• 1. Moddiy nuqta.
  • 3. Absolyut (mutlaq) qattiq va deformatsiyalanuvchi jism.
  • 4. Erkin va erkin bo’lmagan jism.
  • 1-mavzu. Nazariy mexanikaga kirish. Statikaning asosiy tushunchalari. Statikaning aksiomalari. Bog'lanishlar va bog'lanish reaksiya kuchlari




    Download 277.37 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana21.06.2023
    Hajmi277.37 Kb.
    #74876
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1.Fanning umumta\'lim, umummuxandislik va maxsus fanlar bilan bog\'liqligi
    Bosim o’lchashda ishlatiladigan elektr asboblar., ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYA ORQALI TA\'LIMNI BOSHQARISHNING AHAMIYATIGG, 3.Kuch momenti va juft kuchlar nazariyasi


    1-mavzu. Nazariy mexanikaga kirish. Statikaning asosiy tushunchalari. 
    Statikaning aksiomalari. Bog'lanishlar va bog'lanish reaksiya kuchlari
    Reja: 
    1. Asosiy tushunchalar va ta’riflar 
    2. Statikaning asosiy aksiomalari 
    3. Bog’lanish va bog’lanish reaksiya kuchlari 
    Jismga ta’sir etuvchi kuchlar turlari, ular ustida amallar, kuchlarning 
    muvozanat shartlarini o’rganuvchi nazariy mexanikaning bo’limi statika deb 
    ataladi. Statikani o’rganish uchun zarur bo’lgan asosiy tushuncha va ta’riflarni 
    keltiramiz. 
    1. Moddiy nuqta. Кo’rilayotgan masalada geometrik o’lchamlarining 
    ahamiyati bo’lmagan jism moddiy nuqta deb ataladi.
    2. Mexanik sistema. Har birining holati va harakati boshqalarining holati va 
    harakatiga bog’liq bo’lgan moddiy nuqtalar to’plami mexanik sistema deb ataladi. 
    Ta’rifdan ko’rinadiki mexanik sistema moddiy nuqtalar orasida o’zaro ta’sir 
    mavjud bo’lishini taqozo qiladi. 
    3. Absolyut (mutlaq) qattiq va deformatsiyalanuvchi jism. Qattiq jismning 
    ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi masofa har qanday holatda ham o’zgarmasdan 
    qolsa, bunday jism absolyut (mutlaq) qattiq jism deb ataladi. Tabiatda mutlaq 
    qattiq jism mavjud emas. Har qanday qattiq jism bo’lmasin, shunday sharoit 
    mavjud qilish mumkinki, uning ikki nuqtasi orasidagi masofa o’zgarishiga olib 
    kelish mumkin. Bu jism shaklining o’zgarishiga olib keladi. Ikki nuqtasi orasidagi 
    masofa o’zgaruvchi bo’lgan qattiq jism deformatsiyalanuvchi jism deb ataladi. 
    Binobarin tabiatda faqat deformatsiyalanuvchi jism mavjuddir. 
    4. Erkin va erkin bo’lmagan jism. Fazoda ixtiyoriy vaziyatni egallashi 
    mumkin bo’lgan jism erkin jism deb ataladi. Quyosh sistemasining sayyoralari 
    bunga misol bo’la oladi. Agar jismning fazodagi vaziyati yoki harakatiga 
    qandaydir chek qo’yilsa, bunday jism erkin bo’lmagan, ya’ni bog’lanishdagi jism 
    deb ataladi. 
    5. Кuch. Moddiy jismlarning harakati yoki ichki holatining o’zgarishiga 
    sabab bo’luvchi, o’zaro bir-birlariga ko’rsatgan ta’sirlarning miqdor o’lchovi kuch 
    deb ataladi. Jismlarning o’zaro mexanik ta’siri ularni bir-biriga tegib yoki ma’lum
    masofada turganida ham mavjud bo’lishi mumkin. 
    Birinchi toifaga jismlarning o’zaro bir-birlariga bosimi, ikkinchi toifaga har 
    xil tortishish kuchlari : sayyoralar orasidagi o’zaro tortishish, elektr, magnit va 
    boshqalar kiradi. Jismga qo’yilgan kuch: miqdor, yo’nalish va qo’yilish nuqtasi 
    bilan xarakterlanadi, ya’ni kuch vektor kattalikdir. SI xalqaro birliklar sistemasida 
    kuch birligi – Nyuton. 
    Кuch yo’nalishi deb, tinch holatda turgan erkin moddiy nuqtaning qo’yilgan 
    kuch ta’siridan olgan harakatining yo’nalishiga aytiladi. Кuch yo’nalgan to’g’ri 
    chiziq kuchning ta’sir chizig’i deb ataladi (1-shakl). 
    Jismning bevosita kuch qo’yilgan nuqtasi kuch qo’yilgan nuqta deb ataladi. 
    Кuch yo’naltirilgan kesma orqali grafik tasvirlanadi. Tanlab olingan masshtabda 
    kesma uzunligi kuch miqdorini ifodalaydi, kesmaning yo’nalishi kuch yo’nalishiga 


    monand, uning boshlanishi yoki oxiri kuch qo’yilgan nuqtaga monand. 
    1-shaklda kuch A nuqtaga qo’yilgan. 

    Download 277.37 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 277.37 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Nazariy mexanikaga kirish. Statikaning asosiy tushunchalari. Statikaning aksiomalari. Bog'lanishlar va bog'lanish reaksiya kuchlari

    Download 277.37 Kb.
    Pdf ko'rish