Taqchillikning kelib chiqish sabablari




Download 376,92 Kb.
bet78/94
Sana30.05.2024
Hajmi376,92 Kb.
#257286
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   94
Bog'liq
1 mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

Taqchillikning kelib chiqish sabablari:

  • iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida davlat byudjeti hisobidan kapital qo’yilmalar hajmining oshib ketishi;

  • favqulodda holatlar – urushlar, davomiy ommaviy tartibsizliklar, tabiiy ofatlar;

  • YaIM o’sish sur’atlarining pasayib ketishi, ishlab chiqarishning izdan chiqishi;

  • byudjet daromadlari bazasining mustahkam emasligi;

  • YaIM ning o’sish sur’atlariga erishmasdan turib markazlashgan uzoq muddatli investisiyalarni, ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirishning muttasil oshirib borilishi;

  • iqtisodiy inqirozlar va boshqalar.

Byudjet defitsitini bank resurslari hisobidan moliyalashtirishning eng keng qo’llanilgan turi bu – davlat bankining kredit resurslari hisobidan defitsitni moliyalashtirish bo’lib hisoblanadi. Jahon tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, aksariyat mamlakatlarda byudjet defitsitini bartaraf etishda pul emissiyasi xizmatidan keng foydalanilgan. Bu esa o’z vaqtida byudjet defitsitini emission kredit berish orqali tartiblashtirishga yo’l ochib berdi. Shu tariqa byudjet defitsitini moliyalashtirish mexanizmi orqali muomalaga tovar-moddiy qimmatliklar bilan ta’minlanmagan pullar chiqartirilishi uchun yo’l ochib berildi.
Rivojlangan davlatlarda, xususan, AQSh, YeI davlatlarida byudjet defitsiti bilan pul massasining o’sishi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik bo’lmasada, mazkur mamlakatlarning Markaziy banklari iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil bo’lib, pul-kredit siyosatiga oid qarorlarni hukumatning yo’riqnomalarisiz mustaqil tarzda qabul qilishi yuqoridagi bog’liqlikni chetlab o’tmaydi. Byudjet siyosati ham o’z navbatida, pul-kredit siyosatidan ajratilgan holda ishlab chiqiladi va pul massasining tovarlar bilan qoplanishini nazarda tutadi.
Amaliyot natijalariga nazar tashlasak, byudjet defitsiti soliqlarning qisqarishi yoki davlat xarajatlarining ko’payishi hisobidan bo’lishi mumkin, ammo bunday jarayonda doimo foiz stavkalarining o’sishi kuzatiladi. Markaziy bank foiz stavkalarining keskin o’sib ketishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida, ochiq bozordan davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishi orqali pul massasining o’sishiga imkoniyat yaratib bermoqda. Bu esa defitsit va pul massasining o’sishi o’rtasidagi bog’liqlikni Markaziy bank orqali yuzaga keltirish imkoniyatini yaratmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini ta’minlash uchun investisiyalarning byudjetdan moliyalashtirishi zarurligini hech kim inkor etmaydi. Lekin ayni paytda bu byudjet defitsitini qisqarishiga olib kelmasligini ham hisobga olish kerak. Binobarin, iqtisodiyotni erkinlashtirish byudjet xarajatlarini investisiyalardagi ustuvorligining nodavlat moliyaviy manbalarga qaratilishi muhimdir.
Shuni ham ta’kidlash joizki, investisiyalarning moliyaviy manbalari sanoqlidir. Ular aholi jamg’armalari, byudjet mablag’lari, xo’jalik faoliyati subyektlari mablag’lari va nihoyat pulga chaqilgan turli moddiy aktivlardan iborat.
Byudjet daromadlari, xarajatlari va taqchillikni moliyalashtirish tasnifidan kelib chiqqan holda quyidagi takliflarni bildirish mumkin:

  • Inflyasiya sharoitida taqchillikni moliyalash manbalari asosan ichki qarz mablag’lari va manbalari hisobiga amalga oshirilmoqda. Fikrimizcha, tashqi qarz mablag’larini jalb etish milliy iqtisodiyotning yanada taraqqiy topishi uchun muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Mazkur jarayonni xorijiy mamlakatlar va milliy modelning xususiyatlarini hisobga olgan hoda amalga oshirish mumkin.

  • Milliy iqtisodiyotning so’nggi yillardagi barqaror rivojlanishi, davlat byudjetning ikki davomida profisit bilan ijro etilishi iqtisodiyotda investisiya uchun zahira jamag’armalarining mavjudligidan dalolat beradi, bu esa davlat xarajatlarini yanada oshirish, ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmini oshirishga shart-sharoit yaratadi. Shu ma’noda byudjet ijrosining yangi tizimi hisoblangan G’aznachilikni joylarda qisqa muddatlarda joriy etishga sarf-xarajatlarni moliyalashtirishni oshirish imkoniyati mavjud.

  • Byudjet taqchilligini kamaytirish iqtisodiyotda mutanosiblikni ta’minlashi muhim omili hisoblanadi. Buning uchun esa boshqaruv xarajatlarini qisqartirish, dotatsiyalarning har xil turlarini va narxlarini qoplash uchun mablag’ ajratilishini kamaytirish, markazlashtirilgan kafolatlash tizimidan voz kechish, mahalliy byudjetlar mustaqilligi va o’z-o’zini moliyalashtirishga erishish lozim.


Download 376,92 Kb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   94




Download 376,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Taqchillikning kelib chiqish sabablari

Download 376,92 Kb.