatlari bilan bog’liq pul shaklidagi qiymatning qayta taqsimlanishi ro’y beradi.
    Oldini olish funksiyasi sug’urta fondi mablag’larining bir qismi hisobidan sug’urta tavakkalchiligini kamaytirish bo’yicha tadbirlar moliyalashtiriladi.
    Jamgarish funksiyasida sug’urta mablag’lari sug’urta fondlari sifatida to’planadi va ma’lum muddatgacha sug’urtalash shartnomalari bo’yicha mablag’larni jamg’arish uyg’unlashib ketadi. Bunda pul mablag’larini jamg’arish sug’urtaviy himoyaga bo’lgan ehtiyoj bilan bog’liqdir. Shu bilan sug’urta jamg’arish funksiyasini bajarishi amalga oshadi.
    Sugurtaning nazorat funksiyasi sug’urta fondining qat’iy maqsadli shakllantirilishi va ushbu mablag’lardan to’g’ri foydalanishdan iborat. Mazkur funksiya yuqoridagi funksiyalardan kelib chiqadi va muayyan sug’urta munosabatlarida aks etadi. Nazorat funksiyasi qonunchilik va turli direktiv hujjatlar asosida sug’urta taomillarining to’g’ri bajarilishi ustidan moliyaviy sug’urta nazoratini amalga oshiradi.
    Sug’urtaning tasniflanishi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning turli soha, tarmoq va faoliyat turlari doirasida amalga oshiriladi. Shunga muvofiq sug’urta munosabatlarini quyidagicha tasniflashimiz mumkin:
    Mulkiy sugurta – moddiy qiymatliklarni turli baxtsiz hodisa va tabiy ofatlardan zarar ko’rmasligini ta’minlash yoki ro’y bergan holatda qoplash hisoblanadi; fuqarolar hayot sug’urtasida – ularning hayoti, sog’ligi, mehnatga layoqati; javobgarlik sug’urtasida sug’urtalanuvchilarning turli javobgarliklari, mas’uliyatlari, majburiyatlari; tadbirkorlik faoliyatida esa uning tadbirkorlik ishlari turli tavakkalchiliklardan sug’urtalanadi.
    Mulkiy sug’urta mulkchilik shakli va sug’urtalanuvchilar toifalaridan kelib chiqib, bir nechta tarmoqlarga bo’linadi: davlat korxonalari mol-mulk sug’urtasi, jamoa xo’jaliklari, ijarachilar, shirkatlar, hissadorlik jamiyatlari va jamoatchilik tashkilotlari mol-mulk sug’urtasi hamda fuqarolar mol-mulk sug’urtasi.
    Mulkiy sug’urtaning turlariga turli jihozlar, asbob-uskunalar, chorva mollari, ro’zg’or buyumlari, transport vositalari, qishloq xo’jalik ekinlari hosili va boshqa turli xo’jalik kategoriyalari sug’urtasi misol bo’la oladi.

    Download 376,92 Kb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94




    Download 376,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari

    Download 376,92 Kb.