• 1. Davlat byudjeti loyihasini tayyorlash.
  • 1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari




    Download 376,92 Kb.
    bet81/94
    Sana30.05.2024
    Hajmi376,92 Kb.
    #257286
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   94
    Bog'liq
    1 mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

    6. Byudjet jarayoni


    Byudjet jarayoni – hukumat (moliyaviy) organlarining faoliyati: byudjetni tuzish, ko’rib chiqish, nazorat qilish, qonun bilan tartibga solishlardir. Byudjetni tuzish va amalda bajarish ijro etuvchi hokimiyat tomonidan, uni tasdiqlash esa qonun chiqaruvchi organ tomonidan bajariladi.
    1. Davlat byudjeti loyihasini tayyorlash. Shaharlar va tumanlar hokimiyatlari (uning tarkibiga kiruvchilar) keyingi moliya yili uchun ko’rsatilgan hududlar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar hokimiyati va Toshkent shahri hokimiyati qarorlari bilan aniqlangan byudjet loyihalarini kelishilgan muddatlarda (ammo yigirma beshinchi iyundan kechikmasdan) yuqori turuvchi moliya organlariga taqdim etadi. Qoraqalpog’iston Respublikasining vazirliklari va boshqarmalari, Toshkent shahri va viloyatlar hokimiyatlarining bo’lim va boshqarmalari, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasining Respublika byudjetidan, Toshkent shahri va viloyatlar hokimiyatlarining byudjetidan mablag’ oluvchilar Qoraqalpog’iston Respublikasining Moliya Vazirligiga, Toshkent shahri va viloyatlar hokimiyatlari moliya bo’limlariga kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengisi, viloyatlar hokimiyati va Toshkent shahri hokimiyati qarorlari bilan aniqlangan muddatlarda (ammo birinchi iyundan kechikmasdan) o’zlarining arizalarini topshiradilar. Shundan so’ng, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengisi, viloyatlar hokimiyati va Toshkent shahri hokimiyati o’z hududlari bo’yicha byudjet loyihalarini O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda (ammo birinchi iyuldan kechikmasdan) taqdim etadilar. Vazirliklar va respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’ini oluvchilar xuddi yuqoridagi ko’rinishda o’z arizalarini taqdim etadilar. Moliya vazirligi kerakli ma’lumotlarni va hujjatlarni talab qiladi va kelgusi moliya yili uchun joriy yilning birinchi oktyabrigacha davlat byudjetining loyihasini tuzadi.

    Download 376,92 Kb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   94




    Download 376,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari

    Download 376,92 Kb.