|
Sekvestr – davlat xarajatlarini har oyda barcha xarajatlar moddalari kesimida kamaytirib borish amaliyotidir.
Byudjetning himoyalangan xarajat moddalari
|
bet | 79/94 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 376,92 Kb. | | #257286 |
Bog'liq 1 mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning moSekvestr – davlat xarajatlarini har oyda barcha xarajatlar moddalari kesimida kamaytirib borish amaliyotidir.
Byudjetning himoyalangan xarajat moddalari: ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, pensiyalar, moddiy yordam, stipendiya, qishloq xo’jaligi investisiyalari va ko’mir sanoati.
5. Byudjet tizimi va qurilishi.
Davlat byudjeti davlat moliyasining markaziy bo’g’ini bo’lishi bilan bir qatorda moliya tizimining asosini tashkil etadi. Davlat byudjetning iqtisodiy tuzilishi va mazmuni bevosita davlatning funksiyasi va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Chunki davlat jamiyatni boshqarish uchun o’z oldiga bir nechta vazifalarni qo’yadiki, u vazifalarni moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlashda byudjet mablag’lari xizmat qiladi.
Davlat byudjeti yaxlit hukumatga xizmat qilish bilan bir qatorda moliyaviy resurslarni tarmoqlararo qayta taqsimlashda, hududlararo, mulk shakllari kesimida qayta taqsimlashda ham bevosita ishtirok etadi. Masalan, tarmoqlararo qayta taqsimlashda har qanday iqtisodiy tizimda ham ayrim tarmoqlar uchraydiki, zamon ularning daromadlari o’z xarajatlarni qoplay olmasada, lekin ular ishlab chiqarayotgan tovarlar, ko’rsatayotgan xizmatlar va bajarayotgan ishlar umumjahon ahamiyatiga molik bo’lgan tadbirlar bilan bog’liqdir. Bunday tarmoqlar tarkibiga: energetika, tarnsport, sport va boshqalar kirishi mumkin. Ushbu tarmoqlarga byudjet orqali yuqori rentabelli tarmoqlarning moliyaviy resurslari olinib qaytadan taqsimlab beriladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Respublika byudjeti;
2. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar;
3. Davlatning maqsadli fondlarining byudjetlari.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti o’zida Qoraqalpogiston Respublikasining respublika byudjetni va respublikaga buysunuvchi shaharlar va tumanlar byudjetlarini birlashtiradi.
Viloyatlar byudjeti – o’zida viloyat byudjeti va viloyatga kiruvchi shaharlar va tumanlar byudjetlarini birlashtiradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Sekvestr – davlat xarajatlarini har oyda barcha xarajatlar moddalari kesimida kamaytirib borish amaliyotidir.
Byudjetning himoyalangan xarajat moddalari
|