• Kalit so ’zlar
  • 1. Halqaro moliya: mazmuni va tashkiliy tamoyillari
  • 1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari




    Download 376,92 Kb.
    bet91/94
    Sana30.05.2024
    Hajmi376,92 Kb.
    #257286
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
    Bog'liq
    1 mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

    14-MAVZU: HALQARO MOLIYA.
    Reja:
    1. Halqaro moliya: mazmuni va tashkiliy tamoyillari.
    2. Halqaro moliya(ning) asoslari va rivojlanish tendensiyalari.
    3.Halqaro moliya bilan bog’liq munosabatlar. Jahon banki va Halqaro valyuta fondi.

    Kalit sozlar: transmilliy korporasiyalar, transmilliy banklar.
    Mashgulotning maqsadi: mamlakat bo’yicha to’lov balansining holati va o’zgarishini, halqaro moliyaviy bozorlar, halqaro moliyaviy korporasiyalar, halqaro bank va investision faoliyati haqida tushuncha berish.
    Oqitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, o’quv qo’llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo’llanma va shu kabilar
    Oqitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo’shimcha yoritish.


    1. Halqaro moliya: mazmuni va tashkiliy tamoyillari


    Halqaro moliya – halqaro moliyaviy resurslar va ularning global xarakatini tavsiflovchi tushunchadir. Jahon savdosining shiddatli o’sib borishi, ishlab chiqarish masshtabi va ixtisoslashuvining rivojlanishi, kapitallarnining halqaro oqimini, davlatlararo tovarlar, xizmatlar va mehnat resurslarining xarakatini rivojlanishi halqaro moliyaning rivojlanishi va halqaro moliyaviy bozorlarning shakllanishi, davlatlararo moliyaviy munosabatlarni tobora murakkablashuvi uchun sharoit yaratdi.
    Jahon moliya tizimining asosiy ishtirokchilari banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar va halqaro rasmiy qarz beruvchi donorlar hisoblanadi.
    Jahon moliyaviy resurslari(global moliyaviy resurslar)- barcha mamlakatlar, halqaro tashkilotlar va jahonning moliyaviy markazlariga tegishli moliyaviy resurslarning global hajmidir. Ular halqaro iqtisodiy munosabatlarda ya’ni rezident va norezidentlar o’rtasidagi munosabatlarda foydalaniladi.
    Jahon moliyaviy resurslarining manbalari quyidagilardan iborat:
    - donor mamlakatlar, qaysiki, jahon moliyaviy resurslarida ustuvor ahamiyat kasb etuvchi iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar;
    - halqaro tashkilotlar fondlari;
    - xususiy shaxslar, kompaniyalar, tashkilotlar, rivojlangan mamlakatlar hukumatlariga tegishli jahon oltin valyuta zahiralarining sezilarli qismi va boshqalar.
    Keyingi yillarda halqaro moliyaning rivojlanishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatdi.
    Halqaro moliyaviy operatsiyalar alohida mamlakatlarning milliy moliya tizimiga jiddiy ta’sir ko’rsatish imkoniyatlariga ega bo’la boshladi.
    Jahon iqtisodiyotining globallashuviga transmilliy korporasiyalar (TMK) va transmilliy banklarning (TMB) vujudga kelishi va keskin rivojlanishi ham sezilarli turtki bo’ldi. Butunjahon xo’jaligining transmilliylashuvi natijasida mamlakatlararo milliy ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va birlashishi TMKlarning faoliyatini yanada rivojlantirdi. TMKlar tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga bevosita investisiyalash ishlab chiqarishda menejment, marketing, texnologiyalarni joriy etishning yangi usullarining yoyilishiga va shu asosda, jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini tezlashtirdi.
    Iqtisodiyotni tartibga soluvchi eski davlatlararo mexanizm o’rniga globallashuv, integratsiya, transmilliylashuv va mintaqalashuv jarayonlariga muvofiq keladigan munosabatlar qaror topa boshladi. Ikki tomonlama manfaatli munosabatlar ko’p tomonlama hamkorlikka, milliy ishlab chiqarish transmilliy ishlab chiqarish shakliga o’ta boshladi. Jahon iqtisodiy ta’sirchan subyektlari rolini butunjahon xo’jaligining qariyb barcha sohalarini tartibga solib turuvchi turli halqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar egallay boshladi.
    Ayniqsa keyingi yillarda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining ta’sirida jahon xo’jaligining taraqqiyotidagi o’zgarishlar halqaro moliyaga jiddiy ta’sir etdi.
    Byudjet defitsiti esa dunyodagi har 5 mamlakatdan 4 tasida kuzatildi. Bunga sabablardan homashyo mahsulotlar narxining tushishi, kredit berishdagi ko’plab cheklovlar hamda davlatlarning proteksionizm siyosatining unchalik qattiq qo’llamasligi orqali tovarlarga nisbatan talabning kamayib ketishiga olib keldi. Shu bilan bir qatorda davlatlarning tashqi qarzdorligi oldingi yilga nisbatan o’rtacha 6%ga kamaydi, chunki halqaro banklarning yangi kredit ajratmalari yo’qoldi. Global tanazzul aslida esa moliya bozoriga nisbatan ishonchsizlikning oshishi, banklarning tanazzuli, kredit ajratmalarining qisqarishi, ipoteka bozorlaridagi narxlarning tushib ketishi, kapital qo’yilmalarning foiz ulushlarining qisqarishi, iste’molchilarning ishonchsizligi hamda savdo tushumining keskin kamayishi asosiy sabablardan, deb belgilanadi. Bunday ko’rinishdagi moliyaviy qiyinchiliklarga javoban ko’pgina davlatlar ko’proq monetar va fiskal siyosatga e’tiborni qaratib, proteksionistik siyosatni esa amalga oshirishni ma’qul topmadilar. Byudjet defitsiti oqibatida har 15 davlatdan 14 tasi aylanma kapitalga ehtiyoj sezdi. Bu esa global miqyosda g’aznadagi yangi davlat qarzlarini keltirib chiqardi, ya’ni iqtisodni rivojlantirishga sarflanadiga chiqimlar miqdori jahon bo’yicha o’rtacha 4 trillion AQSh dollarni tashkil etib qo’ydi. Ustama foiz ulushi darajasi past ko’rsatkichlarda ushlab turish hamda qarzlarni to’lash uchun iqtisodiyotdagi valyuta miqdorini oshirdilar. 2019 yilning boshida inflyatsiya bilan ta’sirlashuvsiz mahsulot hajmi bozorda ko’payib ketdi. Bu yerda foiz darajalarni ko’paytir- masdan inflyasiya darajasini me’yorda ushlab turish markaziy banklarning ma’suliyatli ishidir, ammo iqtisodiy o’sishga bu salbiy ta’sir ko’rsatdi. Jahondagi tannazzul dunyoning yana boshqa masalalarida global mumammolarni yuzaga chiqardi. Allaqachon to’lib toshgan globusdagi har yili o’rtacha 80 millionga ko’payib borayotgan dunyo aholisi endi ishsizlik, ekologiya muhitining yomonlashuvi, zararli chiqindilarni yo’qotish muammosi, epidemiya, ichimlik suvining tanqisligi, ochlik, dengiz baliqchi- ligining belgilangan me’yordan ortiq rivojlanishi, daraxtzorlarning kamayishi, cho’llashish hamda qayta tiklanmaydigan resurslarga nisbatan iste’molning ko’pligi kabi muammolarga duch kelmoqda. Iqtisodiy-siyosiy boshqaruv organi bo’lgan mahalliy hukumatlar esa halqaro emigrasiya, tovarlar oqimi, moliyaviy holat hamda texnologik o’zgarishlarni boshqarolmay qoldilar. Davlat ichkarisi- dagi regional separatistik harakatlar kichik etnik va millatlararo kelishmovchiliklar ustidan boshqaruvni yo’lga qo’ya oldilar. Bunga ko’pgina sobiq ittifoq davlatlari, sobiq Yugoslaviya, Hindiston, Iroq, Indoneziya va Kanada davlatlari misol bo’la oladi. Ammo, markaziy davlat boshqaruvlari asosan Yevropa Ittifoqida halqaro miqyosidagi muammolarni hal qilish borasida o’z kuch va mavqeylarini yo’qotib bormoqdalar. G’arbiy Yevropadagi 1999 yilda yagona umumiy valyuta yevroning joriy qilinishi aslida iqtisodiyotlarni umumlashtirish yo’lida qilingan yangi qadam bo’lsa-da ammo, bunga aloqador bo’lgan yevro davlatlaridagi mahalliy daromad o’sish darajalari, pul islohoti yo’nalishlari hamda madaniy-siyosiy vaziyatlarning turlichaligi sababli iqtisodiy risk tobora ortib ketdi. G’arb davlatlaridagi resurslarni tashkil qilish borasidagi ijtimoiy yordam masalaridagi murakkabliklar tufayli yangi ishchi o’rinlarni barpo qilish uchun investisiyalar sonini ko’paytirish borasidagi mumammolar tug’ildi. Natijada sanoatga yetarli ishchi kuchini tayyorlash uchun, mehnat resurslari sonini kambag’al davlatlar ishchi kuchi hisobiga to’ldira boshladilar. AQSHdagi 11 sentyabr voqeayasidan keyin iqtisodiyotdagi moliyaviy riskning ortishi natijasida investorlar o’zlarining pullarini antiterror dasturlari uchun emas, balki boshqa yo’nalishlarga yo’naltira boshladilar. Iroq va Afg’onistondagi urushlar iqtisodiy investisyon loyihalarga o’z tahlikasini o’tkazdi. Lekin shunga qaramasdan hozirgi barcha jabhalardagi texnologik rivojlanishlar kengaydi. Bu masalan, qishloq xo’jaligida, meditsinada, alternativ energiya resurslarini barpo qilishda, metallurgiya hamda transport sohasida ko’zga tashlanadi. Shuningdek, yaxshilangan global aloqa tarmoqlari halqaro savdoda sarf-xarajatlarni qisqartirdi. Bunday qulayliklar mehnat resurslarining va mehnatni taqsimlashning global mavqeyi oshishida qulaylik yaratmoqda. Mana shunday ko’rsatkichlar esa dunyo iqtisodiyotini qayta rivojlanish potentsiyali hali yuqori ekanligini ko’rsatadi.
    Halqaro aloqalarning rivojida moliyaning roli uch yo’nalishda namoyon bo’ladi:
    1.Turli xil yo’nalishdagi halqaro hamkorlikni moliyalashtirish uchun kerakli manbalar qidirish va mobilizasiyalash.
    2.Halqaro integrasion jarayonlarni muvofiqlashtirish.
    3.Xar qaysi halqaro munosabatlarning turi va bevosita ishtirokchilarini rivojlantirishga rag’batlantirish.



    Download 376,92 Kb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




    Download 376,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari

    Download 376,92 Kb.